Mavzu: Ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif Reja San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati


Download 0.78 Mb.
bet6/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1005221
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa tuzumi sanati

Paleolit davrining eng gullab yashnagan davri e.a. 20 - 10 minginchi yillarga to’gri keladi. Bu davrda bajarilgan tasvirlar aniq shakllarga ega bo’lib, bora - bora tasvirlar ichidagi bosh tasvir ajaralib turadigan va tasvir bajarilishdagi to’g’ri chiziqlar aniqligi sezilib turadigan holga keladi. Hayvonlar tasvirlari har xil harakatlar bilan yugurayotgan, sakrayotgan holatlarda o’z aksini topgan. Bu yerda musavvir simmetriya qoidalariga bo’ysuna borgan. Endilikda rangtasvirda oddiylikdan murakkab holatlarga ko’chib, tasvirdagi bo’yoqlar o’z tus darajasini goh past, goh kuchaytirib, shakllar esa o’zining asl hajmiga ega bo’la borgan. Mana shunday san’at namunalari Fransiyaning Fon de Gom g’orlarida, Ispaniyaning Altamir tog’ining shiftlarida uchraydi. Bu yerda ibtidoiy insonni hayvonlarning faqat tashqi qiyofasigina emas, balki uni harakatlari ham qiziqtirganligini guvohi bo’lamiz. Turli xil yechimdagi bir xil mavzular mahorat bilan bajarilgan. Masalan: qo’rquvdagi, yugurayotgan, dam olayotgan, yaralangan va hujumga tayyorlanayotgan bizonlar suratini yoki ehtiyotkor bug’ular tasvirini ko’rish mumkin. Masalan: "Yaralangan bizon" Altamir tog’laridagi suratdan. Oldingi tosh asri "Bug’ular podasi". Limeyli tog’laridagi toshlardagi surat oldingi tosh asri.

Mezolit (e.a. 10-6 minginchi yillar)

  • Ibtidoiy jamoa san’ati rivojining yangi va muhim bosqichi o’rta tosh asriga to’g’ri keladi. Chunki bu davrda ishlab chiqarish kuchlari paydo bo’lganini, ezuvchi va eziluvchi sinflar yuzaga kelganini, yangi aristokratik jamiyat paydo bo’lganidan xabar beradi. Geologik dalillar shuni tasdiqlaydiki, bunday tarixiy voqealar aynan muzliklarning shimolga chekinuvidan so’ng yuz bergan. Endilikda uncha katta bo’lmagan guruhlardan tuzilgan jamoalar katta - katta yerlarni egallay boshladilar. Ular dengiz qirg’oqlarida, daryo va ko’l bo’ylarida makonlar qo’ra boshladilar. Ov mashg’ulotlari faqat yer bilan chegaralanib qolmay, balki suvda baliq, osmonda qush ovlash kabi mashg’ulotlarga aylana bordi. Toshni qayta ishlab, nayzalar, bolta, pichoq kabi qurollar tayyorladilar, itlarni va boshqa hayvonlarni o’zlariga o’rgatib ov va ro’zg’or ishlarida foydalana oldilar. Aynan shu davrda insonning hayotiy tajribasi oshib, atrof tabiatda uning ongi rivojlanib bordi. Inson endilikda o’zini juda erkin his eta boshladi.
  • Mezolit davriga kelib insonning hayotida badiiy obrazlar yangicha xususiyatlarga ega bo’la bordi. Insonning dunyoqarashida o’zaro aloqador, hayotning umumqonunlari o’z ifodasini topa bordi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling