Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha


Download 392.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana28.12.2022
Hajmi392.81 Kb.
#1020604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha 
ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Qonunchilikka ko‘ra, banklar rahbarlarining 
ularning faoliyatini tekshiruvchi nazoratchilarga pul «sovg‘a» qilishlari taqiqlangan bo‘lib, 
buning uchun ularni jinoiy javobgarlik kutadi. Xuddi shunday javobgarlik tekshiruvchilar uchun 
ham taalluqli. Mansabdor biror shaxsdan muammosini ijobiy hal qilib berish uchun sovg‘a olsa, 
jinoiy javobgarlikka tortiladi. Davlat idoralari xodimlari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish 
holatlari sezilganida tegishli organlarga xabar berishlari shart. Bundan tashqari, davlat 
xizmatchilari topgan daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirishga majbur. 
Amerikaning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida ijtimoiy etika bo‘yicha mashg‘ulotlar olib 
borilmoqda. 
AQSH rasmiy axloqiy idorasi o‘z veb-saytida ijro etuvchi organlarda xodimlar uchun zarur 
axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish haqida ma’lumot beradi. Deyarli barcha AQSH federal 
organlarida muntazam ravishda (odatda yiliga bir marta) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 
treninglar o‘tkaziladi. 
Ko‘pgina idoralarda suiiste’mollikni aniqlash uchun ichki nazorat xizmati (Internal 
Revenue Service) kabi maxsus bo‘linmalar tashkil etilgan bo‘lib, doimiy ravishda rasmiy 
muvofiqlik masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishlaydi, ularga yordam yoki maslahat uchun 
murojaat qilinadi. Agar rasmiy shaxs noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa-da, buning uchun ichki nazorat 
xizmati xodimi tomonidan oldindan ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, u jazolanmaydi. Ushbu qoida 
bexosdan xatoga yo‘l qo‘yadigan halol xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan. 


BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIda korrupsiyaga qarshi kurash qonunlari 
o‘zgacha jazoni nazarda tutadi. Bu erda korrupsiyachilarning shunchaki qo‘li chopib tashlanadi. 

Download 392.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling