Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


III BOB. TARJIMA JARAYONIDAGI EVFEMIZMLARNING


Download 75.81 Kb.
bet7/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)

III BOB. TARJIMA JARAYONIDAGI EVFEMIZMLARNING
QIYOSIY TAHLILI
3.1. Tаrjimа vа muloqot mаdаniyаtidа evfemizmlarning ahamiyati
Muloqot murakkab antroposentrik jarayon bo‘lib, unda inson omili yetakchilik qiladi. Biroq inson nutqiy vaziyat va sharoitini, makon va zamonni, tinglovchining xuxusiyatlari va holatini ham inobatga olmasdan, bu omillar bilan hisoblashmasdan o‘z maqsadini amalga oshirish qiyin. Har bir etnik muhitda muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Muloqotda ishtirok etayotganlarning qaysi madaniy muhitga xosligi jarayondigi murakkablikni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biridir. Turli millat, turli etnos, xatto turli lahjalardagi kishilarning o‘zaro muloqotida anglashilmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Shu bilan birgalikda, ayol va erkak, yosh va qari, oddiy va o‘qimishli kommunikantlar orasida ham muloqot sifatida, agar faol kammunikant tomonidan maxsus taktikamallar qo‘llanmasa, salbiy natijalar kuzatiladi. Masalan, o‘zbek qo‘ng‘irotlari uchun peshingacha “Xormang” etiketini ishlatish o‘ta madaniyatsizlik sanaladi. Shunday ekan, muloqot jarayonida evfemizatsiya vositalaridan foydanalangan holda, so’zlashish maqsadga muvofiq sanaladi. Evfemizatsiyaning asosiy belgilari ikki xil ma’noda tushuniladi.
1) Nutqda fikrni “pardali” va “yumshoq” ifodalash jarayoni;
2) Lisoniy birliklarga evfemik vazifa yuklash
Evfemizatsiya hodisasining yuz berishi uchun quyidagi holatlar belgilovchi
omillar bo‘lib xizmat qiladi. So‘zlovchi tomonidan baholanayotgan, muloqot
obyekti bo‘lgan narsa, shaxs yoki hodisani ifodalovchi so‘z muloqot muhitida nutq
odobi yuzasidan o‘z “oxor” ini yo‘qotgan bo‘lishi, qo‘pol yoki “yalang‘och”
tuyulishi mumkin. Bu ifodani aytish yoki yozish noqulay bo‘ladi. Evfemizatsiya nafaqat muloqot odobining “o‘rnatilgan” talablari nuqtai nazaridan qo‘pol va dag‘al ifodalarni yumshatish vazifasini bajaradi. Evfemalashuvni namoyon qiluvchi omil sifatida nutqiy sharoit ham namoyon bo‘ladi. Masalan, odam so‘zi sotsial muhitda evfema bo‘lsa, ikkinchi bir sotsial muhitda uni oddiy ifoda sifatida yuzaga chiqaradi. L.V. Artyushkina26 evfemik nutqning semantik aspektlarini o‘rganib, evfemizmlarni quyidagicha tasniflaydi:

Tablitsa



Evfemizatsiyani uning mahsuli bilan bog‘liq ravishda turlicha baholash
mumkin. Bir vaziyatda evfemizatsiya hisoblangan jarayon boshqa bir vaziyatda oddiy jarayon sifatida qaralishi mumkin. Demak, muloqot muhiti, muloqot vaziyati evfemizatsiyani vujudga keltiruvchi tashqi omillar bo‘lib xizmat qilsa, so‘zlovchining muloqot madaniyati, madaniy saviyasi jarayoni sodir qiluvchi ichki omil sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir omil- muloqot muhiti, muloqot vaziyati va muloqot madaniyatidan kamida ikkitasi ishtirok etganda, evfemizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Evfemizm va muloqot madaniyati haqida so‘zlar ekanmiz, qarilik tushunchasi bilan bog‘liq evfemik vositalarga to‘xtalib o‘ tishimiz zarur. Keksayib qolgan shaxslarga nisbatan yoshi bir yerga borib qolgan, oshini oshab, yoshini yashagan, bir oyog‘i yerda, bir oyog‘i go‘rda iboralarini; yoki qari, keksa, chol, nafaqaxo‘r (pensioner) so‘zlarini o‘rinli-o‘rinsiz qo‘llash ham nutqiy madaniyatsizlikdir. Holbuki, tilimizda keksa, chol, qari tushunchasini yumshoq, beozor formada ifodalovchi – faxriy (faxriya) oqsoqol, yoshuli (yoshi ulug’), nuroniy, qariya, otaxon, onaxon, aya,(ayaxon) keksalik gashtini surayotgan, keksalik libosini kiygan kabi o‘nlab evfemalar mavjud. Misollar: Umr qadrini keksalik libosini kiygan kishilar biladi (radiodan). Faxriyalarimiz, Yoshi ulug‘larimiz – hurmatda. Ular – keksalik “libosini” kiyganlar (Sh. Hamroyev, “Yoshlik”, 1985,B 71). Bugun yetmishning nari berisida bo’lgan …ikkinchi avlod deb atalmish oqsoqollarimiz haqida kuyinib gapiramiz (O’.H “Notanish orol”, B19). Muhbir: - Mana, yetti qavat ko’rpachada o‘tirgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan… farmon bibi… ( S. Ahm., “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, B 66). Mana shu misollar orqali xalqimizda keksalik yoshiga yetgan qariyalar naqadar e’zozlanib, ularga hurmat bilan murojaat qilish kerakligining yana bir bor guvohi bo‘ldik. Evfemizatsiya jarayonida muloqot madaniyati muhim ro‘l o ‘ynaydi. Evfemizmlar tasnifi bo’yicha bajarilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, ular orasida mavzuviy va shakliy- ma’noviy turlar ko‘proq ajratiladi. Evfemizm hodisasi bilan shug‘ullangan tilshunos olimlarning har biri uning turli belgilariga asoslangan tasniflarini ham u yoki bu darajada amalga oshirishga harakat qilishgan. Bu tasniflarda evfemizmlarning turli qirralariga e’tibor qaratilgan bo’lib, qo‘lga kiritilgan natijalar ham turicha. Bu turlitumanliklar qarama-qarshidek tuyulsada, aslida bir-birini to‘ldirishga xizmat qilishini ta’kidlash lozim. Bu evfemizmlar inson harakteridagi nuqsonlarni to’gridan to’g’ri ifodalamasdan, yumshoq tarzda o’xshatish orqali fikrlarni bildirishda ishlatilinadi. Bu haqida Dj.Lourens “Evfemizm fikrni (ma’lum sabablarga koʻra) yumshatilgan, qogʻozga oʻralgan holda ifoda etishdir. Koʻp hollarda bu yumshatish faqatgina soxta” bo’ladi deb ta’kidlaydi. D.Nimov va K.Silverlae esa “evfemizmlar noxush haqiqatni berkitish maqsadida qoʻpol, haqoratli deb hisoblanuvchi soʻzlar oʻrnida qoʻllaniluvchi terminlardir” deb fikr bildirgan. Soʻzlovchi oʻz fikrini til va nutq birliklari vositasida ifodalaydi. Bu jarayonda, asosan, tushunchalarning toʻgʻridan toʻgʻri ma’nosini bildiruvchi vositalardan foydalanadi, aniq obyektlar, reallik, insoniyat faoliyati muhiti va insonlarning munosabati nutqda oʻz aksini topadi. Ammo ba’zida vaziyatni yumshatish, qoʻpol tasvirlamaslik, soʻzlarni toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllashdan qochish, muloqot madaniyati, soʻzlashuvchilar oʻrtasidagi hurmat va boshqa bir qancha omillar tilda alohida soʻzlardan foydalanish ehtiyojini tugʻdiradi. Soʻzlovchi bunday soʻzlarni tanlashda shunchaki u yoki bu qoʻpol tuyulgan soʻz yoki iboralarni yumshatibgina qolmay, asl ma’noni yashirib, niqoblab keladi.



Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling