Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif Reja San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati


«Kiyiklar ovi». Ispaniya. Neolit yoki yangi tosh asri (mil. av. 6-2 minginchi yillar)


Download 0.78 Mb.
bet7/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1005221
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa tuzumi sanati

«Kiyiklar ovi». Ispaniya.

Neolit yoki yangi tosh asri (mil. av. 6-2 minginchi yillar).

Neolit yoki yangi tosh asrida odamlar faqat tabiat in’om etgan mahsulotlami iste'mol qilish bilan cheklanmay,balki o‘zlari ham uni yaratishga, ko‘paytirishga harakatqila boshladilar. Endilikda ovchilikdan tashqari,chorvachilik va dehqonchilik bilan ham shug‘ullana boshladilar. Chayla, suv ustiga qoziqlar (savoy) yordamida uylar qura boshladilar. Ishlab chiqarish jarayoni kuchaya bordi, shu bilan birga kishilarning ma’naviy olami, dunyoqarashi ham murakkablasha bordi. Tasviriy san’atda naturalizmdan abstrakt fikrlashga o‘tish jarayoni rivojlanib bordi. Bu asrda ham toshlardan qurol yasash muhim rol o‘ynadi. Lekin endilikda toshni qayta ishlash, uni pardozlash, shu asosda juda nozik buyumlar yaratila boshlandi. Kulolchilikning paydo bo‘lishi ham yangi tosh asrining muhim belgilaridan hisoblanadi. Yangi tosh asrining keramika asri deb atalishi ham shundan. Bu asrda to‘qimachilik, terini qayta ishlash ham murakkablashdi. Ijtimoiy hayotda ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi qabilalaming o‘zaro munosabatlarini kuchaytirdi. Asta-sekin patriarxat asri matriarxatni siqib chiqaribjamoani oqsoqollarboshqara boshladi. Yangi tosh asri oxirlarida esa ayrim yerlarda (Old Osiyo, Misr, Hindiston) dastlabki sinfiy davlatlar paydo bo‘ldi.

Mengir.

Dolmen

Stounxendj yaqinidagi kromlex. Angliya.

Dolmen va kromlex yodgorliklari G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Kavkaz, Sibir va Qozog‘iston yerlarida uchraydi.Bronza asri yodgorliklarining yana bir namunasi qabr ustiga ishlangan tuproq qo‘rg‘onlar bo’lib , bu qo‘rg‘onlaming diametri o’n metrga yetgan, atrofi esa tosh plitalar bilan o‘rab chiqilgan. Tripolyedan (Kiyev yaqinidagi qishloq nomi) topilgan devor qoldiqlari bu yerlarda uylaming ko‘proq daryoga yaqin yerlarda qurilgani haqida ma’lumot beradi. Bu uylar loy va yog’ochdan ishlangan bo‘lib, devorlari rangli naqshlar bilan bezatilgan. Bronza asrida amaliy-dekorativ san’at yanada rivojlandi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling