Mavzu: hodi zarif – folklorshunos reja. 1O‘zbek eposshunosligining o‘rganilishi va taraqqiyotida alloma Hodi Zarifning o‘rni


Hodi Zarif rahbarligida o‘tkazilgan folklor ekspeditsiyalari tarixi


Download 178.5 Kb.
bet2/7
Sana18.02.2023
Hajmi178.5 Kb.
#1210152
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HODI ZARIF – FOLKLORSHUNOS

3. Hodi Zarif rahbarligida o‘tkazilgan folklor ekspeditsiyalari tarixi


Fanlar qanchalik bir-biriga bog‘langan, qanchalik .umumiy xususiyatlarga ega bo‘lganligiga qaramay, ular rivojlangan, taraqqiy etgan sari ulardan yangi-yangi sohalar, yangi-yangi tarmoqlar ajralib chiqa boshlaydi. Ma’lum bir muhim ilmiy kashfiyot fanning yangi sohasiga asos bulishi va uning rivojiga yullanma berishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bunday kashfiyot sohiblari asosan o`zlari tanlagan sohaning mutaxassislari, zo‘r bilimdonlari hisoblanadilar. Fanning bunday har bir soxasining o`z zahmatkashlari, yaratuvchilari, bilarmonlari bor. «Lekin fanning shunday yulduzlari ham borki, ular o‘zlaridagi yuksak talant, o‘tkir zehn, katta bilim natijasi ularoq ,birgina soha bilan cheklanib qolmaganlar. Bunday olimlar asosiy ixtisoslariga yondosh sohalarni ham puxta egallaganlar va fanning bir necha tarmoqlari buyicha zur bilarmonlik ko‘rsatganlar.
Hodi Zarif ham ko‘pgina atoqli folkloristlar kabi fanga ilk daf’a to‘plovchi sifatida kirib keldi. Uning to‘plovchilik faoliyatining dastlabki yillaridagi yetakchi o`zbek xalq dostonchilari — Fozil Yuldosh o`g`li, Ergash Jumanbulbul o`g`li, Muxammadqul Jomrot o`g‘li Pulkan kabilarning aniqlanishidir. Hodi Zarifning bu keksa shoirlar bilan do‘stlashuvi ota-o`g‘il munosabatidan ham yuqori darajada bo‘ldi. Xalq shoirlari Hodi Zarifni o‘z oilalarining bilimdon farzandi, deb bilar va u bilan faxrlanar edilar. Hodi Zarif ham o‘lmas dostonlar ijrochilari — zamonamiz «Gomerlari» bilan uchrashganidan behad shodlanib, ularni ma’lum ma’noda o‘z ustozi deb bildi. Ulardan «Alpomish», «Yodgor», «Rustam», «Ravshan», «Yusuf—Axmad», «Shayboniyxon», «Ochildov» kabi mashhur epik asarlarni yozib oldi.
Biroq juda murakkab to‘plovchilik ishiga ayrim shaxslarning faoliyatigina yetishmas edi. Bu sohada ham ayrim qiyinchiliklarga duch kelindi. Qipchoq guruh shevalari vakillaridan materialni yozib olish juda qiyin bo‘lib, ma’lum bir lingvistik tayyorgarlikni o‘tish lozim zdi. Buning ustiga, to‘plovchilar folkloristikadan xabarsiz, materialni yozib olish prin- siplarini to‘la bilmasdi. Natijada folklor asarlarini yozib olishda sheva xususiyatlarini to‘la saqlay olmaslik, uning talaffuzini shahar talaffuziga moslashtirish hollari yuz bera boshladi. Yosh to‘plovchi bu muammoni o‘sha shevaga mansub savodli kishilarni topish va ularga yozdirish orqali hal qilish mumkin, deb bildi. U shunday kishilarni topdi va ularga doimo maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar berib turdi. Natijada Maxmud Zarifiy, Fotima, Isa Ernazar o‘g‘li kabi folklor to‘plovchilarni tarbiyalab yetishtirdi. Folklor arxivida saqlanayotgan bir qancha dostonlar Hodi Zarif rahbarligida mana shu to‘plovchilar tomonidan yozib olingan.
Ma’lumki, qipchoq guruh shevalarida unli tovushlar o‘ntagacha bo‘ladi, ba’zan undan ham oshadi. Arab grafikasidagi eski uzbek alfavitida savod chiqargan kishilar faqat o‘sha alfavitda yozar va ko‘chirar edilar. Buning natijasida shevadagi ko‘p unli tovushlar o‘z aksini topa olmas, ko‘pgina so‘z- larning talaffuzi u yoqda tursin, hatto uqilishi ham aniq bo‘lmay qolar edi. Bu esa folklor asarlarini yozib olishda juda katta qiyinchiliklar tug‘dirar, ko‘p xatoliklarga olib kelar, bir qancha til faktlarining yo‘qolishiga sabab bo‘lar edi. Shunday hollarning oldini olish uchun Hodi Zarif arab grafikasidagi o‘zbek alfaviti asosida shevalarda mavjud unli tovushlarning chegarasini belgilaydigan maxsus transkripsiya ishlab chiqdi. Bir qancha yirik fol­klor asarlari shu transkripsiya asosida yozib olindi.
Xalqaro lingvistik transkripsiya yoki turkiy tillar shevalari materiallarini yozib olish uchun akademik Radlov yaratgan transkripsiya mavjud bo‘lgan bir zamonda arab grafikasi asosida transkripsiya ishlash ayrim kishilarni taajjublantirishi mumkin. Ammo o‘sha davr saviyasida lotin yoki rus grafikasi asosidagi transkripsiyani o‘rganib olish va u bilan og`zaki aytilib turgan katta epik asarlarni yozib olish qiyinchiligi, sur’atni tezlatish imkoniyatlari hisobga olinsa, Hodi Zarif transkripsiyasi uz davri uchun juda kerakli va foydali bulganligi o`z-o`zidan ma’lumdir. Bu transkripsiya asosida 20-yillarning ikkinchi yarmida Hodi Zarif tashabbusi va uning rahbarligida to`plangan og`zaki adabiyot namunalari dialektologik tekshirishlar uchun juda boy va qimmatli materiallar berishi mumkin. Mashhur dialektologlarimiz tomonidan bu ishlarning yuqori baholanishining boisi ham mana shunda.
Hodi Zarif qatnashgan yoki rahbarlik qilgan ekspeditsiyalar, folklor asarlarini to`plash uchun uning qilgan safarlari va to`plagan materiallari shunchalik ko`pki, faqat ro`yxatining o`zi bir necha sazhifa bo`ladi. Biz bu o`rinda ayrim xarakterli momentlarni qayd etamiz.
Olim to`plovchi sifatida faqat bir joy va bir dostonchi bilan bog`lanib qolgan emas. U jonli jarayonni butun o`zbek elida, hamma tuman va qishloqlarda kuzatishga harakat qildi. Bu jihatdan 1929 yilda F. O. Yunusov rahbarligida Qashqadaryo va Surxondaryo vohalariga uyushtirilgan etno-ling- vistik ekspeditsiya xarakterlidir. Ekspeditsiya tarkibida taniqli etnograf JI. P. Potapov, rassom Shokir Gumarovlar ham bo`lgan. Hodi Zarif ekspeditsiya tarkibida qo`ngirot urug`iga doir juda ko`p etnografik materiallar to`playdi va kitoblik Abdulla Nurali o`gli, boysunlik Xolyor Abdukarim ug`li kabi yirik xalq shoirlarini anitqlaydi. Yana F. O. Yunusov rahbarligida 1930 yilda qadimiy madaniyat uchoqlaridan bo`lmish Xorazmga til, etnografiya va folklor ekspeditsiyasi uyushtiriladi. Bu eng yirik ekspeditsiyalardan biri edi. Unda Hodi Zarifdan tanshqari mashhur tilshunos YE. D. Polivanov, etnograf L. P. Potapov, tilshunos K,. Ramazonov, folklorist B. Karimiy, rassom Benkov va bonshalar qatnashdilar. Bu ekspeditsiya Xorazm tarixida, xususan, o`z­bek xalqining Xorazmdagi og`zaki ijodini o`rganishda muhim bosqich bo`ldi. Bola baxshi, Qurbon sozchi, Bibi shoira, Ahmad Matnazar o`gli, Xujayor baxshi Vois o`gli kabi Xorazmning istedodli kuychilari shu davrda aniqlandi. Hodi Zarif juda ko`p boshqa materiallar bilan birga «Qirq ming», «Asilxon», «Xirmon Dalli» kabi ajoyib dostonlarni yozib oldi.
30-yillarda ba’zi bir olimlar orasida Farg`ona vodiysida dostonchilik saqlanib qolmagan, faqat folklorning ertak, maqol, topishmoq va qo`shiq turlari mavjud, degan yanglish fikr mavjud edi. 1935 yilda Hodi Zarif rahbarligida Farg`ona vodiysiga tashkil etilgan folklor va dialek­tologiya materiallarini to`plash ekspeditsiyasi bu fikrning notug`riligini amalda isbot qildi. Ekspeditsiya sostavida folkloristlardan B. Karimov, M. Afzalov, Sh. Rajabov, III. Abdullayeva, adabiyotshunos Y. Sultonov, tilshunoslardan S. Ibrohimov, S. Zufarov kabilar ishtirok etadilar. Ekspe­ditsiya bir qancha rayon va qishlodlarda atoqli dostonchilar borligini aniqladi. Hattoki ularning repertuari va shogirdlari ham ma’lum bo`ldi. Buri baxshi Sodiq o`g`li, Usmon Mamatqul o`g`li, Umrzoq baxshi va boshqalar shular jumlasidandir. Bu faktlar Farg`ona vodiysida dostonchilik saqlanib qolmagan, degan da’voni chippakka chiqardi, ekspeditsiya natijalari esa bu yerda dostonchilik uziga xos xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqladi.
Mana shunday katta-kichik ekspeditsiyalar, Hodi Zarifov va uning safdoshlari, o`quvchilari — Buyuk Karimiy, Mansur Afzalov, Muzayyana Alaviya, Sharif Rajabiy, Maxmud Zarifiy, Zubayda Husainova kabilarning juda katta tuplovchilik faoliyatlari natijasida O`zbekistonda o`zining boyli- gi jihatidan faxrli o`rinlarda turuvchi folklor arxivi vujudga keldi. Kundan-kunga boyib borayotgan bu arxivning dastlabki tashkilotchisi, yaratuvchisi, shubhasiz, Hodi Zarifdir. O`zbek folkloristlari ustozlari Hodi Zarif rahbarligida ana shu arxiv materiallari asosida «O`zbek xalq ijodi» ko`p tomligini nashr ettirdi. Har bir jildi 20 bosma list bo`lgan, 35 jilddan iborat juda katta hajmdagi ishni nashr etishga imkon bergan folklor arxivi materiallarining ahamiyati o`z-o`zidan ma’lumdir.
Hodi Zarif shunday bir davrda o`z faoliyatini boshladiki, ilmiy kadrlar nihoyatda kam bo`lgani uchun fanning bir kecha sohalari bilan bir vaqtda birvarakayiga shurullanishga to`g`ri keldi. Shuning uchun ham u qatnashgan ekspeditsiya va safarlar ko`pchilik hollarda kompleks xarakterga ega bul- ganligi bilan ajralib turadi. Garchi ular oddiygina «fol­klor ekspeditsiyasi», deb nomlansa-da, o`zbek xalqi hayoti va madaniyatining bir qancha sohalarini qamrab olgan edi. O`zbek urug`lari, xalqimizning urf-odati va maishatiga doir Hodi Zarif to`plagan materiallar etnografiya fani uchun juda qimmatli bo`lib, hamon uzining birinchi darajali ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Bu o`rinda yana shuni ta’kidlash kerakki, Hodi Zarifning lingvistik kuzatishlari, u to`plagan til faktlari yanada maroqli va qiziqarlidir. U yoshlik choglaridanoq professional leksikani to`plashga alohida e’tibor berdi. U xalq orasidan tupladan lo`gat va terminlar kattagina kolleksiya holida folklor arxivida saqlanmoqda.
Hodi Zarifdagi o`z ishiga katta mas’uliyat va e’tibor bilan qarash, har bir faktni o`z o`rnida tug`ri qayd etish, sarishta- saranjomlik xalq og`zaki ijodi bilan shugullanuvchi har bir olim uchun ajoyib namuna, ijobiy urnakdir.
Yana shuni ham aytish zarurki, Hodi Zarif yozma adabiyot yodgorliklarini, turli xarakterdagi qo`lyozmalar, tarixiy hujjat va faktlarni, yodnomalarni to`plashga ham alohida e’tibor berdi. 1935 yilda Fargona vodiysiga qilingan ekspeditsiya davrida Hodi Zarif shoir Partov bilan uchrashib qoladi. Partovning ko`zi ojiz bo`lganligi sababli o`z she’rlarini og`zaki o`qib berar edi. Olim undan bir necha gazallar hamda «Layli va Majnun» dostonidan parchalar yozib oladi. Partovning «Layli va Majnun» dostoin shiru shakar (o`zbekcha-tojikcha) usulida yaratilganligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Partov haqida Hodi Zarif to`plagan ma’lumotlardan boshqa hech narsa bilmaymiz. Demak, olim to`plagan materiallar birinchi manba sifatida katta ahamiyatga ega.
Hodi Zarifning yozma adabiyotga, ayniqsa, Navoiy asarlariga bo`lgan muhabbati, zur ishtiyoq bilan qo`lyozmalarni to`plashga kirishuvi olim va ziyolilarimiz uchun namuna bo`la oladi. Hozirgi Adabiyot muzeyi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qulyozmalar fondida saqlanayotgan juda ko`p asarlar Hodi Zarif tashabbusi bilan to`plangandir. Bu o`rinda Hodi Zarif topgan Alisher Navoiyning huzurida hirotlik olim — kotib Abdujamil qalami bilan ko`chirilgan mashhur mu’tabar «Xamsa», afgon davlatining asoschisi Ahmad Durroniyning devoni, O`rta Osiyo xalqlari musiqasi nazariyasiga oid Xusayniyning «Qonun» nomli asari kabilarni eslatib o`tish kifoyadir.
Jomrot o`gli Pulkan», «O`zbek el shoiri Fozil Yuldosh o`gli» va boshqalar) 1927 yildan boshlab nashr etila boshladi. Uning dastlabki tadsitsotlarida chuqur umumlashtiruvchi nazariy xulosalar pishib yetilmagan bo`lsa-da, ular kelajakda hal qilinishi, yoritilishi lozim bulgan muhim masalalarning darakchisi sifatida xarakterlidir. Bu ishlarda avtor o`zigacha fanda butunlay ma’lum bo`lmagan faktlarni qalamga oldi. Shuning uchun ham ular sirtdan qaraganda, umumiy tarzda, xabar qilish, e’lon etish ma’nosida yozilganday ko`rinsada, aslida o`ziga xos ixtiro, muhim kashfiyotdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, Hodi Zarif doim o`z faoliyatiga tanqidiy qaragan, fanning yangi yutuqlarini hisobga olib, o`zining avvalgi .asarlarida yul qo`ygan kamchiliklarini tuzata boradi. Bu esa olimning o`ta obyektivligidan, prinsipialligidan, o`ziga ham, boshqalarga ham talabchanligidan dalolat beradi.
Hodi Zarif uttizinchi yillarning boshlarida folklorning, uning xarakterli xususiyatlari, traditsion folklordan farqi va mushtarakligi kabi masalalarni o`rganishga alohida e’tibor berdi. Bu yillarda folkloristikada yanglish bir fikr hukmron edi. Usha davrda ayrim olimlar og`zaki adabiyot xalqning o`qish-yozishni bilmagan, madaniyatan tuban bo`lgan yoki o`ta madaniyatli bo`lgan chog`larida yaratilgan, rivojlana olmaydi, uning repertuari ilgari ijod etilgan asarlardan nariga o`ta olmaydi, u ko`p utmay inqirozga yuz tutadi, degan xato fikrlar bilan maydonga chiqdilar. Hodi Zarif o`z amaliy faoliyati va tad- qiqotlarida bunday noto`gri qarashlarga keskin zarba berdi. «Og`zaki she’riy ijodning yaratilishi xalqning savod chiqarishi va madaniyatga erishuvi bilan tuxtamaydi va bitmaydi... doim og`izdan-og`izga o`tib yurgan bu adabiyot hozir ham yaratiladir... Biroq ayrim janrlarning ulishi yo o`sishi va yangi janrlarning yaratilishi tabiiydir; og`zaki adabiyot janri masalasidagi fikrlarni esa umuman og`zaki adabiyot ustida umumlashtirish tug`ri emas.
Xodi Zarifning tekshirishlaridagi yana bir xarakterli moment u yoki bu asarning konkret yaratilish jarayonini kuzatish, hodisalarni umum- folkloristika masalalari bilan bog`lash, faktlarni og`zaki poetik ijodning belgilovchi, hal qiluvchi xususiyatlaridan kelib chiqib analiz qilishdir. Uning kuzatishlari «ogzaki adabiyot har bir vaqt ijod kuchiga ega bir qancha kishiniig bir-biriga to`planib, biri—bir misra, biri—bir bayt, biri—bir murabba, yoki har qaysisining bir, ikki she’r, o`nlab jumla qo`shishi bilangina ko`pchilik o`rtasiga chindan bir ijod»,—deyilgan da’volarni chippakka chi- qardi.
Hodi Zarifning haqqoniy ta’kidlashicha, XIX asrning ikkinchy yarmi XX asrning boshlangich yillari dostonchilikning gurullagan davridir. Biroq XIX asrda doston namunalarining juda kup bulishiga qaramay, usha davrni aks ettirgan yangi dostonlar nihoyatda kamdir. Bu tadhitsotchini nihoyatda qiziqtirdi. Natijada olim, garchi munozarali bulsada, bu masalaga doyir nazariy qarashlarni ilgari surdi. Bu qarashlar zamonaviy dostonchilikni urganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu urinda olimning zamonaviy dostonchilik masalalarini yanada oydinlashtiruvchi keng mulohazalari bilan ilmiy jamoatchilikni yana xushnud qildi.

Download 178.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling