Egiluvchan magnit disklar – asosan, ikki xil bo`lib, himoya g`ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka – disk diametrlari bilan farqlanadi (3.5 dyumli – 89mm, 5.25 dyumli – 133 mm). ularning sig`imining gi`lofida ko`rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. odatda 3.5 dyumli disketning axborot sig`imi 1.44 Mbayt ni, 5.25 dyumli disket uchun 1.2 Mbayt ni tashkil etadi.
Optik disklar – yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo`lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o`qiladi. CD kompakt disk, DVD – raqamli universal disk deb o`qiladi.
Multimedia – matn, tovushli ma'lumotlami, tabiiy va grafik tasvirlarni axborot texnologiyasidir.
Hozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri bo'lgan USB-yig`uvchilardan flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda.
Printer – ma’lumotlarni qo`gozga chiqarish qurilmasi.
Plotter – chizmalarni qog`ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma.
Skaner – fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi.
Web – kamera eng zamonaviy vositalardan biri bo`lib, kozchasi qamrovidagi harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o`tkazish uchun xizmat qiladi.
IV. Darsni mustahkamlash:
1. Qattiq disk haqidama’lumot bering.
2. Tashqi xotiraning turlari haqida nimalar bilasiz?
3. USB-yig`uvchilar haqida so`zlab bering.
V. Uyga vazifa: EHM avlodlarini o`rganib kelish..
O'quv-tarbiya ishlar bo'yicha rahbar o'rinbosari (imzo)
4-DARS
Sinf: 8 V
Sana: ______ 2018yil
Mavzu: Mantiqiy amallar.
Maqsad: Ta'limiy: o`quvchilarga mantiqiy amallar, mantiqiy qiymatlar haqida tushunchalar berish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-qoidaga rioya qilishga yo`naltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |