Mavzu: Huquqiy madaniyat nazariyasi fanining predmeti va metodlari


Huquqiy tarbiya orqali huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari


Download 148.05 Kb.
bet6/11
Sana16.03.2023
Hajmi148.05 Kb.
#1278716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
huquqiy madaniyat YN

Huquqiy tarbiya orqali huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari.


REJA: 1.Huquqiy tarbiya asoslarini shakllantirish.
2.Huquqiy tarbiyaning konstitutsiyaviy asoslari.
3.Qonunlarimizda huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatni mustahkamlash masalasi.
4. Huquqiy tarbiyani shakllantirish bo‘yicha davlat siyosati.
Tayanch so‘z va iboralar : Tadbir, xalq, aholi, davlat siyosati, konstitutsiya, huquqiy asos, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, siyosat.
Xalqning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi tadbirlarini davlat siyosati darajasiga ko‘tarish alohida ahamiyatga ega. Istiqlol yillari huquqiy tarbiya, huquqiy ta'lim va huquqiy madaniyatga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. U davlat mustaqilligini mustahkamlash strategiyasida, demokratik institutlar tizimini barpo qilis va yangi huquqiy mafkurani yaratishda o‘zining munosib o‘rnini egalladi.Birinchi Prezidsntimiz I. A. Karimovning aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy tarbiyani yaxshilashga qaratilgan ishlarni davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olish zarurligi haqidagi g‘oyasi uning 1997 yil 25 iyunda e'lon qilingan Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqidagi farmonida amalga oshirilgan. Unda aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar —davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilansin,—deyilgan. Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati ekanligi inson huquqlari va erkinliklarining birlamchi ahamiyatga ega ekanligi, Konstitutsiya va konunlarning ustunligi, demokratlashuv, ijtimoiy adolat, huquqiy tarbiyaning ilmiyligi, izchilligi va umumiyligi, huquqiy ma'lumotlarning ochiqligi, huquqiy tarbiya va savodxonlikka o‘ziga xos munosabatda bo‘lish kabi asosiy qoidalarga tayanadi.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi davlat siyosatining yangi huquqiy ma'naviyatni va mamlakatdagi huquqiy madaniyatni shakllantirish borasidagi strategic yo‘nalishilarni belgilab berdi. Bundan tashqari Prezident farmoni asosida Vazirlar Mahkamasining tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan bir qator qarorlari qabul qilindi. Jumladan, 1997 yil 10 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish boshqarmasini tuzish to‘grisida. 1997 yil 21 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘grisida, 1997 yil 22 iyulda Huquqiy marifat targ‘iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, aholining huquqiy madaniyatini ko‘tarish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratildi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo‘nalishi bo‘lganligi uchun bir qator amaliy ishlar qilindi. Ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, Adliya vazirligi kqshidagi Fuqarolarning qonuniylikning buzilishi haqidagi shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha boshqarmasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent Davlat yuridik instituti qoshida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish markazi o‘z faoliyatini boshlab yubordi. Qabul qilingan davlat qarorlari va yangi demokratik institutlar faoliyatining natijasidan har bir insonning bahramand bo‘lishi. Har bir fuqaro ularning ishini his qilishi amaliy ahamiyatga molik.Bularning hammasi, mamlakatda aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodhonligini oshirish borasidagi ishlar keng mikyosda olib borilayogganidan dalolat beradi. Jamiyatning huquqiy madaniyati har bir fuqaroning har bir oilaning va har bir jamoaning madaniyatidan tashkil topadi. Mamlakatimizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun yuridik o‘quv yurtlari, huquq- tartibot idoralari xodimlarining malakasini oshirish markazlari, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish, yuridik adabiyotlar, darsliklar va qo‘llanmalarni nashr etish va tarkatish muassasalarining keng tarmog‘i xizmat qilmogi darkor.
1997 yil 29 avgust, 466-I-son “jamiyatda HUQUQIY madaniyatni yuksaltirish MILLIY DASTURI TO‘G‘RISI”DA O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Yuridik o‘quv yurtlarining moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlash, yuridik adabiyot nashr etishga davlat madadini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Aholining, huquqiy muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, mansabdor shaxslar va mutaxassislarning huquqiy madaniyatini oshirish, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalarini, shuningdek yuristlarning maslahat berish va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi turli jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
Yuristlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirsin;
Qonun hujjatlarini fuqarolarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, sudlar, adliya organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga o‘z vaqtida etkazsin;
Aholiga advokatlik va notarial xizmati ko‘rsatishni, ayniqsa qishloq joylarda kengaytirish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o‘rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida va oliy o‘quv yurtlarida huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturlari hamda uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilishini ta’minlasinlar;
Ta’lim muassasalarida adliya, prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari, boshqa mutaxassislar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkil etsinlar;
Yuridik fanlari testlar va davlat imtihonlari tizimiga kiritish masalasini ko‘rib chiqsinlar;
Pedagoglar va tarbiyachilarning huquqiy madaniyatini oshirish uchun ta’sirchan choralar ko‘rsinlar;
Yuridik o‘quv yurtlariga chet eldagi o‘quv markazlari, taniqli huquqshunos olimlar bilan aloqa bog‘lashda yordam bersinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi:
Ilmiy, ilmiy-ommabop va yuridik ma’lumotnoma adabiyotlar nashr etishni ko‘paytirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yuridik adabiyot nashr etish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va chop etilayotgan adabiyotlarning sifatini oshirish maqsadida olimlar, amaliyotchilar va mutaxassislar ishtirokida tahririyat-noshirlik ishlari kengashi tuzsin.
6. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Qabul qilayotgan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga mos bo‘lishini ta’minlasinlar;
Muhim qarorlarni aholining keng qatlamlari muhokamasiga havola etsinlar;
Huquqiy ta’limni va huquqiy tarbiyani turli ijtimoiy guruhlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etsinlar, bu ish tegishli tartibda viloyat, shahar va tumanlarda muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
7. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarini tushuntirishga va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan eshittirishlar va maqolalar sifatini oshirsin.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgust 466-I-son qarori bilan
TASDIQLANGAN “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” milliy dasturi qbul qilindi. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.


Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.
Ko‘rsatilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish;
Barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish;
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlash.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; demokratiyaga asoslanganlik; ijtimoiy adolat; ilmiylik; uzluksizlik; huquqiy tarbiyadagi vorislik hamda umumiylik; huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi; huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Fuqaro, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash;
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
Aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;
Yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish;
Huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag‘batlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish.
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o‘zlashtirib olishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan — turli ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Reshublikasi Prezidentining Farmoni 2019 yil 9 yanvarda qabul qilindi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta’minlashga o‘zining jiddiy salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda.Aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” Degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash;
“Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2019-yil 1-iyulga qadar Advice.uz huquqiy axborot tizimining ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlasin;
2020-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali yaratilishini to‘liq yakunlash to‘g’risida vazifalar belgilandi. 5-
Download 148.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling