Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari
PLATSENTANING OLDINDA YOTISHI
Download 7.77 Mb.
|
1507648726 69262
PLATSENTANING OLDINDA YOTISHI
Platsentaning oldida yotishi (platsenta praevia) homiladorlikning xavfli asorati bo‘lib, platsenta bachadonning pastki segmentiga yopishadi va bachadonning ichki teshigini to‘la yoki qisman berkitib qo‘yadi. Platsenta homilaning oldinda yotgan qismidan pastroqda joylashib, homila tuxumining oldinda yotuvchi (oldinda keluvchi) qismi hisoblanadi. etiologiyasi. Homila tuxumi bachadonning pastki segmentiga payvandlanib olsa, platsenta oldinda yotadi. Bachadon shilliq pardasidagi yallig‘lanish, atrofiya, septik va so‘zak kasalligi, abort ayniqsa takror abort va undan keyin ro‘y bergan yallig‘lanish jarayonlari platsentaning oldinda yotishi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Platsenta oldinda yotganda bachadonning pastki segmenti va bo‘ynida qon tomirlari keskin darajada kengayadi, uzayadi, ularda bir talay qon bo‘ladi. Bachadon bo‘ynining to‘qimasi tomirlarga boy (g‘orsimon to‘qi maga o‘xshash), yumshoq bo‘lib, ehtiyotkorlik bilan ish tutilmasa, osongina uziladi. Uzilgan tomirlardan ko‘p qon ketib, ayolning hayoti tahlikada qoladi. platsentaning oldinda yotganini aniqlash: homiladorlikning so‘nggi oylarida va tug‘ruqning birinchi davrida qon ketishining har qanday turi platsentaning oldinda yotishi jihatidan shubhalidir, og‘riq sezilmasdan to‘satdan qon ketishi ko‘pincha platsentaning oldinda yotganidan darak beradi. platsenta oldinda yotganda davo qilish. Homiladorlikning ikkin- chi yarmida qon ketishi homilador ayolni kechiktirmasdan albatta kasalxonaga yotqizish uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Hatto juda oz qon ketib, to‘xtab qolganda ham, homilador ayolga akusher qo‘shib, kasalxonaga jo‘natish kerak, qon ketishi istagan paytda boshlanib, tahlikali tus olishi mumkin. Davo usulini tanlashda qon kelishining shiddati va kamqonlik darajasi, operatsiya qilib homilani olishga tug‘ruq yo‘llarining tayyorlanganligi, homilaning yetilganlik darajasi va homilaning ahvoli tirikligi, asfiksiya va hokazolar hisobga olinadi. Ko‘rsatilgan belgilarga qarab ba’zi ayollar esa darhol operatsiya (hatto kesar kesish) qilinadi. Download 7.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling