Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Download 116.37 Kb.
|
8 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa) 3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
- II. Uy vazifani tekshirish
- III. Yangi mavzu bayoni
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuter haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va ularning kerakli ma’lumotlarini ajrata olish ko`nikmasini oshirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik. Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar. Slayd. Darsning rejasi; 1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa) 3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa) 5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa) Darsning borishi: I. Darsni tashkil qilish. (2 daqiqa)1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifani tekshirish: (6 daqiqa).Qanday ixtirolar kompyuter texnikasining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko`rsatgan? Kompyuterning asosiy qurilmalari haqida so`zlab bering. Doimiy xotiraning vazifasi nima? Tezkor xotira nimalardan tashkil topgan? Tovush, video va tarmoqplatasi haqida nimalar bilasiz? III. Yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa)Mantiq - mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining obyekti - tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u o'rganadigan predmet sohasining turi bo'yicha ikki bo'limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statikborliqqa, dialektik mantiq dinamikborliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan awalgi IV asrda buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o'tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to'ldirib, o'z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost, yo yolg'on bo'lishi mumkin, qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, ya'ni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni (birinchi mavzuda ta'kidlab o'tilganidek) birinchi bo'lib XIX asrda ingliz matematigi (irlandiyalik) Jorj Bui qo'llagan. Bu Bui algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir-oqibatda XX asr o'rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog'liqlik asosida ishlaydi.Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan "VA", "YOKI" kabi bog'lovchilar, "EMAS" shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi. Endi sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo'lgan ba'zi amallar bilan tanishamiz. A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo'lgandagina rost bo'ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko'paytirish amali deb ataladi. Bu amalni konyunksiya (lot. conjunctio ~ bog'layman) deb ham atashadi. Mantiqiy ko'paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni "VA" bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda "A va B" , "A and B" , “A B" , "A • B" kabi ko'rinishda yoziladi. Mantiqiy ko'paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi. A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo'lganda rost bo'ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo'shish amali deb ataladi. Bu amalni dizyunksiya (lot. disjunctio - ajrataman) deb ham atashadi. Mantiqiy qo'shish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni "YOKI" bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda "A yoki B", "A or B" , "A v B", "A + B" kabi ko'rinishlarda yoziladi. A mulohazza rost bo`lganda yolg`on, yolg`on bo`lganda rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deyiladi. Mantqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor (┐), mantiqiy ko`paytirish ( ), mantiqiy qo`shish ( ). Download 116.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling