Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”
Download 392.81 Kb. Pdf ko'rish
|
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati
davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”
2 . Bugungi kunda, kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, jinoyatchilikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda esa, bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so‘zlar bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Respublikamizda 2 Конвенция Организации Объединенных Наций против коррупции (Принята резолюцией Генеральной Ассамблеи от 31 октября 2003 г.). chop etilgan kitob va maqolalarda ham korrupsiya deyilganda, yuqori mansabdagi shaxs- lar tomonidan sodir etiladigan poraxo‘rlik nazarda tutiladi 3 . SHu o‘rinda professor Q.R.Abdurasulovaning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: “Korrupsiya davlat ahamiyatiga molik vazifalarni bajarayotgan va ularga tenglashtirilgan shaxslar tomonidan o‘z xizmat vakolatlari yoki ular bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanib, g‘araz maqsadda yoki boshqa shaxsiy manfaatni ko‘zlab sodir etilgan ijtimoiy havfli qilmishlar (bu qilmishlar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan) yig‘indisidir” 4 . Korrupsiya muammosi so‘ngi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Korrupsiyaning xalqaro munosabatlarga ta’sirini o‘rgangan tadqiqotchilar esa, rivojlangan “birinchi dunyo” mamlakatlari korrupsiya yordamida o‘zlariga ma’qul kelmagan hukumatlarni ag‘darib tashlashi, o‘zlariga xayrixoh rejim o‘rnatishi, amaldagi hokimiyatga oppozitsiyani moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi degan xulosani bildirishgan. Korrupsiya, eng avvalo, har qanday mamlakatda davlat apparatining xalq oldidagi minimal majburiyatlarini bajarishda ojizligini anglatadi. Bu Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarini ham qamrab olgan va mazkur mamlakatlar uchun jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu mamlakatlarning barchasida korrupsiya xalqning qashshoqligi, mamlakatning qoloqligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Gonkongda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil komissiya mazkur faoliyatda muvaffaqiyatli va keskin choralarni amalga oshira oluvchi institutlarga namuna bo‘lishi mumkin. Hokimiyat idoralari faoliyatini sinch- kovlik bilan – rasmiy institutlar, alohida fuqarolar tomonidan monitoring qilib borish, shuningdek, aybdorlarni sud ta’qibi Gonkongdagi korrupsiyaga qarshi kurashning asosi sifatida xizmat qiladi. AQSHda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan maxsus qonun hujjati qabul qilingan. “Foreign Corrupt Practices Act” deb nomlangan mazkur qonun hujjati Amerika kompaniyalarini shartnomalar tuzishda imtiyozlar va kafolatlar olishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berganlik uchun javobgarligini belgilaydi. Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko‘hnadir. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: «Har qanday davlat tuzumida eng muhimi — bu qonunlar va tartib- qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etishki, mansabdor shaxslar qing‘ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin». Aytishlariga qaraganda, odamlarning befarqligi jamiyatda korrupsiyaning urchishiga zamin yaratib berar ekan. Saratonga qiyos bu xastalik fuqarolarning demokratiya va hukumatga bo‘lgan ishonchini o‘ldirib, innovatsiya va ijodkorlik ishtiyoqlarini yo‘q qiladi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashda quyidagi tadbirlarning ahamiyati yuqori. 1. Korrupsiya faqatgina pora degani emas: uning turlari ko‘p va har biriga qarshi kurashda alohida yondashuvdan foydalangan afzal. 3 Зуфаров Р.А. Порахўрлик учун жавобгарлик. – Т.: ТДЮИ, 2004. – Б. 203.; Ахроров Б.Ж. Мансабдорлик жиноятлари учун жавобгарлик. – Т.: ТДЮИ, 2007. – Б. 268. 4 Абдурасулова Қ., Қурбонов О. Коррупция: Асосий тушунча ва шакллари (рисола). – Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ институти, 2009. – Б. 60. 2. Fuqarolar salohiyati: fuqarolarga salohiyatlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitni yaratish, davlat boshqaruvida ishtirok etishlariga keng yo‘l ochib berish. 3. Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat tashkilotlari bilan birga, nodavlat muassasalar imkoniyatlaridan ham keng foydalanish. 4. Biz 21 asrdamiz: hukumat, fuqaro, tadbirkor, jamiyat, media hamda ilm-fan o‘rtasidagi yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishda texnologiyalardan foydalanish. 5. Davlat xizmatlarini yangi shaklga ko‘chirish: barqaror rivojlanayotgan davlatlar fuqaroga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirishmoqda. Fuqaro xizmat ko‘rsatuvchi davlat vakili bilan qancha kam ko‘rishsa, korrupsiya ehtimoli shu qadar past bo‘ladi. 6. Rag‘batlantirish: munosib davlat ishchilari va tashabbuskorlarni adolatli yo‘l bilan rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish. 7. Jazolarning ahamiyati: korrupsiya ishtirokchilarini ayovsiz jazolash choralarini qo‘llash -- ko‘p mamlakatlarni korrupsiya domidan xalos qilgan omil 8. Ham xalq, ham xalqaro ovozga quloq tutish: korrupsiyaga qarshi kurashda hukumat uchun eng yaxshi hamkor -- xaqldir. Qolaversa, xalqaro monitoring tashkilotlarining ma’lumot va tajribalari ham qo‘l keladi. 9. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ faoliyatini kuchaytirish: korrupsiya avj olgan jamiyatlarda fuqarolar zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi. Ularni himoya qiluvchi tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish lozim. 10. Kurash usullarini takomillashtirish: korrupsiyaga qarshi har qanday yaxshi strategiya takomillashtirilishi kerak. Buning uchun monitoring qilish, muvofiqlashtirish bo‘yicha muntazam ishlarni amalga oshirish zarur. Download 392.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling