Mavzu: II guruhning asosiy guruhcha elementlari Reja: II guruh bosh guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi
Download 228.01 Kb.
|
2 2222222222222222guruhning asosiy guruhcha elementl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stronsiy tuzlari.
Stronsiy.Sr Tartib nomeri 38, atom og'irligi 87,62. Tabiatda barqaror izotoplarining massa sonlari 84, 86, 87, 88.
Stronsiy olish uchun KCI va SrCI2 aralashmasi suyuqlantirib, elektroliz qilib olinadi. Stronsiyni alyuminotermiya usulda ham olish mumkin. Buning uchun stronsiy oksid bilan alyuminiy kukuni yuqori haroratda qizdiriladi. Reaksiya natijasida hosil bo'lgan stronsiy sublimatlanadi; uning bug’lari vakuum idishning sovuq devorlarida kristallanadi. Stronsiy kumush kabi oq metall. Stronsiy oksid SrO 2430°C da suyuqlanadi: u ekzotermik moddalar jumlasiga kiradi. SrCO3 va Sr(NO3)2 larni qizdirish natijasida SrO hosil bo'ladi. Stronsiy tuzlari. Stronsiy ftorid SrF2 suvda SaF2 ga qaraganda yaxshiroq eriydi. Stronsiy bromid, stronsiy yodid suvda ham, spirtda ham yaxshi eriydi, Stronsiy yodid ammiak bilan [Sr(NH3)6]J2 tarkibli kompleks birikma hosil qiladi. Stronsiy tuzlari alangani qirmizi qizil tusga bo’yaydi; shunga ko’ra stronsiy tuzlari feyerverklar va bengal alangalari hosil qilinadigan materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Bariy. Tartib nomeri 56, atom og'irligi 137,34 barqaror izotoplarining massa sonlari 130, 132, 134, 135, 136, 137, 138. Bariyning yetttita izotopi sun'iy yo’l bilan hosil qilingan. Bariyni 18 asrda Sheeli og'ir shpatning tarkibiy qismi sifatida topgan. Metall bariy dastlab suyuqlantirilgan bariy xloridni elektroliz qilish yo’li bilan olingan. Sof bariy BaO dan alyuminotermiya yoki kremniy-termiya usulida olinadi. Undan tashqari bariy xloridning suvdagi eritmasini simob katod bilan elektroliz qilish natijasida ham bariy olinadi. Katodda hosil bo'ladigan bariy simobda erib amalgama holatiga o'tadi. So’ngra bariy amalgamadan chiqarib olinadi. Bariy ham stronsiy kabi aktiv element bo'lgani uchun kerosinda saqlanadi. Bariy oksid kuchli asos xossasiga ega. U osh tuzi kabi kristall tuzilishda bo'ladi. Bariy oksid bariy karbonat yoki bariy nitratni qizdirish yo’li bilan olinadi. Texnikada bariy oksid olish uchun ko’pincha bariy karbonat ko’mir bilan birga qizdiriladi; BaCO3 + C → BaO + 2CO Toza bariy oksid, oq kukun. Bariy oksid asosan bariy gidroksid va bariy peroksid olishda ishlatiladi. Bariy oksid suv bilan aralashtirilsa, bariy gidroksid Ba(OH)2 hosil bo'ladi. Bariy gidroksid ham xuddi stronsiy gidroksid kabi qand sanoatida ishlatiladi. Bariy sulfid litopon nomli oq buyoq olishda ishlatiladi. BaS + ZnSO4 → BaSO4 + ZnS (litopon) Bariy tuzlarini hosil qilish uchun xom ashyo sifatida bariy sulfat va bariy karbonatdan foydalaniladi. Masalan: bariy xlorid olish uchun BaSO4, CaCI2 ishtirokida ko’mir bilan qaytariladi. Bariyning barcha eruvchan tuzlari zaharlidir. Bariy korbanat BaCO3 tabiatda asosan viterit minerali holida uchraydi. Texnikada BaCO3 ikki xil usulda olinadi: BaSO4 ga yuqori temperaturada chug’latilgan ko’mir ta’sir ettirib, hosil bo’lgan BaS va CO2 ni suv ta’sirida kondensatlab hosil qilinadi: kukun holatdagi BaSO4 ga yuqori temperatura va bosimda kaliy karbonat ta’sir ettirib BaCO3 olinadi: BaCO3 juda termik barqaror bo’lib yuqori temperaturada parchalanadi: Bariy karbonat kislota ta’sirida suvda oson erydi: Kalsiy sulfat CaSO4 tabiatda suvsiz angidrit holida va suvli gips CaSO4∙2H2O holida uchraydi. Sronsiy sulfat SrSO4 esa tabiatda selistin minerali va bariy sulfat BaSO4 og’ir shpat holida uchraydi. Bu birikmalar suvda kam eriydigan moddalardir Bariy sulfat suvda juda kam eriydi. Shuning uchun bariyning bor-yo’qligi SO4-2 ionlari bilan va aksincha sulfatlarning bor-yo’qligi bariy ionlari bilan sinab ko’riladi. Download 228.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling