Mavzu: Ifloslantiruvchi moddalarning insonlarga ta’siri. Reja Atmosfera ifloslanish yo‘llari va manbalari


Download 104.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana26.10.2023
Hajmi104.62 Kb.
#1725282
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish 2023-2024 — копия

Antarktida ustidagi 
«Ozon tuynugi» 
Ozon qatlami insonlar va barcha 
jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha 
nurlarning zararli ta’siridan himoya 
qiladi, 
sayyoramizni 
o‘ziga xos 
isituvchi 
«qobig‘i» 
hisoblanadi. 
Sovutkichlarda 
ishlatiladigan 
xlorftoruglerodlar 
(freonlar-CFCI
3

CF
2
CIF
2, 
CHCIF
2)
), azot oksidlari 
ta’sirida ozon parchalanadi. Er yuzi qutblarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar 
ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Ozonning siyraklashuvi natijasida teri raki 
kasalligi ko‘payadi, ko‘z kasalliklari ortadi, hayvonlarga, o‘simliklarning 
fotosintetik faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi 
bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarning oldini olish uchun milliy, regional 
va umumjahon miqyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ozon muammosini hal 
qilishga qaratilgan Vena Konventsiyasi va mamlakatlarning ozon parchalovchi 
birikmalarni chiqarishini kamaytirish majburiyatlarini olish bo‘yicha Monreal 
bayonnomalari qabul qilingan. 
«Kislotali yomg‘ir»lar ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib 
qolgan. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida 
oltingurgut va azot qo‘shoksidlari bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna 
chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi. 
2SO
2
+ O
2
+ 2H
2
O = 2H
2
SO
4
4NO

+ 2H
2
O + O
2
= 4HNO
3
AqSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan 
davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar qurishi 
kuzatilgan. Bunday yomg‘irlar hosildorlikni pasaytiradi, suv xavzalarini 


nordonligini oshirib yuboradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson 
sog‘lig‘iga zarar etkazadi. Kislotali yomg‘irlarning uzoq masofaga ko‘chishi 
natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ushbu ekologik 
xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy, regional va xalqaro miqyosda tadbirlar 
o‘tkaziladi. 
Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi- inversiya oqibatida 
kuzatiladigan zaharli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog‘lig‘iga 
o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog 
oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo‘lgan. Keyingi yillarda dunyoning yirik 
shaharlarida London tipidagi smog, Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. 
Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari 
ta’sirida reaktsiyaga kirishib havfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan, 
ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va miqdorining ortishi 
kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Er yuzida atmosfera 
havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko‘rilishi 
lozim. Amerikalik meteorolog Luis Battan aytganidek: «Yoki insonlar havodagi 
tutunni kamaytiradilar, aks holda tutun er yuzidagi insonlarni kamaytiradi». 
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqbatlarga olib keladi. 
Insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, 
o‘cimlik va hayvonlarning nobud bo‘lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar 
etkazadi. 
Atmosfera havosi o‘z o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin yirik sanoat rayonlari, 
shaharlarda atmosferaning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen 
ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo‘lgan 
vazifadir. 
Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjud. Chang, 
gaz tozalovchi qurilmalar o‘rnatish, ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish, 
ayniqsa kam chiqitli, chiqindisiz texnologiyaga o‘tish ushbu muammoni hal 
qilishning eng istiqbolli yo‘llaridan hisoblanadi. Zararli korxonalar shahar 
chekkasiga chiqariladi, sanitar-ximoya zonalari tashkil qilinadi. Zararli ta’siri 


darajasiga ko‘ra korxonalar besh sinfga bo‘linadi. Birinchi sinf korxonalari uchun 
sanitar-ximoya zonasining kengligi 1000 m, ikkinchisi-500 m, uchinchisi-300 m, 
to‘rtinchisi-100 m, va beshinchisi-50 m qilib belgilanadi va ko‘kalamzorlashtiriladi. 
Sanitar-ximoya zonasida turar joylar, maktablar, sport maydonchalarining bo‘lishi 
mumkin emas. 
Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib 
bormoqda. Dunyo bo‘yicha 600 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz 
minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. 
Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o‘pka raki va 
boshqa og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benz(a)piren, qo‘rg‘oshin 
va boshqalar) mavjud. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini 
rivojlantirish, yoqilg‘i sifatini yaxshilash, dizel va siqilgan gazdan foydalanish va 
boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim 
ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor 
vazifalaridan hisoblanadi. 
Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami 
yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar 
tushishi, to‘fon, dovul, yong‘inlar, qurg‘oqchilik, shuningdek bevosita inson 
faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va 
antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi. 
Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta’siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, 
ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, 
qishloq xo’jaligining tiklanishi xalq xo’jaligining o‘sishiga olib kelishi bilan bir 
qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo‘lishiga, chiqindilar bilan atrof-muhitni 
ifloslanishiga olib keldi. 
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. 
Ularni biz asosan ikki katta guruhga bo‘lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi 
kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan 
kimyoviy preparatlar.


Hozirga qadar yer qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko‘mir, neft, torf kabilar qazib 
olingan. Ularning yoqilg‘i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang 
atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish’yak, va 1,2 
mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qo‘rg‘oshin, kadmiy 20-22 
ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (P
2
O
5
) 35 mln t., smob 15-48 ming t., 
pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor 
uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 
ming t.; 100 ming t. o‘g‘it sifatida tabiatga ya’ni havo, tuproq va suvga tushgan. 
Havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida tabiatdagi moddalar 
harakati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to‘planadi va tabiiy 
muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. 
Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan 
kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat 
korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (CO, CO
2
); oltingurgut oksidlari 
(SO
2
, SO
3
); vodorod oltingurguti (H
2
S); azot oksidlari (NO, NO
2
); ammiak (NH
3
); 
inert gazlardan: freonlar (CH
3
ClF, C
2
H
4
ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar 
(CH4, CnH
2n+2
), og‘ir metallar temir (Fe), qo‘rg‘oshin (Pb), nikel (Ni), simob va 
boshqalar. Ularni bir necha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitga ta’siri 
bo‘yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo‘yicha: energetika (31%); 
avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati 
(11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qayta ishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va 
qolganlari boshqa tarmoqlarga to‘g‘ri keladi. 
Atrof muhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli 
kimyoviy preparatlar va kimyoviy o‘g‘itlar hisoblanadi. Zaharli kimyoviy 
preparatlarni biz pestitsidlar (lotincha so‘z pestis- zahar va cid- o‘ldirmoq) deb 
ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko‘ra uch guruhga bo‘lamiz: 1. anorganik 
birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, 
xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o‘simlik, zamburug‘, bakteriyalardan olinadigan 
(pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) 


kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta’siri jihatidan aktiv moddalar 
hisoblanadilar. 

Download 104.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling