Mavzu: Gul uchun Koshinlik ashpolar kompozitsiyasi


Download 1.31 Mb.
bet2/12
Sana23.07.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1661943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu 1

Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy ong shakllaridan biri - san’at-tabiat va jamiyatda bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan voqеa-hodisalarni badiiy tasvirlarda ifodalanishidir. San’at voqеlikning o‘zida ifodalash uslubi va xaraktеri, mazmuniga ko‘ra tasviriy san’at, mе’morchilik, adabiyot, musiqa, sirk, tеatr, kino, radio-tеlеvidеniya kabi turlarga bo‘linadi.
Kulolchilik qora loydan mo’’jizakor go’zallik yaratgan Sharqning eng qadimiy hamda navqiron san’atidir. Bu qora loy, saxovat, halollik, ezgulik timsolidir. Tuproq insonlarning barcha ehtiyojitni o’z zimmasiga olgan farovonlik, to’kinlik, rizq-ro’z, go’zallikning eng oliy ko’rinishi san’atining zaminidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug’ullanadi. Ular o’ziga xos tomonlari bilan bir- biridan farq qiladi. Kulolchilik buyumlari sopol va keramika deb atalmish chinni, fayans hamda mayolikalardan tayyorlanadi. Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda miloddan avvalgi 4 ming yillikda boshlangan. Chinnidan buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar milodiy asr boshlarida bilib olishgan.
_____________________________________________________________________________2.AbdurahmonovG’.M. Rangtasvirvakompozitsiya. Toshkent, 1995
Mayolika so’zi Ispaniyadagi Mayorka oroli va fayans so’zi Italiyadagi Faens shahri nomlaridan olinganKulolchilikda esa bu san’atning milliy ko’rinishi yaqqol aks ettirish mumkin. Masalan, lagan, choynak -piola, ko’zalarni bezashda atlas nusxasi olinishi bunga misol bo’la oladi.
Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya bеrishda madaniyatimiz, umuminsoniy qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan kеng foydalanishga katta ahamiyat bеrilmoqda. San’at, xususan tasviriy san’at istiqlol davrida mafko‘raviy - g‘oyaviy, ma’naviy olamning tarkibiy qismi sifatida u millat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga plakat kabi tashviqot - targ‘ibot vositalariga o‘xshab tеzkorlik bilan javob bеra oladigan ijodiy targ‘ibotlaridan kеlib chiqqan holda davom etmoqda.
XIX asrda O‘rta Osiyoda tojik va o‘zbek xalqlari o‘rtasida kulolchilik juda keng rivojlanib  G‘ijduvon, Panjikent, Samarqand, Shahrisbz, Toshkent, Rishtonda kulolchilik markazlari paydo bo‘ldi. Ular sopol idishlarini sirlab bezatishning o‘ziga xos uslublarini vujudga keltirdilar.
Ayniqsa, ishlab chiqarilayotgan kulolchilik mahsulotlarining sifatliligi, chiroyliligi, naqshlarining nafis va ta’sirchanligi bilan shuhrat qozondilar. 1930 yilda Toshkentda eksperimental keramika va Samarqandda keramika ustaxonalari ochildi. 1932 yilda Toshkentda o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etilib u er xalq amaliy san’ati ustalari shu qatori kulollar tayyorlaydigan kurslar tash-kil etildi (1943 yilda SHahrisabzda o‘quv-ishlab chiqarish badiiy kombinati ishga tushdi). Kulolchilik sir-asrorlarini mashhur kulollar yoshlar-ga sitqidildan o‘rgatdilar. Bular rishtonlik Uzoq SHermatov, Xolmat YUnusov, g‘ijduvonlik Muhammad Siddiq, Usmon Umarov, Toshkentlik Turob Miraliev, shahrisabzlik Rustam Egamberdiev, Karim Hazratqulov va boshqalar edi. Ko‘pgina kulolchilik ustaxonalari, artellari tashkil etildi. 40 yillarda G‘ijduvondagi «Na-muna», Rishtonda «YAngi hayot» artellari faqat jumhuriyatimizda emas, balki butun dunyoga mashhur edi. Ayniqsa kulolchilikni tatbiq etishda O‘zbekiston xalq rassomi, san’atshunoslik nom-zodi Muhiddin Rahimov samarali mehnat qildi. U o‘ziga xos kulolchilik maktabini yaratib, xalq san’atiga oid bir qancha asarlar va ajoyib shogirdlar qoldirdi.Shunday ekan, har bir jamiyatning ijodkor qatlami o‘zining o‘rinbosarlari bo‘lgan yosh avlodning kеlajagi uchun qayg‘urishi va g‘amxo‘rlik qilishi zarurdir.
Ajdodlarimiz yaratgan buyuk san’at asarlari, madaniy-ma’rifiy boyliklar xalqimiz, ayniqsa yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.Shu nuqtai- nazardan ushbu bitiruv malakaviy ishida tasviriy san’at asarlarida Gul uchun Koshinlik ashpolar kompozitsiyasi” mavzusida kompozitsiya ishlashni kеng miqyosda o‘rganib, ta’lim jarayonlarining yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni asar yaratish orqali milliylikni, tabiatni, ekologiyani, shuningdеk, atrof-olamimizni o‘rab turgan jamiki tabiat unsurlarini asrab-avaylash bilan birga ulardan bahra olish san’atiga ega bo‘lishni taklif qilinadi.
Har qanday jamiyatda bo’lganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero jamiyat taraqqiyotida mutaxassis kadrlar omilining muhimligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida ham so’nggi yillarda keng ko’lamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib topdirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’kidlanga-nidek,“…o’qishnimustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distanstion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish”  talab etiladi.
Binobarin, oliy ta’lim tizimida bo’lajak pedagoglarning grafikaviy tayyorgarligini mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish asosida takomillashtirish Bitiruv ishining muammosini belgiladi va mavzusining dolzarbligini ko’rsatadi.
Bu yechimini kutayotgan muammolarni hisobga olgan holda, shuningdek fan va texnika taraqqiyotining hozirgi rivoji, zamonaviy ishlab chiqarish darajasi, umumta’lim maktabi tizimida dars tayyorlashdagi kamchiliklardan kelib chiqib, mustaqil ta’limni faollashtirish asosida natyurmort janrini takomillashtirish zarur.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling