Inson taraqqiyoti indeksi
Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM
Kutilayotgan umr davomiyligi
Ta’lim darajasi
- Talab iqtisodiy kategoriya sifatida, boshqarilmas xususiyatga ega bo'lib u taklif bilan bevosita bog'liqdir. Taklif deganda bozorga istemol uchun kiritilgan tovar va xizmatlar yanekim bozorga olib kelingan yoki olib kelinayotgan mahsulotlar tushuniladi. Aholi turmushining turli xil o'sishi jamiyat istemoli o'siga olib kelib, bu tafovutni qondirishda chakana sovdo aylanmasining ahamiyatini oshirib boradi.
- CHakana savdo aylanmasi tushunchasi mohiyatan aholining shaxsiy daromadlarini tovar ayriboshlash jarayonidir. Istemolchilar talabi bu to'lov qobiliyati tushunchasi demakdir, to'lov qobiliyati bu moddiy boylikka egalik qila olishdir. Oziq-ovqat mahsulotlari, ustki kiyimlar, oyoq kiyimlari, gazlamalar, xo'jalik mollari va shu kabilar, prognoz ob'ekti hisoblanadi.
- Talab va chakana savdo aylanmasini prognozlash aholi turmush darajasi bilan chambarchas bog'liq. Va chakana savdo aylanmasini prognozlashda, prognoz yo'nalishi va harakteriga qarab turli usullardan foydalaniladi. Masalan: balans usuli, sotiladigan va sotilmaydigan tovarlarning kelajakdagi holatini aniqlash uchun foydalaniladi. Ijtimoiy tahlil usuli, aholi istemolini hozirgacha bo'lgan talabini aniq belgilash va shu asosida kelajakni prognozrashda kerak bo'ladi.
- Prognozlashtirishning turli xil usullari ko'rib chiqilayotgan jarayonga nisbatan prognozlash faoliyatiga qarab ikki xil yo'nalishda bo'lishi mumkin: aniq yo'naltirilgan va tatqiqot maqsadida. Aniq yo'naltirilgan usulda oldindan belgilangan maqsadga mavjud holatning dinamikasi yordamidaqancha vaqt oralig'ida erishish tushuniladi. Tadqiqot usuli hozirgacha mavjud holat dinimikasini kelajakda qanday natijalar kutilayotganligini bilish maqsadida qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |