II Ayrim anionlarni topish.
1. Sulfat-ion SO42- ni topish. Tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushidan olib 2-3 tomchi olib, kislotali muhit hosil ilish uchun xlorid kislota qo’shiladi va 2-3 tomchibariy xlorid eritmasidan qo’shiladi. Suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydigan oq cho’kma hosil bo’lishi SO42- anioni borligidan dalolat beradi.
2. Sulfit-ion SO32- ni topish. Eritmaning ayrim ulushidan topiladi. Eritmaning 2-3 tomchisiga H2SO4 qo’shiladi va isitiladi. Ajralib chiqayotgan SO2 gazi kaliy permanganat eritmasi orqali o’tkaziladi va bu eritmaning rangsizlanishi SO32- anioni borligini ko’rsatadi.
Agar eritmada NO2- va S2- anionlari bo’lsa, ularni yo`qotish zarur, chunki ular SO32- ionini aniqlashga xalaqit beradi. yoki tekshirilayotgan eritmadan 4 tomchi olib, shuncha tomchi BaC12 eritmasi qo’shiladi. Hosil bo’lgan cho’kma stentrifugada ajratib olinadi, suv bilan yuviladi va cho’kmaga 2-3 tomchi HCl ning 2 N eritmasidan qo’shiladi. Ajralib chiqayotgan gazni KMnO4 eritmasidan o’tkazish orqali SO2 gazi ekanligi aniqlanadi.
3. Karbonat ion CO32- ni toppish. Tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushidan CO32- anioni topiladi. Agar eritmada SO32- anioni borligi aniqlangan bo’lsa, uni dastavval SO42- anionigacha oksidlash kerak. Buning uchun tekshirilayotgan eritmaning 2-3 tomchisiga 8% li vodorod peroksid eritmasi qo’shilib, suv hammomida isitiladi. Shundan so’ng CO32-ni xususiy reaksiyalari asosida topiladi.
Silikat ion SiO32- ni topish. Tekshiriladigan eritmaning ayrim ulushidan SiO32-anionini topish uchun 3-4 tomchi eritmaga 3-tomchi ammoniy xlorid yoki xlorid kislota ta`sir ettiriladi. Suv hammomida 2-3 minut isitiladi. SiO32- anioni ishtirokida oq cho’kma hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |