Mavzu: II guruhning asosiy guruhcha elementlari Reja: II guruh bosh guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi


Berilly, tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi


Download 228.01 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi228.01 Kb.
#1831930
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 2222222222222222guruhning asosiy guruhcha elementl

Berilly, tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi
Berilliyning atom massasi 9,013 (Z = 4) ga teng. Tabiatda uning barqaror bitta izotopi ma’lum. Sun’iy yo’l bilan esa 7Be, 8Be, 10Be izotoplari olingan.
Vokelen 1793 yilda berill mineralida berilliy borligini aniqlagan bo’lsa, uni 1827 yilda Vyoler berilliy xloridni kaliy bilan qaytarib Be olishga erishdi.
Berilliy erkin holda uchramaydi, ba’zi bir nodir silikatlar va alyumosilikatlar holida uchraydi. Uning sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan minerali berill 3BeOAl2O36SiO2 bo’lib, tarkibidagi qo’shimchalariga qarab, oq, sariq, pushti, zangori, yashil tusli bo’ladi, sof yashil zumrad, zangori akvamarin ranglarigina qimmatbaho toshlar jumlasiga kiradi. Metall berilliy olish uchun suvsiz suyultirilgan berilliy xlorid elektroliz qilinadi. Bu usulning kamchiligi shundaki, suvsiz berilliy xlorid olish uchun ko’p issiqlik sarf bo’ladi. AQSH da berilliy olish uchun BeF2 850C da magniy bilan qaytariladi.
BeF2 + Mg = Be + MgF2
2. Tarkibida berilliy bo’lgan rudalar boyitiladi. Hosil qilingan konsentrat ohaktosh bilan aralashtirilib kuydiriladi, so’ngra bu qotishma konsentrlangan H2SO4 bilan ishlanadi.

Hosil qilingan berilliy xlorid tuzini natriy xlorid bilan aralashtirib suyuqlantiriladi va elektroliz qilinadi
Xossalari. Berilliy o’z xossalari bilan ikkinchi guruh elementlaridan farq qiladi. Masalan, BeCl2 kuchliroq gidrolizlanadi, buning sababi shundaki, berilliyning ion radiusi magniyning ion radiusidan qariyb ikki marta kichik.
Yaxlit berilliy suv va havo ta’siriga chidamli, uning sirtida zich oksid parda hosil bo’ladi, bu parda metallning kimyoviy aktivligini ancha pasaytiradi. Berilliy oddiy sharoitda galogenlar bilan bir oz isitganda reaksiyaga kiradi, qizdirilganda esa kislorod, azot va ko’pgina metallmaslar bilan oson birikadi. U kislota va ishqorlarda eriydi, shu sababli amfoter xossaga ega:
Be + 2NaOH = Na2BeO2 yoki
Be + 2NaOH + 2H2O = Na[Be(OH)4] + H2
Be + 2HCl = BeCl2 + H2
Be + 2H2SO4(kons) = BeSO4 +SO2 +2H2O
Ishqorlarning suvli eritmalarida berilliy natriy gidroksoberillatni hosil qiladi. Bu berilliy uchun xarakterlidir.
Berilliy konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida passivlashadi, lekin suyultirilgan kislotada yaxshi eriydi.

Berilliy o’zining amfoterligi bilan ikkinchi guruh metallaridan farq qiladi. Uning bu xossasi xuddi alyuminiynikiga o’xshaydi. Berilliy changlari nihoyatda zaharli bo’lib, organizmdagi ba’zi fermentlar tarkibidagi magniyning o’rnini olib, organizmni ishdan chiqaradi.
Berilliy rentgen nurlarini nihoyatda kam yutadi. Ba’zi nav po’latlar berilliy bilan qoplanadi, bunda po’lat sirti qattiq va mustahkam bo’ladi, issiqqa chidaydi va gazlar ta’sirida korroziyalanmaydi. Be ko’p metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Ba’zi metallar bilan berilliy intermetall birikmalar – berillidlar hosil qiladi. Berilliyning bir qator d – elementlar bilan hosil qilgan intermetall birikmalari (TiBe12, NbBe13, TaBe12, MoBe12) mavjud, bu birikmalar hatto 1200-1600C gacha qizdirilganda oksidlanmaydi. Misga ozgina berilliy qo’shilsa, uning mustahkamligi va kimyoviy barqarorligi ortadi, lekin misning issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi pasaymaydi. Berilliyli bronzadan mashinalarning muhim qismlari va sifatli prujinalar tayyorlanadi. Samolyotsozlikda ishlatiladigan alyuminiy va magniy qotishmalariga ham berilliy qo’shiladi. Berilliy atom reaktorlarida neytronlarning harakatlarini susaytiruvchi sifatida, bundan tashqari laboratoriyada neytronlar olish uchun radiy berilliy yoki radon berilliy manbalar sifatida ishlatiladi

Berilliy gidrid BeH2 ni hosil qilish uchun berilliy xloridning efirdagi eritmasiga litiy gidrid ta’sir ettirish lozim. Berilliy vodorod bilan bevosita birikmaydi
BeCl2 + 2LiH = BeH2 + 2LiCl
Berilliy gidrid qattiq polimer modda, kuchli qaytaruvchi, suv ta’sirida parchalanib, vodorod ajralib chiqadi.
Berilliy ba’zan atom reaktorlarida ishlatiladi, bunda u reaktorlarda atomning parchalanishni sekinlashtiruvchi modda sifatida qo’llaniladi.
Berilliy oksidi BeO ni olish uchun berilliy oksidlantiriladi yoki berilliy sulfat parchalantiriladi:
BeSO4 → BeO + SO3
Berilliy oksidi amfoter oksid bo’lganligi uchun u asosli oksidlar va kislotali oksidlar bilan suyuqlantirilganda reaksiyaga kirishadi.

Berilliy oksidi qaynoq kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi.


BeO olov bardosh modda bo’lgani uchun Zr, Cr, U kabi metallarni suyuqlantirishda ishlatiladigan tigel va naylarni tayyorlashda o’tga chidamli material sifatida foydalaniladi.
Berilliy gidroksid Be(OH)2 ni olish uchun BeO ni suvga ta’sir ettirish kerak, u suvda deyarli erimaydi, unda amfoterlik xossalar bor:
Be(OH)2 + NaOH = Na2BeO2 + 2H2O
Be(OH)2 + H2SO4 = BeSO4 +H2O
Berilliy nitrid Be3N2, karbid Be2C, sulfid BeS ba galogenid BeG2 lar mavjud. Berilliyning xlorid, ftorid, karbonat va sulfatlari suvda yaxshi eriydi, umuman tuzlari odatdagi haroratda gidrolizlanadi, ular shirin mazali, ammo juda zaharlidir. Shuning uchun berilliy va uning tuzlari bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidasiga qattiq rioya qilish kerak.

Download 228.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling