Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif Reja San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati


Download 0.78 Mb.
bet4/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1005221
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa tuzumi sanati

Arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra 30-40 ming yil ilgari tasviriy san'atning hamma turlari paydo bolgan , diniy tushunchalar shakllangan. Yevropa, Osiyo va Afrika qit'alaridan topilgan ashyoviy dalillar shundan dalolat beradi. Bu davrda odamlar katta-katta toshlar panasida, g‘or va yertolalarda to‘da-to‘da bo‘lib yashagan. Bu g‘or va yerto‘lalar ibtidoiy jamoa kishisining «uyi» hisoblangan. Ibtidoiy odam uylarining devor va shiplariga suratlar chizgan. Bo'rtma tasvirlar ishlashga harakat qilgan. Odamlar yashagan ana shu manzillardan topilgan mehnat va ov qurollari, turli rasm va haykallar, ramziy mazmunga ega bo’lgan shakllar ibtidoiy jamoa kishilarining estetik ham da falsafiy qarashlarini tushunishda muhim daliliy hujjat hisoblanadi. Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo’lgan tosh qurollar, yog‘och, suyakdan ishlangan turli buyumlar insonning ilk ixtirolaridir. Tabiat sirlarini o‘rganish, o‘zini himoyalash va yashash uchun zarur bo‘lgan buyumlar edi. Ibtidoiy jamoa davrida ishlangan dastlabki rasmlar sodda va asosan hayvonlar ko‘rinishini tasvirlaydi. Mamont, yirik tana (navvos), kiyik, ot va boshqa hayvonlar rasmi tabiiy bo‘yoqlarda g‘or devor va shiplariga ishlangan.

Ibtidoiy haykaltaroshlik.

  • Yuqori paleolit davrida odamlar tosh, suyak, shox. loydan har xil haykalchalar ishlay boshladilar. Bu davrdagi haykaltaroshlikning relyef (ko'proq uning barelyefi va o‘yma relyef) uslubidagi namunalarida tabiiy tosh yuzasi yoki devor sathidagi notekisliklarga ishlov berish hisobiga haykal yaratish harakatini ko‘ramiz. Shu 0‘rinda Fransiyaning Lasko, Afrika manzillaridan topilgan bo‘rtma va o‘yma tasvirlar e'tiborga loyiq.
  • Jumladan, Lasko g‘oridari topilgan ot boshi bo‘rtma tasviri, Afrikadan topilgan sigiming bo‘rtma tasviri ham ibtidoiy haykaltaroshning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Dumaloq haykaltaroshlikda bu davrda, ayniqsa ayollar haykali Yevropa, Osiyo yerlarida ko‘plab ishlandi. Paleolit davrida buyumlami naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga tumorlarga ehtiyoj paydo bo‘lganligi arxeologlar topgan va topayotgan ashyoviy buyumlarda namoyon bolmoqda.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling