Mavzu: I, II vа III guruh аniоnlаri аrаlаshmаsining аnаlizi
Mavzu: Quruq mоddа (ikki, uch xil tuz aralashmasi) аnаlizi
Download 54.5 Kb.
|
Mavzu I, II vа III guruh аniоnlаri аrаlаshmаsining аnаlizi
Mavzu: Quruq mоddа (ikki, uch xil tuz aralashmasi) аnаlizi
Quruq moddani analiz qilishga tayyorlash va dastlabki sinovlar Quruq moddani, ya`ni tuzlar aralashmasini sifat jihatdan analiz qilish tartibini ko’rib chiqamiz. Analiz uchun qattiq holatdagi moddadan, odatda 0,1-0,3 g olinadi. Moddani analizga tayyorlash uni chinni havonchada maydalashdan boshlanadi, chunki kukun holidagi modda oson eriydi. Agar analizga berilgan namuna mayda kristallar holida bo’lsa, uni maydalashga hojat qolmaydi, faqat uni shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirish lozim. Maydalangan namuna uch qismga bo’linadi: bir qismi kationlarni aniqlash uchun, ikkinchi qismi anionlarni topish uchun ishlatilsa, uchinchi qismi qisman dastlabki sinovlarga ishlatiladi va ba`zi tajribalarni qayta bajarish uchun zaxiraga oldiriladi. Dastlabki sinovlar ba`zi bir ionlarni sistematik analizgacha topishga yordam beradi va ishni engillashtiradi. Dastlabki sinovlarda alangani bo’yash reaksiyalari qilib ko’riladi. Bu sinovlarning natijalari sistematik analizda tasdiqlanishi kerak. Berilgan namunaning analizi uning suvda erishini tekshirishdan boshlanadi. Buning uchun moddaning bir necha zarrachalari 10-12 tomchi distillangan suvda, avval sovuqda kerak bo’lsa isitib, eritib ko’riladi. Agar berilgan modda namunasi suvda erimasa yoki yomon erisa, unda shu moddaning oldin sovuqda, keyin isitilgan sirka kislotada, so’ng suyultirilgan va kontsentrlangan HCl da erish-erimasligi va nihoyat zar suvi (1 mol kons. NO3 +3 mol kons HCl) da erishi sinab ko’riladi. Ko’pchilik analiz ilinadigan moddalar distillangan suvda va suyultirilgan xlorid kislotada eriydi, shu sababli bu moddalarni konstentrlangan kislotalarda yoki zar suvida eritishga xojat qolmaydi. Moddaning eruvchanligi tekshiruvdan o’tkazilgach, namunaning birinchi qismi (0,03-0,1 g) konussimon probirkaga solinib, ustiga 1-3 ml tanlangan erituvchi qo’shib, eritiladi. Berilgan namunani xlorid kislotada eritiladigan bo’lsa, gazlar (CO2, H2S, SO2) ajralib chiqishiga e`tibor bering, chunki ularning chiqishi aralashma tarkibida bir qator anionlar (CO32-, S2- , SO32-, S2O32-) borligini ko’rsatadi. Shuningdek, hosil qilingan eritmaning rangini kuzating. Kuchsiz kislotali eritmalarda Fe2+ och-yashil tusga, Fe3+- sarg`ish, Cr3+-yashil, Cu2+-havorang, Co2+-pushti, CrO42- sari, Cr2O72- qizil-olov rangiga ega bo’ladi. Namunani eritishdan hosil bo’lgan eritmalar rangsiz bo’lsa, bu ionlar bo’lmasligi mumkin. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling