Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish


-jadval. Hududlar kesimida daromadlar darajasining asosiy koʻrsatkichlari va inflatsiya


Download 310.02 Kb.
bet4/13
Sana16.06.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1515740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI

1-jadval. Hududlar kesimida daromadlar darajasining asosiy koʻrsatkichlari va inflatsiya



2.3. Inflatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari.
Oxirgi yillarda inflatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon boʻlib, sifati ham oʻzgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflatsiya:

  • birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga;

  • ikkinchidan, pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxoʻjalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi.

XX asr inflatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina boʻlib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflatsiyasi:

  1. pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi;

  2. ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmogʻining oʻsishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Inflatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xoʻjaligining turli sohalari oʻrtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamgʻarma va isteʻmol oʻrtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi muomaladagi pul massasi va xoʻjaliklarning naqd pulga boʻlgan talabi oʻrtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.
1960-yillarning boshida inflatsiya darajasi AQSH da 1-2% ni tashkil etgan. Oxirgi yillarda bu koʻrsatkich yuqori boʻlib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 1960-yilning oxirida inflatsiya 5% ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli koʻrsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflatsiya darajasi bir muncha sekin oʻsgan boʻlsada, 1979-1980 yillarda 10% dan oʻsib ketdi. 1982 -1990 yillarda inflatsiya darajasi 5% gacha pasaydi.
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki toʻxtovsiz oʻsishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflatsiya deb aytiladi.

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling