Sog’liqni saqlash tizimi (har 1000 aholiga to’g’ri keladigan kasalxonadagi o’rinlar soni); Ta’lim sifati (OTM va O’MO’M soni, jami aholi tarkibida talabalar ulushi); (Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Avstraliya) Xizmat ko’rsatish sohasining sifati; - Aholi turmush darajasini baholashda turar joylar bilan taminlanganligi, komunal xizmatlarning sifat darajasi, maktabgacha talim muassasalarining soni, sanatoriya-profilaktikalarning va turistik xizmatlarning mavjudligi ko'rsatkichlari muhim rol o'ynaydi. SHahar va qishloqlar o'rtasidagi turmush darajasidagi tafovutni kamaytirish va barcha hududlarda yashash sharoitlarini tenglashtirish va ularni prognozlashda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi (aholi jon boshiga nisbatan). 10 ming kishiga to'g'ri keladigan vrachlar nisbati, shahar va qishloq axolisining uzoq muddatli maishiy-texnika vositalari bilan taminlanganlik darajasi 100ta oilaga nisbatan va ming kishiga to'g'ri kelishi hisoblanadi
Aholi turmush darajasini dastavval quyidagi ko‘rsatkichlar umumlashtirib ifodalaydi: - aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sof milliy daromad;
- nominal va real daromad indekslari;
- turmush qiymati indeksi;
- inson barkamolligi indeksi;
- qashshoqlik indeksi;
- aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi;
- yashash minimumi va boshqalar.
Bozor munosabatlari sharoitida aholi turmush darajasini o‘rganishda eng avvalo aholining ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqdisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Bu ko‘rsatkchilar qiymat - pul ko‘rsatkichlari bo‘lib, aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini aks ettiradi. Aholi jon boshiga yaratilgan YaSD iqtisodiy taraqqiyotni va aholi turmush darajasini ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |