Mavzu: Inflatsiya va unga qarshi kurashish yoʻllari reja: kirish
Download 310.02 Kb.
|
INFLAYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI
DEF = G - T = АMV + АV
2.5. Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish va pul-kredit siyosatini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining PF-5877-sonli Farmoni. Inflatsiyani targetlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirishda borasida amalga oshirilgan muhim qadamlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18-noyabr 2019 yildagi PF-5877-sonli “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Jumladan, Farmonda, Inflatsiya darajasini yanada pasaytirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflatsion targetlash rejimi ekanligini ko‘rsatishi, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni ta’minlashi ko’zda tutilgan. Shu bilan birga, inflatsion targetlash rejimini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini talab etadi: inflatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlash va ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish; Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish; regulyatorning kredit bozoriga samarali ta’sir etishini ta’minlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish nazarda tuligan. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qo‘llashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish belgilandi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflatsion maqsadni (target) o‘rnatish. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillarini belgilash. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki inflatsion targetlash rejimiga to‘liq o‘tish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati instrumentlari, mexanizmlari va jarayonlarini inflatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirish. Inflatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha mahsus komissiya tashkil etish. Xususan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan darajada belgilash, 2021-yil 1-yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining ma’lum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyotini bekor qilish. 2020-yilning 1-fevraliga qadar Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2021-yillarda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni, inflatsiya maqsadlariga ta’sirini hisobga olgan holda erkinlashtirish grafigini ishlab chiq, Umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining belgilangan parametrlar doirasidagi qat’iy ijrosini, shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar norezidentlarga moliya bozoriga kirishga ruxsat berish shartlari, mexanizmlari va muddatlari bo‘yicha takliflarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini bartaraf qilishning aniq mexanizmlari va instrumentlarini ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki bilan birgalikda Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ning sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini, 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash yig‘ilishlarida soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi holati masalalarini ko‘rib chiqish va muhokama qilish, Jahon bozorlaridagi real vaziyatning rivojlanishi va tarkibiy iqtisodiy islohotlarning amaliy natijalaridan kelib chiqqan holda moslashuvchan makroiqtisodiy siyosat yuritish, shuningdek, inflatsiyaning uzoq muddatli maqsadli ko‘rsatkichi (targeti) darajasigacha pasaytirish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yilning 1-apreliga qadar Jahon bankining texnik ko‘magi asosida ishlab chiqilayotgan Moliyaviy ommaboplikni oshirish milliy strategiyasi doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar belgilab berildi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling