Mavzu. Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta’minlashdagi


Тўхтамасдан бошкариш давомийлиги, соат


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1017211
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-MAVZU

Тўхтамасдан бошкариш давомийлиги, соат. 


«E» - toifasi, shatakchasi, «V», «S» toifalari yoki «D» toifasidagi transport vositalaridan 
iborat bo’lgan turkumni. 
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus 
boshqarishga ruxsat etiladi. 
«V», «S» va «D» toifasidagi transport vositalarining haydovchilariga ularning to’la vazni 
750 kilogrammdan ko’p bo’lmagan tirkama bilan ham boshqarishga yo’l qo’yiladi. 
To’la vazni 750 kilogrammdan ortiq bo’lgan tirkamali «V», «S» va «D» toifalaridagi 
transport vositalarini, shuningdek, bo’g’imli avtobuslarni boshqarish uchun haydovchining 
haydovchilik guvohnomasida «E» toifasini ham boshqarishga ruxsat etilganligi belgisi bo’lishi 
shart. 
«V», «S», «D» va «E» toifalaridagi transport vositalarini, tramvaylar, trolleybuslarni 
boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun O’zbekiston IIV 
YHXBB bilan kelishilgan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona 
o’quv rejasi va dasturi asosida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o’quv 
yurtlarida tayyorgarlikdan o’tishlari shart. «A» toifadagi transport vositalarini boshqarish 
huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun harakat tayyorgarlik ko’rgan 
shaxslarga ham DYHXX RIB larda imtihon topshirishga ruxsat etiladi. 
O’quv rejasi dasturlariga avtotransport vositalarini boshqarish fanlari kiritilgan oliy va 
o’rta maxsus o’quv yurtlari, texnika bilim yurtlari va umum-ta’lim maktablari maxsus dasturlar 
asosida «V», «VS» toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi 
guvohnoma olish uchun tayyorlashlari mumkin.
Imtihon nazariy va amaliy qismlardan o’tkaziladi. 
Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining «Yo’llarda harakatlanish qoidalari» va 
dasturda ko’zda tutilgan boshqa fanlar bo’yicha bilimi tekshiriladi. 
Amaliy imtihonda haydovchilik guvohnomasi qaysi transport vositalarini boshqarish 
huquqini beruvchi toifaga olinayotgan bo’lsa, imtihon topshiruvchining faqat shu toifadagi 
transport vositalarini boshqarish bo’yicha malakasi tekshiriladi. 
Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar yurtlarining kasbiy yo’nalishi avtotransport 
haydovchilarini tayyorlash uchun tasdiqlangan yagona o’quv dasturiga kiritilgan fanlarning 
to’liq o’qitilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo’yicha tugatgan shaxslarga “V” yoki “VS” toifali 
haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi. 
Masalan, Toshkent avtomobil - yo’llar institutida barcha bakalavr tayyorlash
yo’nalishlarining o’quv rejalariga «V» toifasidagi haydovchilik guvohnomasini (institutni 
tamomlagandan keyin maxsus kurslarni yagona dastur asosida o’qiganligi munosabati bilan 
qo’shimcha o’quv kurslarida o’qimasdan) olish uchun imtihon topshirishlari mumkin. 
Haydovchilik guvohnomasi mototransport va kajavali mototsikllarni boshqarishga 16 
yoshga to’lgan («A» toifa), yengil yuk avtomobillarini («V», «S» toifa) haydashga 18 yoshga 
to’lgan, tramvay, trolleybus, taksi va avtobuslarni («D» toifa) boshqarishga 21 yoshga to’lgan 
shaxslarga beriladi. Majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarga istisno tariqasida
avtobuslarni boshqarishlariga 19 yoshga to’lgandan so’ng ruxsat etiladi. 
Maxsus tovushli va yorug’lik signallari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni 
tashiydigan transport vositalarini, shuningdek, shaharlararo qatnaydigan va xalqaro yo’nalishga 
xizmat qiluvchi avtobuslarni boshqarish uchun tegishli toifadagi transport vositalarida oxirgi uch 
yil mobaynida muttasil faqat haydovchi sifatida ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi. 
«S» yoki «D» toifalariga oid transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik 
guvohnomasi bo’lgan ayollarga (yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarishga) 


O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 
Kengashi tomonidan belgilangan ma’lum cheklashlar (avtomobillarning yuk ko’tarish quvvati 
2,5 tonnadan, avtobuslarda yo’lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat 
etiladi. 
«VS», «S» yoki «D» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lgan, haydovchilik 
sohasidagi ish faoliyati bir yildan kam bo’lmagan (shaxsiy avtomobil haydovchilari uchun oxirgi 
24 oy mobaynida avtomobil boshqargan), o’quv yurtlarida tegishli dasturga muvofiq qayta 
tayyorgarlikdan o’tgan va amaliy imtihon topshirgan haydovchilarga «E» toifasidagi transport 
vositalarini boshqarish huquqi beriladi. 
Haydovchilarning ishlash va dam olish vaqtidan to’g’ri foydalanishlariga qathiyan rioya 
qilishlarini nazorat qilish kerak. Haftada 6 kun ishlash o’rnatilganda haydovchilar kuniga 7 
soatdan ortiq ishlashlari mumkin emas. Kechasi ishlash vaqti 22 dan boshlab 6 soatni tashkil 
etishi kerak [19]. 
SHaharlararo tashish bilan shug’ullanuvchi haydovchilar 12 soatdan ortiq transport 
vositasida bo’lishi rejalashtirilgan avtomobillarda uxlash uchun joy tashkil qilingan bo’lishi 
lozim va marshrutga ikkita haydovchi yuborilishi kerak. SHaharlararo tashishda haydovchi 
birinchi 3 soat va undan keyin har 2 soatdan so’ng 10 minut dam olishi lozim. Har kungi dam 
olish (smenalar oralig’ida) ish kuni vaqtidan ikki marta kam bo’lmagan vaqtga to’g’ri bo’lishi 
kerak. Masalan, smenada 8 soat ishlagan bo’lsa, dam olish vaqti 16 soatdan kam bo’lmasligi 
kerak. 
6.3. HAYDOVCHILARNI TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZISH 
Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun birinchi navbatda haydovchilarning harakatlanish 
davomida, oldindan va kasbiy kasallanishining oldini olishdan iborat bo’ladi. Ingliz 
mutaxassislarining fikricha, yiliga 200 dan ortiq YTH haydovchilarning yo’lda harakatlanish 
davrida infarkt miokard bo’lishidan sodir etilishi aniqlangan. Bunday holat AQSHda yiliga 2 
mingdan ortiq qayd etilishi [17] ma’lum. Tibbiyot mutaxassislarining fikricha, haydovchilarda 
ko’p uchraydigan qon bosimining ko’tarilishi, ularning kun davomida yuqori darajada 
asablarining zo’riqishi bilan ishlashi, shuningdek, oshqozon-ichak kasalligining tez-tez uchrashi 
haydovchilar ishlash grafigining noto’g’riligidan kelib chiqadi. Keltirilgan noxush holatlar 
vujudga kelmasligining oldini olib haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. 
Barcha transport vositalarining haydovchilari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirligining 2006 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug’ida belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan 
o’tishlari shart. Har bir haydovchi haydovchilik guvohnomasi olishdan oldin va 6.1-jadvalda 
keltirilgan muddatlarda tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Transport vositalarining haydovchilarini 
dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’riklardan, shu jumladan, 
yo’lga chiqish oldidan va yo’ldan qaytgandan keyin tibbiy ko’riklardan o’tishi “Yo’l harakati 
xavfsizligi to’g’risi”dagi qonunning 17-moddasida ham keltirilgan. 
Agar Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) va transport korxonalaridagi 
mansabdor shaxslarda haydovchining sog’ligiga nisbatan shubha tug’ilgan bo’lsa, unga 
belgilangan muddatlardan oldin tibbiy ko’rikdan qayta o’tish uchun yo’llanma berilishi mumkin.
Haydovchilarni tibbiy ko’rikdan qayta o’tish haqidagi qaror DYHXX boshqarmasi bo’lim va 
bo’linmalari boshliqlari va ularning o’rinbosarlari, ular bo’lmaganda esa, ichki ishlar bo’limi 
boshlig’i va ularning o’rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. 
Avtotransport vositalari haydovchilarini qatnov oldidan tibbiy ko’rikdan o’tkazish 
haydovchilar tomonidan sodir etiladigan YTHning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlardan 
bo’lib, u asosan quyidagi tartibda tashkil etiladi. 


Haydovchining qatnov oldidan tibbiy ko’rigi avtotransport korho-nalarida tashkil etilgan 
va tibbiyot shifoxonasi tarkibiga kiruvchi sog’lam-lashtirish punktining tibbiy xodimi 
(nazoratchi) tomonidan o’tkaziladi. Nazoratchilar qatnov oldi tibbiy ko’rigini sog’liqni saqlash 
va ichki ishlar vazirliklari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan dasturga asosan o’tkazadilar. 
Nazoratni o’tkazuvchi tibbiy xodimlar haydovchilarning yo’lga chiqishidan oldin 
salomatligini ko’zdan kechiradilar va uning sog’ligiga bog’liq bo’lgan YTH sabablarini tahlil 
qilishda harakat xavfsizligi xizmati foydalanish va xodimlar bo’limlari bilan hamkorlikda 
faoliyat ko’rsatadilar. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling