Mavzu: h va X tovushli so’zlarning talaffuzi va yozilishi


Download 1.37 Mb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#212066
1   2   3
Bog'liq
H va X tovushli so’zlarning talaffuzi

1-o’quvchi:Tovush va harflarni,

Farqlay olishim kerak.

Tinish belgilarini o’rinli,

Qo’llay olishim kerak.



2-o’quvchi:Og’zaki va yozma nutq,

Gap,so’z va bo’g’inlarni.

Unli va undosh tovush

Hamda so’z ma’nosini

Farqlay olishim kerak.

3-o’quvchi:25-30 so’zdan iborat

Diktant yoza olishim kerak.

Husnixat qoidalariga

Amal qilishim kerak.



4-o’quvchi:3-5 gapdan iborat

Matn yarata olishim kerak.

Taklifnoma,tabriknoma

E’lon yoza olishim kerak.



5-o’quvchi:So’zga ma’nodosh va

Qarama-qarshi ma’noli

So’z topa olishim kerak.

Diktant turlarini,

Farqlay olishim kerak.

Fasl haqida suhbat o’tkaziladi.

2019-yil qanday yil?

Odob-axloq qoidalarini ayting.

-maktabga mashg’ulot boshlanishidan 10-15 minut oldin,maktab formasida kelish;

-toza va orasta kiyinish;

-saranjom,sarishta yurish;

-sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish;

-o’g’il bolalar sochlarining uzunligi 2-3smdan oshmasligi;

-qiz bolalar ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlar taqmasligi kerak;

-chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;

-ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;

-dars vaqtida o’rinsiz gaplashmaslik;

-jihozlarni asrab-avaylash,partalarga,stol va stullarga chizmaslik;

-Bugun biz sizlar bilan darsimizni O’zbekiston viloyatlariga sayohat tarzida olib boramiz.Buning uchun avtobuslarga minib olishimiz kerak.Avtobuslarimiz 2ta:H va X.

1-qator:X guruhi

2-qator:H guruhi

Avtobusga chiqish uchun chipta olish kerak,buning uchun o’tilgan mavzuni aytib berishingiz lozim bo’ladi.

“Klaster”metodi.





Sh

ch

Qolgan o’quvchilarga savolnoma va testlar tarqatiladi.

Demak hammamiz chiptaga ega bo’ldik.Endi avtobuslarga chiqib yo’l olamiz.Birinchi ona shahrimiz Buxoroga yo’l olamiz.

Yo’l davomida yangi mavzumiz bilan ham tanishamiz.

Bugun biz sizlar bilan H va X tovushli so’zlarning talaffuzi va yozilishini o’rganamiz.

Yangi mavzu slayd orqali tushuntiriladi.

Shox-shoh Xol-hol

Birinchi ustundagi so’zlarda x tovushini qattiqroq,2-ustundagi so’zlarda h undoshini yumshoqroq talaffuz qilish kerakligi namuna orqali ko’rsatiladi.So’z ma’nolari izohlanadi:shox-daraxtning,hayvonning shoxi,shoh-podsho,xol-odamning tanasidagi qora dog’,hol-holat,ahvol.

Daraxt shohi tarzida yozish mumkinmi?

Yurt shoxi shaklida qo’llab bo’ladimi?

O’quvchilar javobi xulosalanadi:x va h tovushlarining talaffuzi farq qiladi x-qattiqroq,h-bo’g’izda yumshoqroq aytiladi.Bu harfning biri o’rnida ikkinchisini ishlatib bo’lmaydi.

Kitoblar ochiladi.

Kitob bilim bulog’i,o’quvchining o’rtog’i.

Qat-qat qatlama,aqling bo’lsa tashlama.Bu kitob.

Mana o’quvchilar ona shahrimiz Buxoroga ham yetib keldik.

“Noto’g’ri jumla”metodi.

Endi o’quvchilar Buxoro shahri bilan chegaradosh bo’lgan Xorazm shahriga sayohatga chiqamiz.Shaharga kirish uchun hammamiz xat yozishni o’rganib olishimiz kerak.

“Salom xat”yozishni o’rganadilar,x va h harfli so’zlarning yozilishini bilib oladilar,o’zlari biror yaqin kishilariga salom xat yozadilar.

Assalomu alaykum,Xolida xola!Tuzalib qoldingizmi?Xat orqali sog’ligingizni ma’lum qiling.

Onam sizga salom yo’llayaptilar.



Xayr.Jiyaningiz Hakima.

Xat yozgan o’quvchilar Xorazm shahriga kirishadilar.

Aytganimni top”metodi.X va H harfli so’zlar aytiladi,o’quvchilar so’zda qaysi tovush kelsa,shu harfni kesma harf bilan ko’rsatadi.

Masalan:xona,mix,jahon,baho,Xiva,shahar,bahor,mehmon,hammom,hovli.

Endi o’quvchilar sizlar bilan Jizzax viloyati tomon yo’l olamiz.

Jizzax shahriga kirishimiz uchun mana bu yerda berilgan so’zlardan ortiqchasini topishimiz kerak.

Ortiqchasini top”metodi.

Yaxmalak,xona,taxta,bahor,xirmon.

Jahon,baho,xol,havo,handalak.



Kim chaqqon”metodi.

“X”guruhidan bir o’quvchi chiqib x harfi bilan boshlangan narsaning rasmini bo’yaydi.

“H” guruhidan bir o’quvchi chiqib h harfi bilan boshlangan narsaning rasmini bo’yaydi.

Darsni yakunlash

G’olib guruh aniqlanadi va ularga nominatsiyalar beriladi.

“Eng bilimdon guruh”

“Eng dono guruh”

„Eng zukko guruh“

Xuddi shunday o’quvchilar ham baholanadi.



Kundalikni endi ochaylik
Uyga vazifalarni yozaylik
Ona-tilidan olgan bilimni,
Unutmasdan esda saqlaylik.


81-mashq.

Gaplarni o’qing.Tushirib qoldirilgan h harfini nuqtalar o’rniga qo’yib,ko’chiring.


Behzodning otasi –paxtakor.U har yili paxtadan mo’l hosil oladi.

Mehrining amakisi-bog’bon.Bog’ida gilos,olxo’i,behi daraxtlari ko’p.
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling