Mavzu: I, II vа III guruh аniоnlаri аrаlаshmаsining аnаlizi


Download 54.5 Kb.
bet3/5
Sana13.12.2022
Hajmi54.5 Kb.
#999832
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu I, II vа III guruh аniоnlаri аrаlаshmаsining аnаlizi

Fosfat ion PO43- ni topish. Tekshiriladigan eritmada ikkinchi guruh anionlari bo’lsa PO43- anionini topish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Tekshirilayotgan eritmadan 3-4 tomchi olib, shuncha miqdorda BaC12 eritmasi qo’shiladi. Cho’kmani ajratib olib, suv bilan yuviladi va HCl ning 2N eritmasi qo’shilib, eritiladi. Olingan eritmani ammiak bilan p = 7-8 bo’lguncha neytrallanadi, so’ng bir necha NH4C1 kristallaridan qo’shiladi, ozgina isitiladi. Agar silikat kislota cho’kmasi hosil bo’lsa, eritma filtrlab, ajratib olinadi. Eritmadan PO43- anionlarini topish uchun molibden suyuqligidan ortiqcha qo’shiladi, suv hammomida isitiladi. Eritma tarkibida PO43- anion­lari bo’lsa sariq cho’kma tushadi.

6. Sulfid ioni S2- ni topish. Tekshirilayotgan eritmani ishqoriy muhitga keltirib, uning 1 tomchisiga natriy nitroprussid eritmasidan 1 tomchi qo’shiladi. S2- ioni ishtirokida binafsha-qizil rang paydo bo’ladi.
Sulfid S2- ionlari xlor, brom va iod ionlarini topishga halaqit beradi. Shu sababli S2- ionlarini yo`qotish uchun neytral yoki kuchsiz ishqoriy tekshirilayotgan eritmadan 5-6 tomchi olib, ZnSO4 eritmasi qo’shiladi va isi­tiladi. hosil bo’lgan pyx sulfid ZnS cho’kmasi sentrifugalanib ajratib tashlanadi va sentrifugatdan HCl- , Br- va J- ionlari topiladi.
7. Xlorid ioni HCl ni, Br ioni va I ionini topish. Qaytaruvchi anionlar: SO32-, S2O32- va S2- ionlari C1-, Br-, va J- ionlarini topishga xalaqit bermaydi, chunki ularni kumush nitrat ta`sirida cho’ktirilgan cho’kmadagi kumush galogenidlardan laboratoriya ishi №5 da ko’rsatilgan tartibda topiladi.
8. III guruh anionlari NO2- NO3-, CH3COO- larni topish ham laboratoriya ishi №5dagi ikkinchi va uchinchi guruh anionlari aralashmasini analiz ilishda ko’rsatilgan tartibda topilishi mumkin.



Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling