Mavzu: Ifloslantiruvchi moddalarning insonlarga ta’siri. Reja Atmosfera ifloslanish yo‘llari va manbalari


Download 104.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana26.10.2023
Hajmi104.62 Kb.
#1725282
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish 2023-2024 — копия

ruhsat 
etilgan 
miqdor REM(PDK) deb yuritiladi. Bunda zararli birikmalarning odamning mehnat 
faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi ham nazarda tutiladi. Havo 
ifloslanishining muntazam REM dan yuqori bo‘lishi aholining kasallanish 
darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning 
ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanadi. 
Atmosferaning ifloslanishi indeksi(AII) kompleks ko‘rsatkichi ham qo‘llaniladi. 
Turli moddalarning ta’sir darajasiga qarab xilma-xil REM ko‘rsatkichlari 
belgilangan. Masalan, quyidagi REM ko‘rsatkichlarini ajratish mumkin: is gazi-3 
mgg‘m
3
;
oltingugurt qo‘shoksidi-0.05 mgg‘ m
3
; xlor-0.03mgg‘m
3
; fenol-0,01mg g‘ 
m
3
; formaldegid-0.003 mgg‘m
3
;
qurum-0,05 mgg‘m
3
va boshqalar. REM 
ko‘rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. 
Atmosfera ifloslanishini me’yorlash uchun sanoat va transportda yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan tashlanmalar-PDV me’yorlari belgilanadi. Har bir turg‘un 
manbalar uchun alohida PDV me’yorlari tasdiqlanadi. Ushbu me’yorga amal qilish 
havo ifloslanishining REM darajasida bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ozon muammosi. Atmosferaning 20-30 km oralig‘ida joylashgan o‘ziga xos 
himoya qobig‘i-ozon (O
3
) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik 
muammolardan hisoblanadi. Er yuzida dastlab 1970-yillarda stratosferadagi 
ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50% ga 
kamayishi qayd qilindi. Ko‘pchilik mutahassislar ozonning kamayishi texnogen yo‘l 
bilan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Atmosferada ozon miqdorining o‘zgarishi 
tabiiy jarayonlar, jumladan, quyosh faolligining o‘zgarishi, boshqa omillar ta’sirida 
ham o‘zargan bo‘lishi ham mumkin. Lekin, sabablaridan qat’iy nazar ushbu 
muammoni ijobiy hal qilish yo‘llarini izlash, choralar ko‘rish lozimdir. 



Download 104.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling