Mavzu: Ifloslantiruvchi moddalarning insonlarga ta’siri. Reja Atmosfera ifloslanish yo‘llari va manbalari
Pestisidlar ishlatilishiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi
Download 104.62 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ish 2023-2024 — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atmosferaning ifloslanishi
Pestisidlar ishlatilishiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi:
1. insektisidlar (insectum-hashorat, cido-o‘ldirmoq) – o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurash preparatlar (akarasidlar-kanalarga qarshi; lavrisidlar-dumaloq chuvalchanglarga qarshi; nematosidlar-shilliq qurtlar va buzoqboshilar; zoosidlar- hayvonlar); 2. fungisidlar va bakterisidlar - zamburug‘ va bakteriyalarga qarshi kurash preparatlari; 3. gerbisidlar – begona o‘tlarga qarshi kurash vositasi; 4. defolianlar – barglarni so‘n’iy to‘kish vositasi; 5. desikantlar – o‘simliklarni qovjiratib ildizini quritadigan preparatlar; 6. arborisidlar – xalaqit beradigan dov-daraxtlarni quritadigan kimyoviy moddalar; 7. algisidlar – suv o‘tlarini yo‘qotish uchun kimyoviy moddalar; 8. repilentlar – xashoratlarni haydovchi kimyoviy vosita; 9. atraktantlar – xashoratlarni chaqiruvchi kimyoviy vositalarga ajratamiz. 1874 yilda birinchi bo‘lib pestisidlar kashf etilishi bilan inson zararkunanda hashoratlar bilan kurasha boshlagan. Shu kungacha DDT (dixlordifeniltrixloretan)ni uzidan 2-5 mln tonnagacha ishlatilgan er yuzida. Uni parchalanish davri 3-25 yilgachiligi etiborga olsak, bundan ko‘rinib turibdiki hanuzgacha uning atrof- muhitga ta’siri kamaygani yo‘q. 1970 yilda DDT ishlab chiqish to‘xtatildi va undan foydalanish bekor qilindi. DDT nafaqat hashoratlarga balkim baliq, qushlar, hayvonlar va insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Xulosa Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so‘z bilan aytganda, havo tarkibiga begona moddalar va qo‘shimchalarning me’yoridan ortiq to‘planishiga aytiladi. Atrof muhitning ifloslanishi butun hamjamiyat oldidagi juda katta muammolardan biri hisoblanadi. Olimlarning ilmiy, tajribaviy izlanishlari va bashoratlari keyingi 50 yildan so‘ng iqlim keskin o‘zgarishi haqidagi gaplari o‘z isbotini topmoqda. Bugungi kunda fasllar o‘zgarishi kuzatilmoqda. Qish fasli bahorgi faslga o‘xshab bormoqda. Bu narsalar antropogen omillar ta’siri natijasidadir. Tabiiy boyliklarni yer qaridan qazib olinishi, ulardan texnika uchun kerakli qismlar, yoqilg‘ilar va boshqa narsalar ishlab chiqarilishi natijasida yerning barcha qismlariga zararli va zaharli chang zarralari, gazlar, freonlar va boshqa moddalar bilan ifloslanmoqda. Buning natijasida insonlar o‘rtasida turli xil kasalliklar, mutatsiyaviy gen kasalliklar ko‘paymoqda. Neftni qayta ishlashda atrof muhitga juda ko‘p miqdorda 20 dan ortiq elementlardan tashkil topgan 805 birikma hosil bo‘ladi. Ularga misol qilib: metil simob, alkanlar, sikloalkanlar, fosfor, vanadiy, marganes, xrom, kobalt, bor biikmalarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga 2000 ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2,5 mln tonna , suv havzalariga 1500 ga yaqin ingradientlardan 170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50 ga yaqin kimyoviy moddalar va 150 ga yaqin pestitsidlardan sanoat, maishiy chiqindi va kimyoviy moddalar miqdori 289 mln tonnaga etgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.A.Рафиқов Геоэкологик муаммолар T-1997 2. P.Sultonov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari “Musiqa” nashriyoti T-2007 3. Sh.M.Sharipov va boshqalar Geoekologiya o‘quv qo‘llanma T-2017 4. www.ziyonet.uz 5. www.google.uz Download 104.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling