Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati


Mavzu :Ikki qanotlilarning parazitar kasalliklarni tashxislashdagi ahamiyati


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1077560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
parazitologiya (2)

Mavzu :Ikki qanotlilarning parazitar kasalliklarni tashxislashdagi ahamiyati 
Reja: 


1.Ikki qanotlilar turkumi 
2.Ikki qanotlilar keltirib chiqaradigan kasalliklar 
3.Ikki qanotlilarni parazitar ahamiyati 
Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va 
hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg‘ochisi odam va hayvonlar qonini 
so‘radi. Erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari 
hovuz va ko‘lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so‘rib, odam va hayvonlarni 
bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida 
chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yer to‘lala-rida ular 
qishda ham rivojlanishi mumkin.Iskabtoparlar – chivinlarga o‘xshash mayda 
hasharotlar. Ular cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. Hayvonlar va odam 
qonini so‘radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi qo‘zg‘atuvchisini 
tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.So‘na va bo‘kalarning tashqi 
ko‘rinishi 
pashshalarga 
o‘xshash 
(53-rasm). 
So‘nalar hayvonlar terisini jag‘lari yordamida teshib, qonini so‘radi. Ular cho‘l 
mintaqalarida juda ko‘p uchraydi; 
Ikki qanotlilar, qoʻsh qanotlilar (lotincha: Diptera) — hasharotlar turkumi. taxminan 
80000 ga yaqin turi maʼlum. Oʻrta koʻkrakka birikadigan bir juft qanotlari boʻladi. 
Keyingi juft qanoti reduksiyalanib, tovush chiqaruvchi organga aylangan. Qanotlari 


asosi juda kambar, koʻpincha kichkina boʻrtma — "qanotcha" hosil qiladi. Boshi 
harakatchan, 
koʻzlari 
yirik, 
fasetkali; 
koʻkragi 
yaxlit. 
3 kenja turkumga — uzun moʻylovlilar, kalta moʻylov kalta choklilar va kalta 
moʻylov doira choklilarga boʻlinadi. Kenja turkumlar imagosi, lichinkasi va 
gʻumbaklarining bir qancha belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. I.q. hamma joyda 
tarqalgan; koʻpchilik turlari (gessen chivini, karam chivini, piyoz chivini va b.) 
qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar yetkazadi. Bir qancha turlari (soʻnalar, 


chivinlar, qon soʻruvchilar va b.) qishloq xoʻjaligi hayvonlariga, baʼzi turlari (mas, 
bezgak pashshasi, chivinlar va b.) esa odamlarga yuqumli kasalliklar tarqatadi. 
Afrikada yashaydigan se-se chivini uyqu kasalligini qoʻzgʻatuvchi tripanosomani 
yuqtiradi. I.q. oʻsimliklarning changlanishida ishtirok etadi; baʼzilari (mas, taxin 
chivinlar) lichinkalik davrida zararkunanda hasharotlarda parazitlik qiladi. 
Sirfidlarning lichinkalari oʻsimlik bitlari bilan oziqlanib, ular sonini kamaytirishga 
yordam beradi. 



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling