Mavzu: human resource management student: qurbonov. F qabul qildi : nazarova. N


Download 72.4 Kb.
bet2/11
Sana21.06.2023
Hajmi72.4 Kb.
#1638385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
EE 2018 M.Tashmatova

Fanningmaqsadvavazifalari

Ingliz tili fanining maqsadi talabalarning ko’p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetentsiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa kompetentsiyalari)ni shakllantirishdan iborat.
Ingliz tili kommunikativ kompetentsiyasi – o’rganilayotgan chet tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, talabalarning tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o’z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalariga talabalarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirish kiradi:
lingvistik kompetentsiya o’rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni yetarli darajada bilish va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish, o’qish va yozuv)da qo’llay bilishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy-lingvistik kompetentsiya so’zlovchining biron bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash ko’nikma va malakalarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o’zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarini tili o’rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish kompetentsiyasidir. U hozirgi ko’p madaniyatli dunyoda ta’lim oluvchilarda chet tilini o’rganish muhimligi tushunchasi, ingliz tilida muloqot qilish, o’z ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish ehtiyojini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda, chet tili orqali madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida namoyon bo’ladi.
Strategik (kompensator) kompetentsiya ingliz tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar yordamida to’ldirish, kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo’lganda takroran so’rash, uzr so’rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi.
O’quv - bilish kompetentsiyasi ta’lim oluvchining mustaqil bilim olish faoliyatida chet tillar va madaniyatlarni o’rganishning kompetentsiyalar yig’indisi bo’lib, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan mantiqiy, metodologik va umumta’lim vazifalarni o’z ichiga oladi.
Ingliz tilini o’qitish didaktik, metodik, lingvistik tamoyillarni hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida amalga oshiriladi.




  1. Download 72.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling