Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati


YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES) TIPI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1077560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
parazitologiya (2)

YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES) TIPI. Yassi 
chuvalchanglar dengiz va okeanlarning suv ostida hayot kechirishga o’tgan 
kovakichlilardan kelib chiqqan.
Yassi chuvalchanglar tipi uchun quyidagi belgilar eng xarakterlidir: 
1) embrional taraqqiyotida ekto- , ento- va mezoderma qavatlarning rivojlanishi 
va shu tufayli tananing uch qavatga ega bo’lishi,
2) muskul, nerv, ayirish, jinsiy sistemalar, ko’pchiligida hazm organlarining 
rivojlanishi va murakkablashishi,
3) teri-muskul xaltaning paydo bo’lishi,
4) tana shaklining ikki tomonlama simmetriyaga o’tishi, 
5) tana bo’shlig’ining bo’lmasligi. 
Yassi chuvalchanglarning dastlabki vakillarini asosan erkin, yirtqich holda 
yashovchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellyariyalar tashkil qiladi.
Yassi chuvalchanglar tipi vakillari gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 
metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida 
parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) 
boradi. Bu tipga 15 mingga yaqin tur kiradi. 
Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o'rtasida dengiz va 
chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki tur-
bellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida 
parazitlik qiluvchi juda ko'plab turlari mavjud.
Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiya-
sida yashash sharoiti ta'sirida vujudga kelgan juda ko'p o'ziga xos xususiyatlari bor. 
Ularning ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi. 
Yassi chuvalchanglar tipi o'z navbatida 9 ta sinfga bo'linadi, asosiylari quyida-
gilar:
1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 
2. So'rg'ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi.


3. Monogeniyalar (Monogenea) sinfi.
4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi.
5. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi. 
Yassi chuvalchanglar tipidan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin 
holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirt-
qichlar bo'lib, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar 
va hasharotlar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlar 
hisoblanadi.
Jigar qurti qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, tuya va boshqa yirik sut emizuvchilar 
jigarida parazitlik qiladi. Jigar qurtining uzunligi 3–4 sm, shakli bargsimon bo‘lib, 
tanasi ning oldingi uchida og‘iz so‘rg‘ichi, undan sal keyinroqda esa qorin so‘rg‘ichi 
joylashgan. Parazit so‘rg‘ichlar yordamida jigarning o‘t yo‘llari devoriga yopishib 
oladi. 
Ko‘payishi va rivojlanishi.Jigar qurtining urug‘ langan tu xumlari o‘t 
yo‘llaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. Tuxumlar suvga tushganida, 


ulardan juda mayda kiprikli lichinkalar chiqadi. Ular suv shillig‘ining tanasiga kirib 
oladi va kiprikchala rini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik lichin 
kalarda dum paydo bo‘lib, ular suvga chiqadi. Lichinkalar suvda dumini tashlab 
yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o‘ralib, sistaga aylanadi. Suv yoki oziq bilan 
hayvonlar ichagiga tushgan sistadan lichinka chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga 
boradi va o‘t yo‘llariga yopishib olib parazitlik qiladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling