Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


Download 7.77 Mb.
bet22/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1507648726 69262

Genter usuli. Karavotning bosh tomoni pastga tushiriladi; bachadonning pastki segmenti. Piskachek usulidagi kabi siqiladi, bachadon yuqoriga qattiq tortiladi va shu bilan bir vaqtda bachadonning siqilgan pastki segmenti umurtqa pog‘onasiga taqab bosiladi (46-rasm). Ta’sirni kuchaytirish uchun bachadon bo‘sh qo‘l bilan uqalanadi. Bachadon shu holatda 10–15 daqiqa ushlab turiladi. Shu payt bachadon tomirlari qisiladi, aorta bachadonning pastki segmenti bilan umurtqa pog‘onasiga taqab bosiladi Natijada bachadon qonsizlanib, qisqaradi.

  1. Q on ketishi davom etgan taqdirda bachadon qo‘lda tekshiriladi (ilgari tekshirilmagan bo‘lsa) va qon laxtalari, parda va platsenta bo‘laklari (bachadonda bo‘lsa) olib tashlanadi, so‘ngra qo‘lni bachadondan olmay turib, tashqi-ichki uqalanadi. Ichkaridagi qo‘l mushtum qilinadi, tashqaridagi qo‘l esa bachadon tubini qorin devori orqali uqalaydi (47-rasm).

  2. Qorin aortasini bosib turish. Ro‘yrost gipotoniya (atoniya) da bacha donni qonsizlantirish maqsadi bilan aortani bosib turish tavsiya etiladi. Tuqqan ayolning yon tomonida turib, musht qilingan o‘ng qo‘l asosiy falangalari-

46-rasm. Bachadonning ning dorzal yuzasi bilan qorin aortasi
pastki segmentini umurtqa
qopin devori orqali umurtqa pog‘ona- pog’onasiga bosib turish.


47-rasm. Musht bilan bachadonni uqalash.

48-rasm. Qorin aortasini musht bilan bosib turish.

siga bosiladi (48-rasm). Qo‘l charchab qolsa, aortani bosib turgan o‘ng qo‘lining bilak-kaft bo‘g‘imini chap qo‘l bilan ushlab, yordam beriladi. Aortani ikkala qo‘l barmoqlari bilan (Biryukov usuli) yoki qattiq bintlanadigan valik bilan (49-rasm, 50-rasm), umurtqa pog‘onasiga taqab bosish mumkin.

  1. Bachadonni tamponlash (tampo nada). Yuqorida ko‘rsatilgan choralar vaqtincha natija bersa yoki natija bermasa bachadon bo‘shlig‘i keng doka bint bilan tamponada qilinadi. Tampon tomirlarda tromblar hosil bo‘lishiga va bachadon muskullarining qisqarishiga yordam beradi. Tamponning salbiy tomoni shuki, infektsiyakirishi ehtimol. Shu sababli tamponadada aseptika qoidalariga ayniqsa jiddiy rioya qilinadi. Tashqi jinsiy organlar akusherlik operatsiyalari uchun qabul qilingan qoidalarga muvofiq tozalanadi; qinga keng ko‘zgular


49-rasm. aortani valik bilan bosib 50-rasm. valikni mahkam turish. bog‘lab qo‘yish.
kiritiladi, bachadon bo‘yni pulevoy qisqich bilan ushlanadi va pastga tortiladi. Bachadon bo‘shlig‘i qayrilgan uzun kornsang yordamida serbar uzun doka bintlar bilan zich tamponlanadi. Bachadon bo‘shlig‘ining hammasini tubi dan tortib bo‘ynigacha ketma-ket tamponlash zarur. So‘ngra pulevoy qis qich olinib, qin tamponlanadi. Tampon bacha donda 8–10 soat turishi mumkin.

  1. Atonik qon ketishi yuqorida ko‘rsatilgan choralar bilan to‘xtamasa, qorin devorini yorib (laparo tomiya), bachadon olib tashlanadi yoki bachadon tomirlari bog‘lab qo‘yiladi.

  2. Qon ketishi gipo-afibrinog enemiya bilan bog‘liq bo‘lganda yangi-sitratlangan qon quyiladi, venaga fibrinogen, protamin sulfat, epsilon-aminok apronat kislota va qon ivishini tezlashtiruvchi boshqa vositalar yuboriladi.


Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling