Mavzu: Ijtimoy soliq


Download 1.08 Mb.
bet1/3
Sana31.03.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1312925
  1   2   3
Bog'liq
SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH IJTIMOIY SOLIQ SARDOR ALIYAROV

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI III-BOSQICH 8BH-20-GURUH TALABASI ALIYAROV SARDORNING SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN “IJTIMOIY SOLIQ” MAVZUSIDA MUSTAQIL ISH

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 1 foiz miqdorida ijtimoiy soliq toʻlanadi: chakana savdo va umumiy ovqatlanish; mehmonxona xizmatlari; avtomobil transportida yoʻlovchi va yuk tashish; transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish; kompyuter xizmatlari; maishiy texnikani taʼmirlash; agro va veterinariya xizmatlarini koʻrsatish; koʻngilochar muassasalarda xizmatlar koʻrsatish. Imtiyoz tadbirkorlik subyektlariga joriy hisobot davri yakunlari boʻyicha daromadlari umumiy daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan taqdirda qoʻllaniladi. Sanab oʻtilgan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar soni yashirilganligi aniqlangan taqdirda, imtiyozlar qoʻllanilishi toʻxtatiladi va qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy jazo choralari qoʻllaniladi.

xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar miqdorlardan ortiqcha xarajatlari; paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar. Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi to‘lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling