Mavzu. Harakatning muskulsiz formalari reja. Ko‘ndalang-targ‘il muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi
Download 266.96 Kb. Pdf ko'rish
|
HARAKATNING MUSKULSIZ FORMALARI
MAVZU. HARAKATNING MUSKULSIZ FORMALARI REJA. 1. Ko‘ndalang-targ‘il muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi. 2. Muskullar ishi va mexanikasi 3. Silliq muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi. 4. Silliq muskullarda qisqaruvchanlik va bo‘shashuvchanlikning molekulyar mexanizmlari. 5. Hujayralar harakatchanligining nomushak shakllari Qiskaruvchan tizimlar (muskullar) biofizikasi qisqaruvchi elementlar strukturasi, muskullarning qisqarish faoliyatining molekulyar asoslari va bu jarayonda kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanish qonuniyatlarini o„rganadi. Muskullar kimyoviy energiyani ish bajaraoladigan mexanik energiyaga aylantirish xususiyatiga ega. Bu energiya ixtiyoriy va ixtiyorsiz tana harakatlarini bajarilishi, shuningdek, ichki a‟zolarning ishlashi va harakati uchun sarf bo„ladi. Muskul to„qimasi elastomer xususiyatga ega bo„lib, tarkibiga kiruvchi biopolimerlar mexanik va kimyoviy ta‟sir natijasida o„z uzunligini o„zgartirish xususiyatiga ega. Muskulning qisqaruvchan sistemasi qisqaruvchi va elastik elementlardan tashkil topgan. Muskul to„qimasining qisqarishini ta‟minlovchi strukturasi aktin va miozin oqsilidan tuzilgan. Aktin molekulyar massasi 50 - 80 kD atrofida bo„lib, molekulasi uzunligi 10 3 А 0 ni tashkil etadi. Miozin oqsili esa molekulyar massasi 42 kD ni, molekula uzunligi 1600 А 0 ni tashkil etib, skelet muskul to„qimasining 60 % massasidan iborat. Sent-Dyerdi tomonidan aktin va miozin oqsili muskul to„qimasi tarkibida aktomiozin kompleksi holida bo„lishi ko„rsatib berilgan. Shuningdek, bu kompleks tarkibiga qisqarish jarayonida muhim ahamiyatga ega maxsus oqsil guruhlari tizimi kiradi. Muskullar qisqarishida energiya manbai glikogen hisoblanadi. Muskullarning kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylantirish jarayoni izotermik va izobarik sharoitda kechadi. Download 266.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling