Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti


Download 116.37 Kb.
bet13/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
8 sinf

Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti.
Maqsad: Ta'limiy: o`quvchilarga dasturiy ta’minot: sistema dasturlari, amaliy dasturlar va uskunaviy dasturlar, yordamchi dasturlar – utilitlar, instalizatsiya va deinstalizatsiya jarayoni haqida bilim va ko`nikmalar berish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-qoidaga rioya qilishga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuter haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va ularning kerakli ma’lumotlarini ajrata olish ko`nikmasini oshirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar. Slayd.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. (2 daqiqa)1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: (6 daqiqa). Sodda mulohazani ta'riflang va uning qabul qiladigan qiymatlariga misol keltiring. Mantiqiy ko'paytirish amali haqida so'zlab bering. Mantiqiy qo'shish deganda nimani tushunasiz? Rostlik jadvali haqida so'zlab bering. Mantiqiy inkor deganda nimani tushunasiz va uning rostlik jadvali qanday? Ikkilik sanoq sistemasidagi arifmetik amallar bilan mantiqiy amallarni bog'lay olasizmi?
III. Yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa) Informatikada kompyuter texnikasi quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:

  • texnik vositalar; dasturiy vositalar.

Texnik vositalar — kompyuter qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qismning hardware deb atalishi va "qattiq mahsulotlar" deb tarjima qilinishi sizga ma'lum (ing. hard — qattiq, ware — mahsulot). Bu qismga protsessor, vinchester, monitor, klaviatura, disk yurituvchi, printerlarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Dasturiy vositalar — kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to'plamidir. Ingliz tilida bu qism software deb ataladi va "yumshoq mahsulotlar" deb tarjima qilinadi (ing. soft — yumshoq). Bu so'z dasturiy ta'minot bilan kompyuterlar mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi. Bundan tashqari informatikada yana bir yo'nalish Brainware (brain inglizchadan tarjimasi — intellekt, ong) — algoritmik yo'nalish ajratiladi. Bu yo'nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o'rganish bilan bog'liqdir.
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin:
sistema dasturlari — turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar, masalan:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling