Magniy xlorid MgCl2 ko’mir bilan MgO aralashmasiga xlorni ta’sir ettirib olinadi, undan magnezial sement tayyorlanadi, uni qipiq bilan aralashtirib, izolyatsiya materiali bo’lgan ksilolit olinadi. Magniy sulfat MgSO4 tabiatda har xil minerallar shaklida uchraydi, eritmada esa kristallogidrat monogidrat MgSO4 H2O (kizerit minerali) va geptagidrat (MgSO47H2O) (taxir tuz minerali) holida kristallanadi. Suvda eriydi, tibbiyotda surgi dori sifatida, qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi. Magniy karbonat MgCO3 tabiatda magnezit va dolomit (MgCO3CaCO3) holida uchraydi. MgCO3 suvda oz eriydi, uning suvdagi eritmasiga ishqoriy metall karbonatlari ta’sir ettirilsa, Mg2(OH)2CO3 hosil bo’ladi, uning aniq tarkibi 3MgCO3Mg(OH)23H2O bo’lib, oq magneziya (tabiatda kam uchraydi) deb ataladi. Oq magneziya tibbiyotda, qog’oz va kauchuk sanoatida ishlatiladi. Magniy nitrat Mg(NO3)2∙6H2O juda gigroskopik va suvda yaxshi eriydigan tuz. Suvsiz magniy perxlorat Mg(CIO4)2 angidron nomi bilan gazlarni quritishda ishlatiladi.
Magniy karbid. MgC2 olish uchun kalsiy karbidga magniy xlorid ta'sir ettirish kerak, MgC2 suv ta'sir ettirilganida asetilen ajralib chiqadi.
Magniy nitrid. Mg3H2 - magniyni azot atmosferasida qizdirish natijasida olinadi. Magniy havoda yonganida MgO bilan birga ozroq Mg3H2 ham hosil bo'ladi.
Kalsiy gruppachasi elementlari
Ikkinchi gruppaning s-elementlaridan kalsiy, stronsiy, bariy va radiy ishqoriy yer metallar gruppasiga kiradi.
Yer qobig’ida kalsiyning 6 ta, stronsiyning 4 ta, bariyning 7 ta stabil izotopi bor. Bulardan eng ko’p tarqalganlari 40Ca (96,97%), 88Sr (82,56%), 138Ba (71,66%) dir. Tabiiy radiy 8 ta radioaktiv izotopdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |