Mavzu: Ifloslantiruvchi moddalarning insonlarga ta’siri. Reja Atmosfera ifloslanish yo‘llari va manbalari
Download 104.62 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ish 2023-2024 — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kislotali yomg‘ir»
Antarktida ustidagi
«Ozon tuynugi» Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarning zararli ta’siridan himoya qiladi, sayyoramizni o‘ziga xos isituvchi «qobig‘i» hisoblanadi. Sovutkichlarda ishlatiladigan xlorftoruglerodlar (freonlar-CFCI 3 , CF 2 CIF 2, CHCIF 2) ), azot oksidlari ta’sirida ozon parchalanadi. Er yuzi qutblarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Ozonning siyraklashuvi natijasida teri raki kasalligi ko‘payadi, ko‘z kasalliklari ortadi, hayvonlarga, o‘simliklarning fotosintetik faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarning oldini olish uchun milliy, regional va umumjahon miqyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ozon muammosini hal qilishga qaratilgan Vena Konventsiyasi va mamlakatlarning ozon parchalovchi birikmalarni chiqarishini kamaytirish majburiyatlarini olish bo‘yicha Monreal bayonnomalari qabul qilingan. «Kislotali yomg‘ir»lar ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib qolgan. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingurgut va azot qo‘shoksidlari bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi. 2SO 2 + O 2 + 2H 2 O = 2H 2 SO 4 4NO 2 + 2H 2 O + O 2 = 4HNO 3 AqSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar qurishi kuzatilgan. Bunday yomg‘irlar hosildorlikni pasaytiradi, suv xavzalarini nordonligini oshirib yuboradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog‘lig‘iga zarar etkazadi. Kislotali yomg‘irlarning uzoq masofaga ko‘chishi natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy, regional va xalqaro miqyosda tadbirlar o‘tkaziladi. Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi- inversiya oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog‘lig‘iga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo‘lgan. Keyingi yillarda dunyoning yirik shaharlarida London tipidagi smog, Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta’sirida reaktsiyaga kirishib havfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Er yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko‘rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Battan aytganidek: «Yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks holda tutun er yuzidagi insonlarni kamaytiradi». Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqbatlarga olib keladi. Insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o‘cimlik va hayvonlarning nobud bo‘lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o‘z o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin yirik sanoat rayonlari, shaharlarda atmosferaning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjud. Chang, gaz tozalovchi qurilmalar o‘rnatish, ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish, ayniqsa kam chiqitli, chiqindisiz texnologiyaga o‘tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo‘llaridan hisoblanadi. Zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, sanitar-ximoya zonalari tashkil qilinadi. Zararli ta’siri darajasiga ko‘ra korxonalar besh sinfga bo‘linadi. Birinchi sinf korxonalari uchun sanitar-ximoya zonasining kengligi 1000 m, ikkinchisi-500 m, uchinchisi-300 m, to‘rtinchisi-100 m, va beshinchisi-50 m qilib belgilanadi va ko‘kalamzorlashtiriladi. Sanitar-ximoya zonasida turar joylar, maktablar, sport maydonchalarining bo‘lishi mumkin emas. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 600 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o‘pka raki va boshqa og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benz(a)piren, qo‘rg‘oshin va boshqalar) mavjud. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg‘i sifatini yaxshilash, dizel va siqilgan gazdan foydalanish va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to‘fon, dovul, yong‘inlar, qurg‘oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi. Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta’siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xo’jaligining tiklanishi xalq xo’jaligining o‘sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo‘lishiga, chiqindilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruhga bo‘lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar. Hozirga qadar yer qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko‘mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg‘i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish’yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qo‘rg‘oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (P 2 O 5 ) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o‘g‘it sifatida tabiatga ya’ni havo, tuproq va suvga tushgan. Havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida tabiatdagi moddalar harakati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to‘planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (CO, CO 2 ); oltingurgut oksidlari (SO 2 , SO 3 ); vodorod oltingurguti (H 2 S); azot oksidlari (NO, NO 2 ); ammiak (NH 3 ); inert gazlardan: freonlar (CH 3 ClF, C 2 H 4 ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, CnH 2n+2 ), og‘ir metallar temir (Fe), qo‘rg‘oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni bir necha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo‘yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qayta ishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga to‘g‘ri keladi. Atrof muhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o‘g‘itlar hisoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestitsidlar (lotincha so‘z pestis- zahar va cid- o‘ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko‘ra uch guruhga bo‘lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o‘simlik, zamburug‘, bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta’siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar. Download 104.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling