Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


HOMILA PARDALARINING O‘Z VAQTIDA YIRTILMASLIGI


Download 7.77 Mb.
bet17/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
1507648726 69262

HOMILA PARDALARINING O‘Z VAQTIDA YIRTILMASLIGI
Tug‘ruq normal o‘tganda bachadon bo‘yni teshigi to‘la yoki deyarli ochilgandan keyin homila pufagi yoriladi. Homila pufagi bachadon bo‘ynining tekislashishiga va teshikning ochilishiga yordam beradi; homila pufagining o‘z vaqtida yorilishi tug‘ruqning o‘tishi va qorindagi homila hayoti uchun foydali.
homila pardalarining barvaqt va ilk yirtilishi. Homila parda-
larining tug‘ruq boshlanguncha yirtilishi barvaqt yirtilish deb, tug‘ruq boshlangan paytdan tortib to bachadon bo‘yni teshigi to‘la (yoki deyarli to‘liq) ochilguncha yirtilishi ilk yirtilish deb ataladi.
Homilaning oldinda yotgan qismi kichik chanoq og‘ziga tushmay, tegish belbog‘i bo‘lmaganda, shu tariqa oldingi va orqa suvlar bir biridan ayrilmaganda homila pardalari ko‘pincha barvaqt va ilk yirtiladi (qog‘onoq suvlari barvaqt va ilk ketadi). Chanoq tor bo‘lganda, homila ko‘ndalang va qiyshiq yotganda, chanoq oldinda yotganda, oyoq oldinda yotganda, qog‘onoq suvi ko‘p bo‘lganda homila pardalari barvaqt, ilk yirtiladi.
Bachadon bo‘yni yumshamaganda (rigidlik) va yoki elastikligi kam bo‘lganda ham qog‘onoq suvi barvaqt va ilk ketishi mumkin.
Qog‘onoq suvi barvaqt ketganda ko‘pincha homila asfiksiyasi kuzatiladi.
Qog‘onoq suvlarining barvaqt ketishi ayolni darhol tug‘ruqxonaga jo‘natishga ko‘rsatma hisoblanadi. Tug‘ruqxonada mikrobning tushishini va homila asfiksiyasining oldini olish choralari ko‘riladi.
Qog‘onoq suvi ko‘p ketganidan so‘ng dard tug‘ilmasa darhol ba cha don qisqaruvchanligini oshiruvchi dorilar buyuriladi. Dard sust tutsa, bachadonning qisqaruvchanligini kuchaytirish choralari ko‘ri ladi, dard tutish og‘riqli bo‘lsa, og‘riqni qoldiradigan dorilar buyuriladi.
homila pardalarining kechikib yirtilishi. Bachadon bo‘ynining tegishli ochilgan holda homila pufagi yorilmay butun tursa va oldingi suv ketmasdan turib homilaning tug‘ilish davri boshlansa, homila pardalari kechikib yirtilishi deyiladi. Homila pardalari haddan tashqari zich bo‘lib o‘z vaqtida yirtilmaganda yoki aksincha, haddan tashqari cho‘ziluvchan bo‘lganda kechikib yirtiladi.
Homila pardalarining kechikib yirtilishi ba’zan oldingi suvning kamligiga bog‘liq bo‘ladi. Oldingi suv kam bo‘lganda homila pufagi kam bo‘linadi, pardalar homilaning boshiga yaqin joylashadi va hatto unga taqalib turadi (yassi pufak).
Homila pardalari kechikib yirtilganda tug‘ruq cho‘zilib ketadi, dard tutishi og‘riqli bo‘ladi, homila tug‘iladigan davrda oldinda yotgan qism sekin harakatlanadi.
Bachadon bo‘ynining teshigi to‘la ochilgani holda pardalarning butunligi aniqlangan holda ularni sun’iy yo‘l bilan yirtish zarur. Tarang turgan homila pufagi ishora barmog‘ini botirib yoki ikki barmoq orasiga olib yirtiladi. Homila pardalari haddan tashqari zich bo‘lsa, o‘qsimon (pulevoy) qisqich branshasi, uzun pinset yoki kornsang bilan teshish mumkin. Homilaning oldinda yotgan qismi chanoq og‘zining ustida turgan bo‘lsa, qog‘onoq suvi sekin-asta chiqariladi.
Homila pufagi jinsiy yoriqdan do‘ppayib chiqib turgan bo‘lsa, barmoq bilan yirtiladi. Odatda shundan keyin homila boshi tez orada suqilib kira boshlaydi.
Chaqaloq homila pardalari bilan («ko‘ylakda») tug‘ilgan bo‘lsa, nafas yo‘llarini bo‘shatish uchun birinchi galda yuzidagi pardalarni darhol olish kerak. Aks holda chaqaloq asfiksiyasi ro‘y beradi.

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling