Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish
Inflatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari
Download 310.02 Kb.
|
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI
2.4. Inflatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.
Har bir mamlakatda inflatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab boʻladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yoʻnalishlarda yuzaga chiqadi: Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga boʻlgan istiqbollarga ishonchni yoʻqotishga olib keladi. Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib oʻtishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflatsiya yuqori boʻlgan davrda aholi oʻrtasida puldan qochish holati kuzatiladi, yaʻni kishilar qoʻllaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Narx-navoning keskin va notekis oʻzgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin koʻtariladi. Chunki inflatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning 17 foiz darajasinig yuqori darajada oʻrnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi. Inflatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati boʻlib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi: mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi; tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining oʻzgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi. Inflatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yoʻnalishlarda qayta taqsimlanadi: Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlakat xududlari oʻrtasida narx-navoning notekis oʻsishi natijasida. Mamlakat aholisi va davlat oʻrtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qoʻshimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi; Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari oʻrtasida. Maxsulotlar va xizmatlarga boʻlgan narx-navoning notekis oʻsib ketishi natijasida aholi oʻrtasida ijtimoiy toifalarga boʻlinishini (boylar, kambagʻallar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamgʻarmalar va joriy isteʻmolning keskin oʻzgarishi yuzaga chiqadi. Inflatsiyaning ijtimoiy salbiy taʻsiri eng avvalo qatʻiy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxoʻrlar, nogironlar, koʻp farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (oʻqituvchilar, vrachlar, bogʻcha xodimlari va boshqalar) uchun juda ogʻir kechadi; Debitorlar va kreditorlar oʻrtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qoʻshimcha zarar koʻradi. Biz yuqorida keltirgan inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari qoʻshimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol taʻsir koʻrsatadi. Inflatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qoʻshimcha sugʻurta va 18 turli kafolatlar asosida oʻzaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflatsiya) juda salbiy taʻsir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi oʻrtasida xukumatga boʻlgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim boʻladi Budjet defitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yoʻli bilan qoplanadi. Bu oʻz navbatida qoʻshimcha muomala vositalari boʻlishiga, qoʻshimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. Oʻzbekistonda byudjeti defitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996- yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali ham qoplanmoqda. Barchamiz singari hukumat ham oʻz harajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishi lozim. Albatta uning ham bujet cheklovlari bor. Oʻz xarajatlarimizni toʻlash uchun pulni ishlab topishimiz yoki qarzga olib turishimiz mumkin. Davlat huddi shu usullardan foydalanadi: davlat bujetini yangi soliqlarni kiritish yoki qarzga mablagʻlarni davlat obligatsiyalarini chiqarish orqali jalb qilishi mumkin. Toʻgʻrisi bizdan farqli ravishda davlat uchinchi imkoniyati ham mavjud: pulni emissiya qilish va maxsulot va xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish usullari davlat bujetini chegaralash shartlariga boʻysunadi va quyidagicha tashkil etiladi: davlat bujeti difisiti DEF (davlat xarajatlari G va soliq daromadlarining Tning farqi) monetary baza АMV va aholi qoʻlidagi obligatsiyalarning АV summasi oʻzgarishiga teng boʻlishi kerak. Matematik nuqtai nazardan quyidagicha boʻladi: Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling