2.2. Uy xoʻjaliklarida oʻtkazilgan soʻrovlar va jamlanmagan INI maʻlumotlari asosida yashash qiymati tahlili
Markaziy bankning UXDS maʻlumotlari, shuningdek, hududiy INI boʻyicha maʻlumotlardan foydalangan holda mazkur tadqiqotda uy xoʻjaliklarining turli guruhlari uchun yashash qiymati tahlil qilindi.
Soʻrov natijalarida aniqlangan maʻlumotlarga koʻra, uy xoʻjaliklari daromadlarining taqsimlanishida respondentlarning asosiy qismi – 38,7 foizi oyiga 2-4 mln. soʻm daromadga ega boʻlganlar guruhiga kiradi (1-rasm).
1-рasm. Uy xoʻjaliklarining daromad darajasi boʻyicha taqsimlanishi
|
2-rasm. Turlicha daromad darajasidagi uy xoʻjaliklari isteʻmoli tarkibi
|
|
|
Har xil daromadga ega uy xoʻjaliklari guruhlari xarajatlari tarkibidagi tafovut tahlili kam daromadga ega boʻlgan uy xoʻjaliklari yuqori daromadli guruhlarga qaraganda oʻz xarajatlarining koʻproq qismini oziq-ovqat mahsulotlariga va kamroq qismini nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar (yaʻni transport, sogʻliqni saqlash, taʻlim va boshqalar)ga sarflaydilar (2-rasm).
Daromad darajasining oʻsib borishi bilan isteʻmol tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi sezilarli darajada pasaymoqda. Daromadlari 6 mln. soʻm va undan yuqori boʻlgan uy xoʻjaliklarining isteʻmol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushining daromadi 2 mln. soʻmdan past boʻlgan uy xoʻjaliklarinikiga qaraganda oʻrtacha 26 foiz bandga kam.
3-rasm. Yosh guruhlari boʻyicha isteʻmol tarkibi
Respondentlarning yosh guruhlari boʻyicha tahlil, keksalar tomonidan daromadlarining koʻproq qismini (oʻrtacha 80 foizini) oziq-ovqat mahsulotlariga, yoshlar tomonidan esa – nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlariga sarflanishini koʻrsatdi (3-rasm).
Bunda 30-55 yoshdagi aholining xarajatlari 30 yoshgacha boʻlgan yosh guruhiga nisbatan 18 foizga va 55 yoshdan oshgan aholiga nisbatan 63 foizga koʻproq. 30-55 yoshdagi aholi isteʻmoli tarkibida nooziq-ovqat tovarlari ulushining nisbatan yuqori boʻlishi ushbu guruh vakillari kommunal xizmatlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarning asosiy toʻlovchilari ekanligi bilan izohlanadi.
2019 yil uchun hududiy inflatsiya koʻrsatkichlari respublika hududlari boʻyicha yigʻilgan INI statistikasi asosida hisoblangan (1-jadval). Olingan maʻlumotlarga koʻra, hududlar kesimida inflatsiya darajasi respublika boʻyicha oʻrtacha darajadan sezilarli farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |