Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


Download 392.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana28.12.2022
Hajmi392.81 Kb.
#1020604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

O‘ZBEKISTON ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni 
amalga oshirmoqda. So‘nggi yillarda, bu illatga qarshi kurash bo‘yicha aniq maqsadli 
strategiya belgilandi. Jumladan, 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 
Qonunning qabul qilinishi ham jamiyatimizda bu illatga qarshi kurashning yangi bosqichini 
belgilab berdi. Mazkur qonun bilan korrupsiya, ya’ni poraxo‘rlik, mansabdan foydalangan 
holda qonunni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, iste’dodli 
kadrlarning o‘sishiga to‘siq bo‘lish, inson huquqlarini buzish, tama’girlik qilish kabi 
holatlarda, bunday qabihliklarni amalga oshirganlar uchun davlatning qat’iy jazosi 
muqarrarligi aniq ravshan belgilandi.
Qabul qilingan qonun hujjatlari o‘zining samarasini bera boshladi. Xususan, 
mamlakatda byudjet ochiqligining ta’minlanishi, O‘zbekiston turli xalqaro reytinglarida 
(“Xalqaro baxt indeksi”da 47-o‘rin, “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”ga ko‘ra 2-o‘rin 
va h.k.) ko‘tarilib borayotganligi ahamitli.
SHu o‘rinda qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida 
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Bular: 
- OAVning shu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, korrupsiya holatlarini 
aniqlash, oqibatlarini yoritish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirib borish mexanizmini joriy 
etish, Oliy Majlis palatalarida Qo‘mitalar, Fraksiyalar yig‘ilishlari, YAlpi Majlislari, 
shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning barcha darajadagi tuzilmalarida bo‘layotgan 
yig‘ilishlarida OAVlarining cheklovlarsiz ishtirok etishini kafolatlash;


 - aholining turmush farovonligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lashni eng 
dolzarb masalasi hisoblangan “Iste’mol savatchasi”ni joriy etishni tezlashtirish; 
- diniy ulamolarimiz masjid va madrasalarda muntazam ravishda korrupsiya va uning 
salbiy oqibatlari xususida targ‘ibotlar olib borish; 
- “
Korrupsiyadan xoli hudud” nominatsiyasi bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida 
ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish orqali, tanlovlar o‘tkazish; 
- olimlar, tadqiqotchilar va izlanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 
tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish mexanizmini rivojlantirish, innovatsion 
yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash; 
- aholi tomonidan eng ko‘p murojaat etiladigan jabhalar, xususan, korrupsiya 
alomatlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda kafolatlangan shaffof elektron tizimni 
joriy etish. Masalan, navbatlarning elektron shaklini yaratish va muntazamligini 
ta’minlash. 

Download 392.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling