Mavzu: Ifloslantiruvchi moddalarning insonlarga ta’siri. Reja Atmosfera ifloslanish yo‘llari va manbalari


Pestisidlar ishlatilishiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi


Download 104.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana26.10.2023
Hajmi104.62 Kb.
#1725282
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish 2023-2024 — копия

Pestisidlar ishlatilishiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi: 
1. insektisidlar (insectum-hashorat, cido-o‘ldirmoq) – o‘simlik zararkunandalariga 
qarshi kurash preparatlar (akarasidlar-kanalarga qarshi; lavrisidlar-dumaloq 
chuvalchanglarga qarshi; nematosidlar-shilliq qurtlar va buzoqboshilar; zoosidlar-
hayvonlar); 
2. fungisidlar va bakterisidlar - zamburug‘ va bakteriyalarga qarshi kurash 
preparatlari; 
3. gerbisidlar – begona o‘tlarga qarshi kurash vositasi; 
4. defolianlar – barglarni so‘n’iy to‘kish vositasi; 
5. desikantlar – o‘simliklarni qovjiratib ildizini quritadigan preparatlar; 
6. arborisidlar – xalaqit beradigan dov-daraxtlarni quritadigan kimyoviy moddalar; 
7. algisidlar – suv o‘tlarini yo‘qotish uchun kimyoviy moddalar; 
8. repilentlar – xashoratlarni haydovchi kimyoviy vosita; 
9. atraktantlar – xashoratlarni chaqiruvchi kimyoviy vositalarga ajratamiz. 
1874 yilda birinchi bo‘lib pestisidlar kashf etilishi bilan inson zararkunanda 
hashoratlar bilan kurasha boshlagan. Shu kungacha DDT (dixlordifeniltrixloretan)ni 
uzidan 2-5 mln tonnagacha ishlatilgan er yuzida. Uni parchalanish davri 3-25 
yilgachiligi etiborga olsak, bundan ko‘rinib turibdiki hanuzgacha uning atrof-
muhitga ta’siri kamaygani yo‘q. 1970 yilda DDT ishlab chiqish to‘xtatildi va undan 
foydalanish bekor qilindi. DDT nafaqat hashoratlarga balkim baliq, qushlar, 
hayvonlar va insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 


Xulosa 
Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so‘z bilan aytganda, havo tarkibiga begona 
moddalar va qo‘shimchalarning me’yoridan ortiq to‘planishiga aytiladi. 
Atrof muhitning ifloslanishi butun hamjamiyat oldidagi juda katta 
muammolardan biri hisoblanadi. Olimlarning ilmiy, tajribaviy izlanishlari va 
bashoratlari keyingi 50 yildan so‘ng iqlim keskin o‘zgarishi haqidagi gaplari o‘z 
isbotini topmoqda. Bugungi kunda fasllar o‘zgarishi kuzatilmoqda. Qish fasli 
bahorgi faslga o‘xshab bormoqda. Bu narsalar antropogen omillar ta’siri 
natijasidadir. Tabiiy boyliklarni yer qaridan qazib olinishi, ulardan texnika uchun 
kerakli qismlar, yoqilg‘ilar va boshqa narsalar ishlab chiqarilishi natijasida yerning 
barcha qismlariga zararli va zaharli chang zarralari, gazlar, freonlar va boshqa 
moddalar bilan ifloslanmoqda. Buning natijasida insonlar o‘rtasida turli xil 
kasalliklar, mutatsiyaviy gen kasalliklar ko‘paymoqda.
Neftni qayta ishlashda atrof muhitga juda ko‘p miqdorda 20 dan ortiq elementlardan 
tashkil topgan 805 birikma hosil bo‘ladi. Ularga misol qilib: metil simob, alkanlar, 
sikloalkanlar, fosfor, vanadiy, marganes, xrom, kobalt, bor biikmalarini misol qilib 
keltirishimiz mumkin. 
Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga 2000 
ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2,5 mln tonna , suv havzalariga 1500 ga yaqin 
ingradientlardan 170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50 ga yaqin 
kimyoviy moddalar va 150 ga yaqin pestitsidlardan sanoat, maishiy chiqindi va 
kimyoviy moddalar miqdori 289 mln tonnaga etgan.


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. A.A.Рафиқов Геоэкологик муаммолар T-1997 
2. P.Sultonov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari
“Musiqa” nashriyoti T-2007 
3. Sh.M.Sharipov va boshqalar Geoekologiya o‘quv qo‘llanma T-2017 
4. 
www.ziyonet.uz
 
5. 
www.google.uz
 

Download 104.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling