Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish
Download 310.02 Kb.
|
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- INI va yashash qiymati oʻrtasidagi farqlar
- Yashash qiymati
II. ASOSIY QISM
2.1. Aholining turmush darajasi va inflatsiya Markaziy bank tomonidan hududlar kesimida daromadlari darajasi boʻyicha tasniflangan aholi guruhlariga nisbatan inflatsiyaning taʻsiri oʻrganildi. Xususan, Uy xoʻjaliklari xarajatlari va daromadlari boʻyicha soʻrov (UXDS)1 natijalari hamda hududlar kesimidagi isteʻmol narxlari indeksi (INI) maʻlumotlari asosida uy xoʻjaliklari daromadlari va xarajatlari oʻsishi tahlil qilindi. Shuningdek, olingan natijalar asosida INI va yashash qiymati oʻrtasidagi tafovutlar oʻrganildi. INI va yashash qiymati oʻrtasidagi farqlar Isteʻmol narxlari indeksining oʻzgarishi boʻyicha hisoblanadigan inflatsiya darajasi isteʻmol savatchasidagi tovar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻzgarish surʻatlarini aks ettiradi. Isteʻmol narxlari indeksi isteʻmoldagi tovar va xizmatlarning yagona isteʻmol toʻplami mamlakatdagi barcha uy xoʻjaliklariga toʻgʻri keladi, degan taxmin asosida hisoblanadi2. Isteʻmol narxlari indeksini hisoblashda foydalaniladigan tovar va xizmatlar narxlari – bu mamlakat boʻylab chakana savdo doʻkonlaridan olingan oʻrtacha narxlardir. Bunda INI uy xoʻjaliklari xarajatlari tarkibining birxilligini hamda isteʻmol toʻplamida tovarlar va xizmatlarning doimiy miqdori va sifati saqlanishini hisobga olgan holda narxlarning oʻrtacha oʻsishini aks ettiradi. INI oʻrtacha narxlarni aks ettirganligi bois, iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlarning umumiy narxlari darajasini keng qamrovda oʻlchash imkonini beradi. Ushbu indeks makroiqtisodiy siyosatni, xususan, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda zarur va foydali koʻrsatkich hisoblanadi. Yashash qiymati – pul shaklida ifodalangan aholi (uning turli qatlamlari va guruhlari) tomonidan haqiqatda isteʻmol qilinadigan moddiy tovar va xizmatlar miqdori hisoblanadi. Yashash qiymati uy xoʻjaliklarining isteʻmol xarajatlari tarkibi hamda aynan isteʻmol qilingan tovarlar va xizmatlar narxlari bilan belgilanadi. Xarajatlar tarkibi uy xoʻjaliklari oʻrtasida farq qiladi, chunki unga birinchi navbatda, uy xoʻjaliklari daromadlari, demografiyasi, oila tarkibi va yashash hududi taʻsir qiladi3. Xarajatlar tarkibi va narxlarning oʻzgarishi sezilarli darajada farqlangan turli xil uy xoʻjaliklarida INI orqali hisoblangan inflatsiya bilan yashash qiymati oʻsishi oʻrtasidagi bogʻliqlik darajasi past boʻlishi mumkin. Bunda INI uy xoʻjaliklarining ayrim segmentlari uchun yashash qiymatini kamaytirishi yoki oshirib yuborishi mumkin4. Xarajatlar tarkibining bir xil emasligi hamda tovarlar va xizmatlar narxlaridagi keskin farqlarni hisobga olgan holda, yashash qiymatini yanada kengroq tahlil qilish masalasi har xil toifadagi uy xoʻjaliklari va hududlar uchun xarajatlar tarkibi hamda uning oʻzgarishini baholashni talab etadi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling