Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


Download 392.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana28.12.2022
Hajmi392.81 Kb.
#1020604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

SINGAPUR – Janubiy-g‘arbiy Osiyodagi kichik orolda joylashgan davlat. 1959 yilda 
Buyuk Britaniya tarkibidagi o‘z-o‘zini boshqaradigan davlatga, 1965 yilda esa Malayziya 
tarkibidan chiqib mustaqil mamlakatga aylangan. O‘sha davrda davlat judayam nochor va 
o‘ta korrupsiyalashgan edi. Ammo, hukumat rahbarligini egallagan Li Kuan YU (1959-
1990y.) o‘z faoliyatini, mamlakatning “o‘lib bo‘lgan” iqtisodiyotini ko‘tarish uchun, dastlab 
o‘lkada hukm surayotgan korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurashdan boshladi va quyidagilarni 
amalga oshirdi: 
– 1960 yilda Singapurda “Korrupsiyaning oldini olish to‘g‘risida”gi Akt qabul qilinib, 
unda “korrupsiya” tushunchasiga aniq tarif berildi hamda poraxo‘rlik jinoyatlari uchun jazo 
kuchaytirildi, iloji boricha ikki xil tushuniladigan noaniq qonun normalari qonunchilikdan 
chiqarib tashlandi; 
ERON ham poraxo‘r mansabdorlarni qatl etish bilan mashhur bo‘lgan. O‘lim jazosi osish 
orqali mamlakatning katta maydonlarida va omma oldida amalga oshiriladi. Eron qonunchiligi 
uchun pora hajmi muhim emas, u erda pora olganligi isbotlansa bo‘ldi. SHu bilan birga 
mamlakatda poraxo‘r amaldorlarning barmoqlarini va qo‘llarini kesish amaliyoti ham 
qo‘llaniladi. 
TOJIKISTON Respublikada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha me’yoriy aktlarni 
ishlab chiqish 1999 yildan boshlab yuborildi. Lekin mavjud ma’lumotlar bu yo‘nalishda effektiv 
siyosatni ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlarni olib borishga kamlik qiladi. Bu haqda 
Istambul Rejasi harakatining milliy va halqaro eksperlarining fikrlari ham shunday. SHu bilan 
birga Tojikistonning jamiyatda korrupsiya darajasi yuqoriligini tan olgani uning siyosiy 
irodasini 
ko‘rsatishga muhim qadamlardan hisoblanadi. Tojikiston uchun korrupsiyani 
aniqlash va tergov olib borish bilan asosan Ichki ishlar vazirligi, Xavfsizlik hizmati, Soliq 
politsiyasi, Bojxona xizmati, Harbiy ma’muriyat, CHegara hizmati, narkotik moddalar 
ustidan nazorat agentligi va boshqalar kabi huquqni muhofaza qilish tuzilmalarini 
shug‘ullanishi xarakterlidir.
Tojikiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashda muammoli hususiyatlar bu davlatning 
qurolli to‘qnashuvdan keyingi holatda ekanligi, byudjetning anchagina chegaralanganligi va 
ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liqligidir.
Nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari, televidenie hali 
korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyat va hukumatga unchalik ham kuchli ta’sir eta 
olishmaydi.


Mamlakatda 1999 yil 21 iyulda “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan.

Download 392.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling