Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Download 116.37 Kb.
bet5/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
8 sinf

Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari.
Maqsad: Ta'limiy: o`quvchilarga qattiq disk yoki asosiy xotira qurilmasi, vinchester, nishon, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari, axborot tashuvchi vositalar yoki tashqi xotira qurilmalari, plotter, skaner, Web-kamera, sichqoncha kabi qurilmalar haqidagi bilim berish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-qoidaga rioya qilishga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuter haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va ularning kerakli ma’lumotlarini ajrata olish ko`nikmasini oshirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar. Slayd.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Qanday ixtirolar kompyuter texnikasining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko`rsatgan? Kompyuterning asosiy qurilmalari haqida so`zlab bering. Doimiy xotiraning vazifasi nima? Tezkor xotira nimalardan tshkil topgan? Tovush, video va tarmoqplatasi haqida nimalar bilasiz?
III. Yangi mavzu bayoni: Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing.HDD, Hard – qattiq, Disk – disk, Drive - dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb atash ham mumkin. HDD (ingl. Hard Disk Drive – qattiq disk qurilmasi) kompyuterning tashqi xotirasi bo’lib, sistema blokiga o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni saqlashda ishlatiladi. Uning hajmi bir necha 10 Gbaytdan - 10 Tbaytgacha yetadi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik idishda joylashtirilgan, bir o’qqa mustahkamlangan ustma - ust disklar majmui tushuniladi. 1 - vinchestor 1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida yaratilgan. Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o`z navbatida, alohida bit sifatida ko`rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat beriladi.Komputerga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi. Eng asosiy ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor va klaviatura kiradi.Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga axborot tashuvchi vositalar bilan bevosita bog`liq bo`lgan strimer, disk yurituvchi, optik disk qurilmasi qurilmasi, USB – yig`uvchilar ham kiradi. Kompyuterdagi ma’lumotlarni biridan ikkinchisiga tashib o`tkazish va ma’lumotlarni kompyutersiz uzoq vaqt saqlab qolish turish uchun maxsus xotira vositalari ishlab chiqarilgan bo`lib, ularni axborot tashuvchi vositalar yoki tashqi xotiralar deb atashadi. Magnit tasmalarga axborot yozish va o`qish qurilmasi strimmer deb ataladi.

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling