Mavzu: Gul uchun Koshinlik ashpolar kompozitsiyasi


Kulolchilikda koshinpazlik san’atining o’ziga xos usullari va texnologiyalari


Download 1.31 Mb.
bet5/12
Sana23.07.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1661943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu 1

Kulolchilikda koshinpazlik san’atining o’ziga xos usullari va texnologiyalari

Koshin, parchin, kafel — binolar, kaminlar va pechlar sirtiga qoplash uchun maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol pint skichipni taxtacha. Koshin maxsus loylan qoliplarga quyib tayyorlanadi, xumdonda 1150° gacha temperaturada pishiriladi; turli naqsh, naqsh qismlari tushirilgach. sir beriladi, soʻng maxsus xumdonda pishiriladi. Koshinlarning silirga, naqshli, turli tasvirlar tushirilgan xillari bor. Sirtga puxta yopishishi uchun Koshinning orqa tomoni gʻadir-budir yoki chuqurcha-chuqurcha qilib yasaladi. Oʻngi oqyoki har xil rangli, silliq, boʻrtma, silliqlanmagan; shisha, polistirol xillari bor. Meʼmoriy bezak sifatila kepg qoʻllanali, binolarni tashqi taʼsir (yogʻin-sochin)lardan ham saqlaydi. Dastlab, Qad. Sharq (Misr, Ossuriya va boshqalar) da. asosan, binolarni bezashda keng tarqalgan, 9-asr dan Yevropa (Germaniya, Shveysariya, keyinroq Rossiya) da pechka va kaminlarni bezashda ham ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda 12-asr oxiri — 13-asr boshlarida paydo boʻlgan. Ilk bor Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch va b. joylardagi yodgorliklarda, bino poydevorlarini bezashda ishlatilgan.
20-asr 20-yillaridan Koshin tayyorlash usulini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borildi. Yevropala "modern" uslubidagi tovlanma sirli monoxrom koshinkor ichki va tashqi devorli binolar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Samarqanddagi maxsus kulollik ustaxonasida, Toshkentdagi ustaxonalar qad. Koshinlarga yaqin boʻlgan Koshin tayyorlana boshlandi. Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda, binolarni bezashda, kamin va pechlarni qoplashda Koshindan keng foylalanilmoqda.[6]
KOSHINKORLIK, koshinpazlik — koshin yasash va binolarni koshin bilan bezatish sanʼati, kasbi. Sharqda qadimdan maʼlum boʻlgan. 14-asrdan meʼmoriy obidalarni koshin bilan bezash Oʻrta Osiyola keng tarqalgan. Koshinkorlik bilan maxsus ustalar shug’ullangan.
______________________________________________________________________________________________

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Meʼmorlik. kulollikning taraqqiyoti Koshinkorlikning ham rivojini taqozo etdi. Usta (koshinpaz)lar maxsus loydan tayyorlagan koshinlar sirlanib, xumdonda pishirib olingan. Naqshli gullar ishlangan koshin sirlangach, yava bir bor xumdonda pishirilgan. Binolarni koshin va parchin bilan qoplash va ular yorlamida turli xil naqsh mujassamotlari hosil qilishga erishildi (mas, Koʻx. va Urganchlagi Toʻrabekxonim maqbarasi. Samarqanllagi Shoqizipla majmuasi, Ishratxona va b.). Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqalars va b. viloyatlar meʼmoriy yodgorliklarining koʻrinishi umumiy boʻlsada, Koshinkorlik namunalari oʻziga xos rang xillari va ishlanish uslublari bilan tubdan farq qiladi. Barcha mamlakatlarda koshin tayyorlash usullari maxfiy tutilgan. XVIII-asr oxirlaridan XX-asr boshlarigacha Koshinkorlik susaydi, u bilan shugʻullanuvchi ustalar kamayib ketdi. XX-asr. 20-y. laridan bir guruh ustalarning saʼyi harakati bilan koshin ishlash usullari ustida izlanishlar maʼlum samaralar bermoqda. Samarqanddagi kulollik ustaxonasida oʻtmishdagi namunalarga yaqin koshinlar tayyorlanadi, Xorazm viloyatida Koshinkorlik anʼanalari tiklanmoqda.
Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va to’lqinsimon chiziqlar, kontsentrik aylanalar shu davrdagi ko’pgina naqshlarning asosini tashkil etadi. Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvon va o’simliklar dunyosidan olingan shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira bordi. Masalan, rozetka — quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziq— harakat, suv ramzi va h. k. Neolit davrida idishlarni tagi uchli qilib tayyorlanib erga sanchib qo’yilgan. Eneolit davrida esa Sharq mamlakatlarida hamda Qadimgi Gretsiyada nafis kulolchilik idishlari rivoj etgan va me’morchilikda sopoldan foydalana boshlangan. Ayrim Temir asrida kulolchilik buyumlari qo’lda hamda dastgohda yaratilgan bo’lib, ularning yuzasini bezashda, o’yma va bo’rtma naqshlar, band va tepa qismlari uchun haykalchalar ishlatilgan.
Kulolchilikda asosiy xom ashyo tuproqdir. Tuproqlarning sog’ tuproq, qora tuproq, ko’kimtir, qizil loykor turlari bo’ladi. Kulolchilikda ishlatiladigan loy o’zining xususiyati va ishlatiladigan buyumiga qarab bir necha guruxlarga bo’linadi. Loy guldon - sershirali loy, bu loydan juda nozik guldonlar yasaladi. U elastik xususiyatga ega bulib, juda loyi qo’shilgan bo’ladi. Chinni loy - yoki oq loy - yarimfoyans bo’lib, qoramtir loy oqtosh va ishqor qo’shilib tayyorlanadi. Bu loydan kosa, piyol a, lagan boshkalar tayyorlanadi. Kesma koshin loy - o’tga chidamli qoramtir loydan, ya’ni gilvataga oq tosh yoki oq qum qo’shib tayyorlanadi. Undan har xil mozoikali koshinlar tayyorlanadi. Koshin loy - shirachli loyga kvars qumi qo’shib undan har xil koshinlar tayyorlanadi. Kosagar loy – patloy yoki tovoq loy deb ham yuritiladi. Bu loy sog’ tuproqqa qamish qozg’og’ini aralashtirib tayyorlanadi.
Ko’zgar loy – 60%-70% plastik yog’li loy va 30-40% sog’ tuproqdan iborat bo’ladi. Undan xum, guldon, ko’za va boshqalar tayyorlanadi. Kulolchilikda shamod, gulvata, bo’yoqlar, angob, charx, mo’yqalam, mola, katta mola, kichkina mola, sim, naqshin qolip, labgir, lagan qolip, pargor qalam, kojkord, taroq, tagi qalam, g’ujmak, tuppa va boshqalar ishlatiladi. Kulolchilikda loyni ustalar har xil texnologiyada tayyorlaydilar.
Maxsus tuproqdan loy qilinib uni tepib, mushtlab pishiradilar. Loyni nam matoga loy tayyorlaydigan xona bo’lib uyni ichki qismidan hovuzga o’xshash uncha chuqur bo’lmagan jon bo’lgan. Bu hovuz pishiq g’ishtdan to’shaladi. Loyni har kuni, ya’ni 20 kungacha suv sepib pishiriladi va nam sholchani ustiga yopib qo’yilgan. Kerakligicha loyni tepib, mushtlab pishiriladi. Loyni yulib olib stol ustiga urib-urib pishitiladi, shunda loy ichida to’planib qolgan havo yo’qoladi. Agar loyda havo qolib ketsa, idishni pechkada pishirganda o’sha bo’shliq yana kattalashib idish teshik bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun qancha ko’p loyni pishitilsa shuncha sifatli mahsulot olinadi.
Kulolchilik charxida idishlar tayyorlanadi. Charx asosiy qurol bo’lib, u katta va kichik yog’och g’ildirakdan iborat bo’ladi. Yog’och o’q bilan birlashtiriladi. Kulol charxning pastdagi katta g’ildiragini oyog’i bilan aylantirib turadi. Yuqoridagi g’ildirakka loy qo’yib undan idish tayyorlaydi. Tayyorlangan idishlar yaxshilab quritiladi. Chunki yaxshilab quritilmasa keyin pechda yorilib ketishi mumkin. Quritilgan idishlarni xumda qizdiriladi. Sirlanadigan idishlar sirlanadi yana xumdonda qizdiriladi.
Qadimdan kulollar ma’lum idish yoki buyum bo’yicha ixtisoslashgan bo’ladi. Masalan, kosagar, tandirchi, ko’zagar va boshqalar deb yuritiladi. Xorazm badiiy kulol ustalari qadimda o’ziga xos texnologiyasiga ega bo’lganlar. Ular koshin, bodiya xum va boshqa kulolchilik mahsulotlari ustida beriladigan sirni tayyorlash uchun yozning jazirama issiq oylarida ko’hna Urganch tomonlaridagi qum etaklariga chiqib haftalab chog’on o’simligini to’plab uni yoqib, kulini olib kelganlar.
Hozir bu o’t juda kamayib ketgan. Bu o’simlikdan tashqari qora o’roqdan ham foydalangan. Sentabr oylarida qora o’roq ayni shirachga to’lgan vaqtida faqat yashil patini yoqib kulidan ishqor tayyorlaganlar. Ustaxonaga olib keltirilgan chog’on va qora o’roqqa qum aralashtirib qo’lni namlab guvala qilinadi va xumbuzga qo’yildadi hamda uni yuqori darajada issiqlikda qizdiriladi.
Keyin esa ikkinchi marta xumbuzning tokchasiga qo’yiladi. Yuqori darajada qizdirish natijasida u pastki oxirga oqa boshlaydi va u oppoq rangga o’tgan bo’lsa tayyor bo’lgani. Agar u qoramtir tusda bo’lsa shu jarayon yana qaytadan davom ettiriladi. Hosil bo’lgan oq toshsimon ishqorni tegirmonda un holiga keltirib maydalanadi. Bu ishqor uniga yangi bug’doy unidan atala pishirib qozonda qorishtiriladi. Qozonga suv solinib bulg’ab suyuqlik holiga keltiriladi. Hosil bo’lgan xom ashyo tabiiy ishqor siri deb aytiladi. Tadiiy ishqor siridan tayyorlangan mahsulot yuziga cho’mich bilan beriladi. Pechda bu sir 1000-1200 daraja issiqlikda loyga shunday kirishib ketadiki u issiklikka ham, sovukda ham o’z xususiyatini yo’qotmaydigan bo’lib qoladi.
Kulolchilikka xos bo’yoqlar tayyorlash ham o’ziga xos texnologiyaga ega. Oq rang – bu rang oq tuproq gilvati va 11% gacha oqtoshni mayda qumini qo’shib tayyorlanadi. Uni aralashtirib atala holda tayyorlab buyum yuziga tekis suriladi va keyin naqsh chiziladi. Yashil rang - mis kuyundisi kukuni qo’rg’oshin sir va o’tga chidamli tuproq, ya’ni gilvata qo’shib tayyorlanadi. Mis kukuni avval qizg’ish rangda bo’ladi, xumbuzda pishirilgan yashil rangga aylanadi. Qora rang – qora rang 15% gilvata, marganets oksidi, lazur va qo’rg’oshin sirlarini qo’shib tayyorlanadi. Sariq rang – yongan temir sop yoki mayda temir chikindilaridan foydalanib temir kukuni mis kozonga solinadi va unga gulvata, qo’rgoshin siri xamda suv solib ezg’ilab tayyorlanadi. Havo rang - lojuvard, oq tosh yoki oq qum va gilvata qo’shib tayyorlanadi.
“Ichon-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida – “Koshinpazlik san’ati” ko’rgazmasi ish boshladi. Kulolchilik - qora loydan mo‘jizakor go‘zallik yaratgan, Sharkning eng qadimiy hamda navkiron san’atidir. Qora loy ezgulik sahovat va halollik timsolidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug‘ullanadi. Xorazm kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o‘ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlar sodda bo‘lsada uning ko‘rinishi, qismlarining saqlanishi, naqshlarning badiy joylanishi shakli, mazmunining birligi - Xorazm kulollarini jaxonga tanitib kelgan. Kulolchilikda loydan piyola, lagan, tovoq, ko‘za, tandir, kosa, tog‘ora, xum va har hil o‘yinchoqlar, qurilish materiallari ishlanadi va tayyorlanadi. Bunda maxsus tuproqni o‘ta qizdirganda toshsimon bo‘lib pishishini unda xar xil idishlar tayyorlashni odamlar qadim – qadimdan bilishgan. Tuproq jaxonning xamma yerida bo‘lgani uchun kulolchilik butun dunyoga keng tarqalgan xunardir. Dastlab bu xunar bilan ayollar shug‘ullanishgan, eramizdan avvalgi III ming yillikning boshlarida kulolchilik charxi ixtiro kilingan va shundan keyin bu xunar bilan erkaklar shug‘ullana boshlagan.
Neolit davrida idishlarning taglari uchli qilib tayyorlanib yerga sanchib qo‘yilgan. VIII – XII asrlarda Xorazm diyorida madaniyat, xunarmandchilik, savdo sotiq rivoj topdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida kulolchilik juda keng rivojlanib - kulolchilik markazlari paydo bo‘ldi. Sopol buyumlarni sirlab bezashning o‘ziga xos uslublari vujudga keldi. Xar bir xunarning o‘ziga xos mashakkati sir-asrorlari bo‘ladi. Ota- bolalarimiz qadimdan kulolchilik sirlarini va tajribalarini o‘z avlodlariga o‘rgatishgan xar bir maxsulotning sifatiga badiyligiga foydalanish uchun qulayligiga uning umrboqiyligiga aloxida e’tibor berganlar. Shuning uchun oddiy sopol piyolalardan tortib tarixiy yodgorliklarimizni bezab turgan koshinlarning umrboqiyligi dunyo axlini lol qoldirib kelmoqda.
XX asrda Xorazm kulolchilik maktabi rivojlanishida Raximbergan Matchanovning o‘rni tengsizdir. Raximberdi Matchanov Xorazmning qadimiy kulolchilik markazlaridan biri Madir kishlog‘ida 1909 yil kulollar oilasida dunyoga keldi. Shu davrda kishlokda 27 ta kulolchilik ustaxonasi bo‘lib, 80 dan ortik kulollar ishlashgan. Matchon kulolning o‘g‘li Raximberdi o‘z otasidan kulolchilik sir-asrorlarini o‘rgandi. Koshin pishirishni shu davrning nom kozongan ustalari Bolta Matrizayev, Bolta Vaisovdek ustalardan o‘rgandi. Raximberdi Matchanov kulolchilik sirlarini 6 yil deganda o‘rganib Eshim kulolning oq fotixasini oldi. O‘zi mustaqil idish va koshinlar ijod qila boshladi. U 1930 yillarda koperativ artel’ga kirib kulolchilik ishlarini davom ettirdi. O‘sha davrda kulollar kamayib ketgan edi. Shu bilan birga usta naqqoshlik sir – asrorlarini mukammal o‘rgandi va shularni kulolchilikda ishlatdi. Ustani Xorazmda sermeva daraxtga o‘xshatishadi. Chunki, juda ko‘p shogirdlar yetishtirib chiqargan. Usta ko‘plab shogirdlariga o‘z xunarini sir- asrorlarini o‘rgatgan. Bugungi kunda Xorazmda bu qadimiy san’at avloddan – avlodga an’ana tariqasida o‘tib kelgan va hozirgi kunda xam rivojlanib takomillashib kelmoqda.
Bugungi kunda Xiva shaxrimizga kelayotgan chet ellik sayyoxlar, o‘quvchilar, maxalliy mexmonlar bu ko‘rgazmani qiziqib tomosha qilishmoqda. 

Oʼzbekiston Meʼmorligi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʼlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni tortadi. Аmudaryo va Sirdaryo oraligʼidagi eng qad. madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʼyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Аfrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʼqon kabi koʼhna shaharlar oʼzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʼoki Аttori, Chashmai Аyyub, Poyi kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʼbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjidmadrasa va b.) bilan dunyoga tanilgan.
Oʼzbekiston Meʼmorligi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Аmir Temur va temuriylar davri bilan uzviy bogʼliq boʼlib, uni Uygʼonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʼlib qolgan, «yer yuzining sayqali» Samarqand, «bilim va odob gumbazi» Kesh — Shahrisabz shaharlari,ayniqsa Аmir Temur say- harakati, meʼmoriy vayuyati (valiylikning koʼpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʼksaroy koʼshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʼk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʼtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʼldi. Koʼhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʼistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʼlandi. Samarqand atrofida paydo boʼlgan marjon bogʼlar halqasi toʼrida Dilkusho koʼshki — Ishratxona, Chilustun koʼshki, kichik Oqsaroy koʼshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʼzal Bogʼi Dilkusho, Bogʼi Naqshi Jahon, Bogʼi Shamol, Bogʼi Chi-nor kabi bogʼlar umuman meʼmoriy bogʼsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʼsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshu-noslari eʼtirof etishadi. Hatto oʼrta asrlardagi Yevropa bogʼ-parklariga temuriy bogʼlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda Meʼmorlik bilan bogʼliq ilmfan risolalari yaratilgani eʼti-borni tortadi. Аgar Muhammad Xorazmiy, Аbu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida Meʼmorlik dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan boʼlsa, Ulugʼbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, Meʼmorlikka doir risolalar yozishgan, bogʼsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-a. da Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʼzFАShI fondida). Hozirgi zamon meʼmorlikda keng qoʼllanilayotgan modul tizimi oʼzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum. G.А Pugachenkova ilmiy asarida Buxoro savdo gumbazlari xaqida qiziqarli maʼlumotlar keltirilgan va shahardagi xar bir toqilar alohida tadqiq etilgan. Buxoro masjidlarini oʼrganish borasida asosan K.S. Kryukov va N.M. Lukinskayalarning «Guzarniy mecheti Buxari» ilmiy asarlari koʼrib chiqildi. Taʼmir uslublarining koshinkorlik, koshinpazlik masalalariga bagʼishlangan, xalq ustalarining uzoq yillar davomida toʼplagan tajribalari, taʼlimlari toʼliq yoritilgan bulib А.Haqqulovning “Tarixiy yodgorliklarni taʼmirlash” va “Taʼmir sanʼati” asarlarida muallifning taʼmir sohasida olib borgan koʼp yillik izlanishlari Buxoro shahri yodgorliklari misolida ham keng yoritilgan. Bir kancha taʼmirlash ishlari muallifi va ishtirokchisi K.S. Kryukovning biz uchun qimmatli maʼlumotlari jamlagan maqolalari Buxoro obidalarini ilk taʼmirlash jarayonlari xaqida dastlabki aniq, muhim manbalarni yoritib beradi . Meʼmoriy yodgorliklarning qurilishi, tarixi, olib borilgan taʼmirlash ishlari kabi masalalar ustida oʼrganish ishlarini olib borgan mualliflarga B. N. Zasыpkin, I.I. Umnyakov, M. Ye Masson, V. А. Shishkin, M. Bulatov, G.А. Pugachenkova, I.I. Notkin, Yu.Z. Shvab, K.S. Kryukov va boshqa tadqiqotchilar misol boʼla oladi.
Ulug‘bek madrasasi (Buxoro) Buxoro shahrida joylashgan Ulug’bek madrasasi Muhammad Tarag’ay Ulug’bek tomonidan bunyod etilgan U Amir Temurning kenja o’g’li Shohruxning to’ng’ich o’g’li bo’lib, 1394-yil 22- martda Eronning Sultoniya shahrida tug’ilgan. U 1409-yil otasi Shohruxning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo’lib, astronomiyaga oid ―Ziji jadidi Ko’ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To’rt ulus tarixi‖ asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. Madrasa qurilishi o’rta asrlarning so’nggiga to’g’ri keladi. U XV asrning birinchi choragida, ya‘ni 1417-yilda qurib bitkazilgan. Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro shahrining eski shahar qismida, Abdulazizxon madrasasi ro’parasida bunyod etilgan.
XV asrning birinchi choragida Movarounnahrda Temuriylar o’rtasida taxt uchun kurash kuchayib ketdi. Movarounnahr va Xurosondan tashqari barcha hududlar Temuriylar qo’lidan chiqib ketdi. Me‘moriy obidaninng qurilishida guvala va paxsadan tashqari xom va pishiq g’isht, yog’och (tut va yong’oq daraxti)lardan keng foydalanilgan. Me‘moriy inshootdagi (dizayn) ustunlar, derazalar, devorlar ganch o’ymakorligi asosida ishlangan. Shiftlar g’isht o’ymakorligi asosida naqshlangan. Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtoqida bo’lib, unda sirkor g’ishtchalardan tashqari, rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Hovlining shimoliy va janubiy tomonlari qisqaroq ko’rinishga ega bo’lib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang va sirkor g’ishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvoqli. Madrasa 53 metrga 41,6 metrni tashkil etadi. Masjid 15,5 metrga 5,5 metrni tashkil etadi. Darsxona esa 5,5 ga 5,5 metrni tashkil etadi. Madrasa eshigining tabaqalariga arab yozuvida ―Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir‖ deb yozib qo’yilgan. Bundan tashqari peshtoqda Amir Temur davrida Erondan keltirilgan ustaning avlodi Ismoil ibn Tohirning nomi ganchkor va turli bezaklar asosida yozilgan nasta‘liq xatida saqlanib qolgan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar ko’p va ayvon ustunlari zarhallangan. Me‘moriy inshoot Sharq an‘analarini o’zida mujassamlashtirgan gumbazsimon, arkli, to’rtburchak va ―Chor uslubda qurilgan. Madrasaning o’ziga xos tomonlaridan biri shundaki, u balandligi jihatidan Buxorodagi boshqa madrasalarga qaraganda pastroq va hujralarining ko’pligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu Ulug’bek tomonidan qurdirilgan dastlabki madrasadir. Madrasaning boshqa madrasalardan farqi shundan iboratki, uning ikki chetida minoralar mavjud emas. Xonaqoh pesh ayvonlari esa 8 tani tashkil qiladi. Bugungi kungacha me‘moriy obida atroflarida bog’lar tashkil qilingan. Bizgacha Ulug’bek madarasasi ancha o’zgargan holda yetib kelgan. 1950-1970 va 1990-1996-yillarda ta‘mirlangan. Madrasaning ta‘mir talab yerlari qayta rekonstruksiyadan chiqarilgan. Madrasa ko’chasiga esa o’rta asr uslubida toshlar yotqizilib, yo’llar hosil qilingan. Hozirgi kunda madrasa ochiq osmon ostidagi muzey sifatida chel el sayyohlari hamda O’zbekistonlik milliy madaniy merosga qiziquvchilarning ziyoratgohiga aylangan. O’zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to’xtaladigan bo’lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ulug’bek madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) ―Butunjahon madaniy meroslari ro’yxati‖ga kiritilgan. Me‘moriy inshoot rivojlangan va so’nggi o’rta asrlarning eng yirik ta‘lim muassasasi bo’lgan. Abdullaxon II davrida Jo’ybor shayhi Xoja Sa‘d tomonidan (1586) butunlay qayta tiklangan va yirik madaniyat va ma‘rifat maskani vazifasini o’tagan. Manbalarda aytilishicha, Ulug’bek 1419-yil 28-noyabrda madrasaga tashrif buyurgan va ta‘lim olayotgan talabalarga in‘omlar ulashgan.
Toshhovli saroyi Xiva shahrida joylashgan Toshhovli saroyining asosiy qismi Xiva xoni, qo’ng’irotlar sulolasining yirik vakillaridan biri Ollohqulixon tomonidan bunyod etilgan. Ollohqulixon (taxm. 1794-1842) – Xiva xoni (1825-1842) – Muhammad Rahimxonning o’g’li. Uning davrida Xivada karvonsaroy, tim, 111 xona va bo’lmali Toshhovli saroyi, Ichan qal‘a sharqiy darvozasiga tutashtirib qurilgan Ollohqulixon madrasasi, Oq masjid, Saitboy masjidi, Toshhovuz qal‘asi (1835-1836) va boshqa inshootlar qurilgan. Yangi kanallar qazdirib sug’oriladigan yerlarni kengaytirgan. Xiva shahrining obodonchiligi uchun ko’p mehnat sarf qilgan. Ollohqulixon davrida koshinpazlik (koshinkorlik) san‘ati yuksak cho’qqiga chiqqan. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko’hna Ark koshinlar bilan bezatilgan. Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa ko’pgina tarixiy obidalar ta‘mirlandi. Arabxon va Muhammad Amin Inoq madrasalari qaytadan qurildi. Xiva shahrining atrofi mudofaa devori bilan o’rab olingan (1842). Ichan qal‘a tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish maqsadida Dishan qal‘a (Tashqari qal‘a) qurilgan. Ollohqulixon 1842- yil Chorjo’yga yurish qilib, qal‘ani qamal qilgan paytda og’ir kasalga duchor bo’lib, orqaga qaytishga majbur bo’lgan va 23 noyabrda vafot etgan. Uni o’zi hayot vaqtida tayyorlab qo’ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida dafn etishgan. Ollohqulixon dastlab aholining xatlari va arzlarini ko’rib chiqish bilan shug’ullanuvchi dargoh – Arz hovlini 1830-1832-yillarda (darvozasi g’arbga), uning yonida qabulxona – ishrat hovlini (janubga qaragan) 1837-yil, o’ziga dam olish maskanini tashkil etish maqsadida 1835-1837-yillarda haram (darvozasi g’arbga qaragan)ni qurdirgan. Me‘moriy inshoot so’nggi o’rta asrlarning oxirlarida, 1830-1838-yillar oralig’ida bunyod etilgan. Toshhovli Sharq an‘analarini o’zida mujassamlashtirgan, Xorazm mahalliy turar-joy me‘morligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qo’rg’on-hovli ko’rinishida bo’lganligi uchun Toshhovli deb nomlangan. Uning qurilishida har xil o’lchamdagi xom va pishgan g’isht, tosh, loy, yog’och, maxsus ―qir qotishmasidan va shunga o’xshash ashyolardan foydalanilgan.
Toshhovli 3 hovli, 111 ta xonadan iborat. Atrofi balant devor (qalinligi 1,2-1,5 m.) bilan o’ralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Tarhi 80x42 m., hovlisi 49x15 m janubiy qismida 5 ta alohida-alohida ayvon bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43x36,5 m) haramning janubiy-sharqiy qismida qurilgan. 3 yildan so’ng janubiy-g’arbiy burchagida arz hovli (tarhi 35x40 m) qad rostlagan. Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xo’jalik xonalari, otxona bo’lgan. Hovlilarda ayvonlar o’ziga xos uslubda joylashgan. Haramning janubida 2 qavatli bino oldiga baland qilib 1 ustunli ayvon ishlangan, arz hovli va ishrat hovlidagi binoning faqat 2-qavatida 1 ustunli, panjara to’siqli ayvon bor. Hovli markazidagi doira shaklli supaga chodir o’rnatilib mehmonlar kutilgan. Toshhovlining tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy me‘morchilik an‘analari asosida pardozlangan. Devordagi ustungo’shalar oralig’iga namoyonlar ishlanib, choksiz ko’k va oq koshin qoplab, girrix parchinlardan naqsh hosil qilib terilgan. Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, ko’k, oq va havo rang koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ayvon devorlaridagi girrix va islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar poyustun va o’ymakori yog’och ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga oid she‘rlari, xon ayvonidagi sharqiy poyustunda 1832-yil va ishrat hovli katta ayvon poyustunida, arz hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-yil hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. Toshhovlidagi xonalar tomi to’sinli, haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xo’jalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, ba‘zilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, ko’k va qizil tusda ifodalangan. Inshootning o’ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo’lsak, me‘moriy obida xon va uning 4 xotiniga mo’ljallangan bo’lib, Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji va usta Qalandar Xivaqiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli me‘morchiligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qal‘a qurilishi bilan bog’liq. Ollohqulixon davrida qal‘a kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qo’rg’onlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. XIX asr oxiriga kelib turli urushlar natijasida qal‘aning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864-1910) davrida saroy qayta tiklangan. XIX asr oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin do’kon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va madrasa bo’lgan. Biroq saroy va boshqa imoratlardagi ko’plab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. Inshoot mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va undan keyin bir necha bor ta‘mirlangan. Me‘moriy obida atroflari ko’kalamzorlashtirilib o’zgacha chiroy kasb etgan. 1990-yil me‘moriy obida Ichan qal‘a me‘morchilik yodgorliklari bilan birgalikda YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan. Davlatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to’xtaladigan bo’lsak, 2000-yil 30- avgustda ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’grisida, 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to’g’risida qabul qilingan qonunlar madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Bundan tashqari, inshoot yurtimizdagi madaniy meros obyektlariga qiziquvchi ixlosmandlarning hamda yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning diqqat-markazida.



    1. Download 1.31 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling