Atmosfera tarkibi
Atmosfera ifloslanish yo‘llari va manbalari
1. Organik 2. Mineral 3. Kosmik 4. Tabiiy ifloslanishi
5. Atmosfera ifloslanishi 6. Energetik komplekslar 7. Radioaktiv
8. Sun’iy ifloslanish 9. Qora va rangli metallurgiya 10. Avtotransport
11. Kimyoviy komplekslar 12. Qurilish
Atmosferaning tarkibi va ifloslanishi
Atmosfera havosi - har gal gazlarning mexanik aralashmasidan iborat bo‘lib (yer
yuzasiga yaqinida), asosan azot (78,09%), kislorod (20,95%), argon (0,93%) va
karbonat angidrididan (0,03%) iborat. Atmosfera
tarkibida yana - geliy, neon,
ksenon, kripton, vodorod, ozon, ammiak, yod va boshqalar bo‘lib,
ular butun
atmosfera tarkibining 0,01% ni tashkil qiladi, xolos. Bundan tashqari havoda doim
3-4 % suv bug‘lari, chang zarrachalari bo‘ladi.
Yerning sun’iy yo‘ldoshlari, raketalar va kosmonavtlarning ma’lumotiga
qaraganda -atmosferaning 100 km gacha baland
qismida ham uning tarkibi
yuqorida qayd qilingan gazlardan iboratdir. 1000-1200
km balandlikda atmosfera
asosan kislorod va azotdan; undan yuqorida - 2500 km gacha bo‘lgan qismida geliy
gazi; 2500 km dan yuqorida esa eng yengil gaz — vodoroddan iborat.
Atmosferaning ifloslanishi deganda - uning tarkibidagi tabiiy holda mavjud bo‘lgan
gazlar muvozanatining tabiiy va sun’iy omillar natijasida
vujudga kelgan har xil
gazlar, qattiq zarrachalar, changlar, radioaktiv changlar, suv bug‘lari
va boshqalar
ta’sirida buzilishini, hamda sifatining o‘zgarishini tushunamiz.
Atmosferada gazsimon moddalardan tashqari shakli, kattaligi, kimyoviy tarkibi va
fizik xossalariga ko‘ra bir-birdan farq qiluvchi mayda
zarrachalar - aerozollar
(tuman, chang, tuzon va b.) mavjud.
Agregat holatiga ko‘ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4 guruhga bo‘lish
mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar.