Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


Tor chanoqda tug‘ruqni boshqarish


Download 7.77 Mb.
bet15/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
1507648726 69262

Tor chanoqda tug‘ruqni boshqarish. Chanoq tor bo‘lganda tug‘ruqni boshqarish akusherlikda eng qiyin va asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tug‘ish jarayonida operatsiya yo‘li bilan tamomlashni talab qiladigan turli va juda ko‘p og‘ir holatlarni uchratish mumkin binobarin, homiladorning chanog‘i anotomik jihatdan tor bo‘lsa, albatta uni tug‘ishdan 10–15 kun ilgari vrach nazorati uchun statsionarga yotqizish kerak.
Funktsional (klinik) tor chanoq. Funksional tor chanoq deb, tug‘ruq paytida homila boshi o‘lchamlarining homilador ayol chanog‘i o‘lchaml ariga mos kelmaslik holatlariga aytiladi. Tug‘ruqning o‘zo‘zidan kechishi yoki jarrohlik aralashuvlar yordamida kechishidan qat’iy nazar, homila o‘lchamlariga to‘g‘ri kelmaydigan har bir holat funksional jihatdan tor chanoq hisoblanadi.
Funktsional tor chanoqlar aniqlanganda tug‘ruq kesar-kesish operatsiyasi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
HOMILANING KO‘NDALANG VA QIYSHIQ YOTISHI
Homilaning noto‘g‘ri yotishi deb shunday klinik holatga aytiladiki, bunda homilaning bo‘ylama o‘qi bachadonning bo‘ylama o‘qi bilan kesishib, to‘g‘ri yoki o‘tkir burchak hosil qilgan bo‘ladi. Bunday holatlarga homilaning ko‘ndalang va qiyshiq joylashishlari kiradi va ular barcha tug‘ruqlarning 0,5–0,7% ini tashkil qiladi.
Homilaning ko‘ndalang yotishi deb (situs trasversus) shunday holatga aytiladiki, bunda homilaning bo‘ylama o‘qi bachadonning bo‘ylama o‘qi bilan kesishib, to‘g‘ri burchak hosil qiladi, homilaning qiyshiq joylashishi (situs obliqvus) esa homila o‘qi bachadon o‘qi bilan o‘tkir burchak ostida kesishadi. Homila ko‘ndalang va qiyshiq yotganda pozitsiyasi boshiga qarab aniqlanadi: boshi chapga qaragan bo‘lsa – birinchi pozitsiya, o‘ngga qaragan bo‘lsa – ikkinchi pozisiya (43-rasm) deb hisoblanadi. Turi homilaning orqa siga qarab aniqlanadi: ko‘ndalang (qiyshiq) yotishning oldingi turida – homilaning orqasi bachadonning oldingi, orqa turida – orqa devoriga qarab turadi.
homilaning ko‘ndalang (qiyshiq) yotishining sabablari har xil:

  1. Bachadon bo‘shlig‘ida homilaning harakatchanligini osonlashtiradigan hamma sharoitlar homilaning ko‘ndalang (qiyshiq) yotishiga sabab bo‘ladi. Qog‘onoq suvining ko‘pligi, qorin devorining bo‘shashganligi, egiz homiladorlik (ayniqsa qog‘onoq suvining ko‘pligi bilan birga) shunday sharoitlarga kiradi.


42-расм. homilaning ko‘ndalang 43-расм. homilaning ko‘ndalang

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling