Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati


Mavzu : Yassi chuvalchanglarning parazitar kasalliklarni tashishdagi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1077560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
parazitologiya (2)

Mavzu : Yassi chuvalchanglarning parazitar kasalliklarni tashishdagi 
ahamiyati 
Reja: 
1.Yassi chuvalchanglar turkumi 
2. Yassi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar 
3. Yassi chuvalchanglar parazitar ahamiyati 
Yassi chuvalchanglar — tuban chuvalchanglar tipi. Gavdasi 2 tomonlama 
simmetriyali, choʻziq, koʻpincha orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uz. 0,2 mm 
dan 18 m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi — kiprikli epiteliy, 
parazitlariniki — ichkariga botib kirgan yadrosiz qavat — tegumentdan iborat. 
Parazit turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli 
disk, klapanlar va irmoklardan iborat yopishuv organlari boʻladi. Ogʻzi tanasining 
qorin yoki oldingi tomonida. Halqumi rivojlangan, ichagi toʻgʻri (shoxlanmagan, 
2—3 yoki koʻp marta) shoxlangan, baʼzi erkin yashovchi turlarida rivojlangan; 
tasmasimon chuvalchanglarda ikkilamchi tarzda yoʻq boʻlib ketgan. Ichakning 
keyingi boʻlimi va anal teshigi boʻlmaydi. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglar 
ozigʻi hazm qilish parenximasida hazm boʻladi; tasmasimon chuvalchanglarda va 
ayrim boshqa guruhlarda oziq butun tana yuzasi orqali shimiladi. Ayirish organi — 
protonefridiy. Qon aylanish va nafas olish sistemasi yoʻq. Teri orqali nafis oladi. 
Nerv sistemasi bosh gangliylar, halqumni aylanib oʻtadigan halqa komissuralar va 
bir juft boʻylama nerv poyalari hamda ularni tutashtirib turadigan nerv tolalaridan 
iborat. Yassi chuvalchanglarga erkin yashovchi ksenoturbidlar va kiprikli 
chuvalchanglar, parazit yashovchi aspidagastreylar, trematodalar, monogeniylar, 
girokotilidlar, amfilinidlar va sestodalar sinflari hamda 12000 tur kiradi. Yassi 
chuvalchanglar germafrodit, jinsiy sistemasi juda murakkab, baʼzi turlari ayrim jinsli. 
Koʻpchiligining hayot sikli juda murakkab. Yassi chuvalchanglar orasida odam va 
hayvonlar uchun xavfli parazitlar ham koʻp uchraydi. 



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling