Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish
Download 310.02 Kb.
|
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giperinflatsiya.
- Talab inflatsiyasi.
Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100 % gacha boʻladi. Mamlakatda narx-navo tezroq oʻsa boshlaydi, iqtisodiy oʻsish suratlari pasayadi, ishsizlik koʻpayib boradi. Bunday inflatsiya, rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 % ni, Oʻzbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili Oʻzbekistonda inflatsiya darajasi ancha pasaydi, uning oʻrtacha oylik miqdori 1.6 %dan iborat boʻldi.
Giperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya boʻlib, uning yillik oʻsish surʻatlari 100 % dan koʻp boʻlib ayrim holatlarda 1000 % dan ham ortadi. Narx-navo shiddat bilan oʻsadi, pul qadri gʻoyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Giperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib boʻlsa xam, chet el valyutasini yigʻishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib boʻlmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan oʻsadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan chiqadi. Giperinflatsiya surʻatlari 1985 yilda Boliviyada-38000 %, 1990 yilda Nikaraguada-8500 %, Peruda-8291 %ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan soʻng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda ham giperinflatsiya roʻy berdi. Oʻzbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya darajasi eng yuqori choʻqqiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan. Inflatsiyaning kelib chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini koʻrsatish mumkin: talab inflatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq inflatsiya (taklif inflatsiyasi). Talab inflatsiyasi. Inflatsiyaning bu anʻnaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini toʻla qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi oʻsadi. Kam miqdordagi tovarlarga koʻp pul massasi toʻgʻri keladi. Inflatsiyada nafaqat chakana baxo, balki ulgurji baxo ham oshib boradi. Gʻarb mamlakatlarida inflatsiyaning asosiy koʻrsatkichi qilib chakana baxolarning oʻzgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar maʻlum davrda baxolar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi. Chakana baxolar oʻsishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlangʻich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baxolar oʻzgarishi, oʻrtacha yillik oʻsish surʻati hisoblanishi mumkin. Baxolar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar baxosi yigʻindisi, yaʻni tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy baxosi, yaʻni bozor savati baxosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Baxolar indeksini hisoblashda isteʻmol tovarlar baxosining indeksi katta ahamiyatga ega. Baxolar indeksi turli usullarda baxolar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baxolar indeksi bazis yildagi baxolar indeksiga nisbatan oshishi- inflatsiya deb nomlansa, ― Baxolar darajasining oshishidan, baxolar indeksining kamayishi deflatsiya yaʻni baxolar darajasining kamayishidan dalolat beradi. Isteʻmol tovarlar baxosi indeksidan tashqari baʻzi guruh tovarlar va xizmatlar, masalan: oyoq kiyimlar, transport, uy-joy xizmatlari va boshqalar boʻyicha baxolar indekslarini hisoblash mumkin. Baxolar indeksiga asoslanib, inflatsiya surʻatlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baxolar indeksidan bazis davr baxolar indeksini chegirib, bazis davr indeksiga boʻlamiz. Masalan, 2005- yilda isteʻmol tovarlarning baxo indeksi 110, 2007 –yilda 140 boʻlsa, 2007-yilda inflatsiya surʻati quydagicha aniqlanadi Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling