Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


Download 392.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana28.12.2022
Hajmi392.81 Kb.
#1020604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

AMERIKA 
QO‘SHMA 
SHTATLARIDA 
davlat 
hokimiyati 
organlarini 
korrupsiyaning zararli ta’siridan saqlash zaruriyati AQSH hukumatini korrupsiyaga qarshi 
kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga 
majbur qilgan. 
Pekinda bu yo‘nalishdagi ishlar faqat XX asrning o‘rtalariga kelib faol tus oldi. 1962 yil 
AQSH Kongressi saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxslar, xususan Kongress palatalari 
a’zolarining xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish masalasini muhokama qildi. 1965 yilda AQSH 
Prezidenti L.Jonson farmoyishiga binoan davlat hokimiyati organlariga davlat xizmatchilari o‘z 
vazifalarini qonunga muvofiq halol va sidqidildan bajarishi uchun ularning xulq-atvorini 
belgilaydigan axloq qoidalarini, xulq-atvor standartlarini o‘rnatish haqida topshiriq berildi.
AQSH Prezidentining mazkur farmoyishi oliy martabali hukumat amaldorlariga o‘z “moliyaviy 
manfaatlari”ning holati haqida tegishli hukumat organiga vaqti-vaqti bilan ma’lumot berib 
turish majburiyatini yuklar edi. Ushbu farmoyish asosida Fukaro xizmati bo‘yicha komissiya 
moliyaviy deklaratsiya taqdim etishga majbur mansabdor shaxslar ro‘yhatini belgiladi. Bu 
deklaratsiyalarning mazmuni, toki bunga etarli asoslar mavjud ekan, oshkor etilishi mumkin 
emas edi. 
Natijada AQSH Kongressi 1978 yilda “Hukumatdagi axloq to‘g‘risida”gi Qonunni qabul 
qildi. Bu Qonunning vazifasi “davlat amaldorlari va muassasalari halolligini saqlash va bunga 
imkoniyat yaratish”dan iborat edi. AQSH Prezidenta J.Karter bu qonun hukumat amaldorlariga 
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatibgina qolmasdan, ularni halol bo‘lishga ham majbur etishiga, natijada 
jamiyatga davlat xizmatiga muayyan nomzod, shuningdek, u yoki bu davlat xizmatchisi 
halolmi-yo‘qligini baxolash imkoniyati berilishiga umid bildirdi. 
AQSH qonunchiligi davlat xizmatchisining qo‘shimcha (asosiy vazifa uchun ish haqidan 
tashqari) daromad olish huquqini xam ancha cheklagan. Bunday daromad miqdori asosiy ish 
haqining 15% dan oshmasligi lozim. Bu cheklash Senat a’zolaridan tashqari, hokimiyat uchala 
tarmog‘ining barcha xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi. 
AQSH federal qonunchiligida davlat hokimiyati organlarini tark etgan sobiq davlat 
xizmatchilarining ish faoliyatini cheklaydigan normalar ham nazarda tutilgan. Masalan, davlat 
xizmatchisi xizmatni o‘tash davrida muayyan muammolarni hal qilishda hukumat mansabdor 
shaxsi sifatida shaxsan va katta vakolatlar bilan ishtirok etgan bo‘lsa, u iste’foga chiqqanidan 
keyin ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shunga o‘xshash muammolarni hal qilishda 
birovning manfaatlarini rasman va har qanday shaklda ifoda etishga haqli emas. 
Sobiq davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin ikki yil mobaynida mazkur davlat 
xizmatchisi ijro etuvchi hokimiyat organida xizmat qilish davrining oxirgi bir yili davomida 
uning rasmiy vakolatlari qatoriga kirgan muayyan muammolarni ijro etuvchi hokimiyat 
organlari tomonidan hal qilishda vakillik faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas. 
YUqori martabali davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin bir yil davomida o‘zi 
xizmat qilgan idora qarshisida har qanday masala yuzasidan birovning manfaatlarini ifoda etishi 


mumkin emas. Ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun qonun davlat xizmatchilariga muayyan rasmiy qarorlar qabul qilinishi yoki choralar 
ko‘rilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan “biron-bir qimmatga ega bulgan narsalar” qabul 
qilishni ta’qiqlaydi. Biroq qonun axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan 
idoralarga “bu qoidalardan oqilona istisnolar qilish”ga ruxsat beradi. 
CHet davlatlardan sovg‘alar olish Konstitutsiyaga muvofiq qat’iyan man etilgan bo‘lsa-da, 
amaldagi huquqiy normalarda bu qoidani istisno etadigan holatlar nazarda tutilgan. CHet 
davlatlarning vakillaridan sovg‘a va mukofotlar olish shartlarini tartibga soluvchi qoidalar 
belgilangan. Davlat xizmatchisi chet davlat vakilidan sovg‘a qabul qilishga haqlidir, basharti bu 
sovg‘a suvenir tariqasida yoki extirom yuzasidan taklif qilingan va “minimal qiymat”dan ortiq 
bo‘lmasa. Davlat xizmatchisi sovg‘a qabul qilishga haqli, basharti, mazkur sovg‘a AQSHning 
fan va tibbiyot sohasidagi aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashsa, sovg‘ani qabul qilishdan bosh 
tortish uni tortiq qilgan shaxsni xafa qilish, bu AQSHning xalqaro munosabatlariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa. 
AQSHda 1976 yildayoq «Quyosh nuridagi hukumat to‘g‘risida» (“Government in the 
Sunshine Act”) nomlangan Qonuni qabul qilingan. 
Qonun davlat organlarida yanada shaffoflikni ta’minlash maqsadini e’lon qilib, federal 
hukumat, Kongress, federal komissiyalar va boshqa qonun bilan tuzilgan federal organlar 
(agentliklar)ga jamoatchilik ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ochiq majlislarni o‘tkazish 
majburiyatini mustahkamlagan. 
Barcha shaxslarning mazkur huquqdan foydalanishi uchun Qonunda u yoki bu 
organlarning o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan yig‘ilish haqida oldindan xabardor qilishi zarurligi 
belgilangan. Ushbu maqsadda mazkur Qonunga asosan davlat organlari belgilangan yig‘ilishdan 
bir hafta oldin yig‘ilish sanasi, vaqti va joyi, muhokama mavzusi, shuningdek kun tartibining 
tafsilotlari va boshqa masalalarni aniqlash uchun mas’ul mansabdor shaxsning nomi va aloqa 
ma’lumotlarini Federal Reestrda e’lon qilishi shartligi belgilangan. Davlat boshqaruvi 
organlarining yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqi bugungi kunda aksariyat davlatlar qonunlarida 
ham e’tirof etilgan. 
Qo‘shma SHtatlarda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilgan:poraxo‘rlik 

Download 392.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling