Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Download 116.37 Kb.
bet10/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
8 sinf

Mos tushish sxemasi ("VA" elementi). Mantiqiy ko'paytirishni amalga oshiradigan sxema tuzish masalasi qo'yilgan bo'lsin. Bunday sxema ikki kirish A va B hamda bitta A v B chiqishga ega bo'ladi.
Kiruvchi va chiquvchi (natija) signallar elektr impulslaridan iborat bo'lishi kerak. Bunda impuls bo'lishiga 1, bo'lmasligiga 0 raqami mos kelsin. Faraz qilaylik, tok manbai, lampochka va ikkita ulagichli elektr sxema yig'ilgan bo'lsin. Lampochka yonishini 1 va o'chgan holini 0 deb qabul qilamiz. Bunday sxema mos tushish sxemasi deb ataladi.
Yig'uvchi sxema ("YOKI" elementi). Bu sxema kirish signaliga kamroq "talab qo'yadi". Kirishlardan kamidabirida 1 qiymat bo'lgan holda chiqishda ham 1 hosil bo'laveradi. "Yoki" mantiqiy amaliga bo'ysunuvchi elektr sxema tok manbai, lampochka va parallel ulangan ikkita ulagichdan iborat bo'lishi mumkin. Haqiqatan ham, ulagichlardan birini, masalan, Xj ni ulashimiz bilan chiroq yonadi. Mos tushish sxemasidan farqli o'laroq, bu yerda kirishlardan ixtiyoriy biriga signal tushishi bilanoq chiqishga o'tadi. Shuning uchun mantiqiy qo'shish amalini bajaruvchi sxemalar yig'uvchi sxema nomini olgan. Bunday sxemalar yordamida bir nuqtaga turli-tuman tarmoqlardan tutashmaydigan qilib kuchlanish uzatish mumkin.
Inventor sxemasi ("EMAS" elementi). Inventor sxemasin «teskari zanjir» deb atasa ham bo'ladi. Unda bitta kirish va bitta chiqis mavjud.
"EMAS" mantiqiy amaliga mos keladigan elektr sxema tok manbai, chiroq va tugmadan iborat. Tok impulsi kirishda signal bo'lmagan holda paydo bo'ladi. Haqiqatan ham, tugma bosilsa, tutashtirgich tutashuv joyidan uziladi, ya'ni elektr zanjir ajraladi va chiroq o'chadi. Tugma qo'yib yuborilganda, ya'ni kirishda signal yo'q bo'lgan holda chiroq yonib turadi. Demak, chiroq yonishi tugmaning holatiga nisbatan teskari ekan.
IV. Darsni mustahkamlash: (15 daqiqa)
1.”VA” elementiga mos sxema qanday tasvirlanadi?
2. Inventor sxemasi deganda nimani tushunasiz?.
3. ”YOKI” mantiqiy amaliga mos sxemani chizing.

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling